Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan dori moddalari
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surtma asoslari
Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan dori moddalari
Hozirgi kunda barcha farmakologik guruhlarga kiruvchi dori preparatlari surtma dori holida ishlatilmoqda. Asosan antiseptik dori vositalari, sulfanilamid preparatlari, gormonlar va ularning analoglari, antibiotiklar, vitaminlar, zamburug‘ kasalliklarini davolovchi dori vositalari keng qo‘llanilmoqda. Ular organik va noorganik moddalar bo‘lishi bilan birga, ularning fizik-kimyoviy xossalarini va agregat holatlarini belgilovchi har xil kimyoviy tabiatga ega (metall oksidlari va ularning tuzlari, kislotalar, asoslar, efirlar). qo‘llaniladigan ko‘p preparatlar qattiq dori moddalardir, lekin har xil yopishqoqlikka ega bo‘lgan suyuqliklar ham bor (Burov suyuqligi, efir moylari, koramoy, vinilin va boshqalar). Surtma asoslari Surtma asoslarini tanlash kasallikning joyi va harakteri, shuningdek tavsiya etilgan dori moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liq. Surtma asoslarga quyidagi talablar qo‘yiladi: Surtiladigan, ya‘ni kerakli struktura-mexaniq xossaga ega bo‘lishi kerak. Dori moddalarni yorug‘lik, xavo ta‘sirida o‘zgartirmaslikni ta‘minlashi kerak, ya‘ni kimyoviy turg‘un bo‘lishi lozim. Dori moddalarni o‘ziga yaxshi qabul qilishi kerak. Dori moddalar ta‘sirini oshirish xossasiga ega bo‘lgani ma‘qul. Surtma asoslari dori ta‘sirini o‘zgartiruvchi xossaga ega bo‘lmasligi kerak. Ular teri va shilliq qavatning asl sharoitini saqlab turishi kerak. Mikroorganizmlar ko‘paymaydigan bo‘lishi kerak. Asoslar o‘zining davolash tavsiyasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan, himoya surtmasi teriga surtilgan vaqtda teri ustida zich yopishib yuzasi tez kurib, ta‘siri ish vaqtining oxirigacha saqlanib turishi kerak. Sirtga qo‘llaniladigan surtmalar teri orqali surilmasligi kerak. Rezorbtiv ta‘sirga ega bo‘lgan surtma asoslari esa, aksincha, teriga chukur surilib kon va limfaga dori moddalarining surilishiga yordam berishi kerak. Kiyimlarni iflos kilmasligi, uta yopishkok bo‘lmasligi, sovun va suv bilan oson yuvilishi kerak. SHifokor har xil surtma asoslari yozib beraverishi mumkin. Kasalni davolash asosni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Zamonaviy farmatsiya juda ko‘p surtma asoslarini qo‘llaydi. Bunga sabab surtma holida tavsiya etiladigan dori moddalarning turli xil fizik-kimyoviy xossaga ega ekanligidir. Demak, surtma asoslarining shunday tuplami bo‘lishi kerakki, unda har bir surtma uchun eng ratsional asosni topish kulay bo‘lsin. Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling