Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Yog‘-suv tipidagi emulsion asoslar
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tvin emulgatori
Yog‘-suv tipidagi emulsion asoslar
Emulgator sifatida ionlashmaydigan va ionlashadigan SAMlar ishlatiladi. Ishqoriy metallar sovuni-emulgator. yog‘ kislotalar natriyli, kaliyli va ammoniyli tuzlar gidrogenlangan yog‘larni va o‘simlik yog‘larini yaxshi emulgirlaydi. Ko‘prok suyuq surtma dorilarni tayyorlash uchun kulay. Moyli faza yuzasida adsorbsion qavat hosil kilish bilan emulsion asosning turg‘unligini oshiradi. Alkilsulfat emulgatori. YUqori molekulali spirtlarning sulfat kislotasi bilan hosil qilgan efirdir. Umumiy formula /SN3/SN2/p va O-OzX bilan ifodalanadi. Bu birikmalar uchun — O OzX guruhi bor. Alkil zanjiri 9-18 ta uglerod atomidan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘prok yog‘-suv tipidagi emulsiyalarni stabillash uchun alkilsulfatlarning natriyli tuzi ishlatiladi. CH3/CH2/10SN2 — O — ONa natriylaurinsulfat CH3/CH2/14SN2 — O — ONa natriysetilsulfat CH3/CH2/16SN2 — O — ONa natriystearilsulfat. Natriy laurilsulfat gidrofil, ya‘ni suvda eruvchan surtma dorilar asosining emulgatori bo‘lib, 1965 yilda AKSH farmakopeyasida qabul qilingan. Alkil sulfatlar bilan bir qatorda yog‘-suv tipidagi emulsion surtma dorilarda emulgator sifatida bir qator alkilsulfatlar ham ishlatiladi, masalan: natriyatsetilsulfanat SN3/SN2/14SN2 — O — ONa. Farmatsevtik praktikada yog‘-suv tipidagi emulsiyalarni stabillash uchun noionogen emulgatorlar ham keng qo‘llaniladi, bo‘larning gidrofil xususiyati oksietillanishi bilan birga birdan oshib boradi. Bu emulgatorlar molekulasiga 1020 ta va undan ko‘prok oksietil guruhlarining kirishi SFMlarni to‘liq yoki juda oson suvda erishiga olib keladi. Bu emulgatorlar span hosilalari ichida katta ahamiyatga ega. Odatda bitta span molekulasiga 20 ta molekula etilen oksidi birikishi mumkin. Tvin emulgatori Tvinlar spanni etilenoksidi bilan qayta ishlashda, natriy gidroksidi katalizatorligida olinadi. Eterifikatsiya jarayoni erkin guruhi bor joyda boradi. qanday span eterifikatsiya reaksiyasiga kirishganligiga, etilen oksidi bilan polimerlanishi darajasiga qarab quyidagi tvinlar farmatsiyada ishlatiladi (12-jadval) Tvinlar suvda yaxshi eriydi, organiq erituvchilarda sterilizatsiya paytida parchalanmaydi.Tvinlar birinchi marta 1958 yilda Rossiya ilmiy tekshirish instito‘tida organiq yarim o‘tkazuvchilardan va buyoklardan sintezlangan. 14- jadval Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling