Axborotni saqlash va qayta ishlashda xavfsizlikni ta’minlash texnologiyalari kirish


Download 2.35 Mb.
bet1/3
Sana22.09.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1684951
  1   2   3
Bog'liq
f.Bekchanov dissertatsiya


AXBOROTNI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH TEXNOLOGIYALARI
Kirish
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishida axborotni saqlash va qayta ishlashda xavfsizlikni taʼminlash texnologiyalari tahlil qilingan. Axborotni saqlash va qayta ishlashda uning xavfsizligini ta’minlash uchun Blokchein, Bulutli xizmatlar, Interner buyumlari kabi zamonaviy texnoogiyalardan foydalanish amaliyoti tadqiq qilingan.
Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi va vazifalar.
Tadqiqot ishining maqsadi axborotni saqlashda va qayta ishlashda uning himoyasini tashkil etish usullari va apparat-dasturiy vositalarni tadqiq qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- axborot konfidensialligini, butunligini va axborot foydalanuvchanligini
himoyalash usullarini tadqiq etish;
- axborot himoyasining apparat – dasturiy vositalari arxitekturasini o‘rganish;
- axborotning maxfiyligini ta’minlashga qaratilgan apparat – dasturiy vositalarni tahlil qilish;
- axborotni butunligini ta’minlashga qaratilgan apparat–dasturiy vositalarni tahlil qilish;
- Blokchein texnologiyasidan foydalanib axborotning butunligini ta’minlash va bulutli xizmatlarda axborotni xavfsiz saqlash usulini tadqiq qilish;
- IOT tizimlarida axborotlarni xavfsiz saqlash va uzatish usullarini taklif qilish.
Ilmiy tadqiqot ishining obyekti va predmetining belgilanishi.
Tadqiqot ob’yekti bo‘lib kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotlarni saqlash va qayta ishlashda ularning xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy texnologiyalari olingan. Tadqiqotning predmetini sifatida axborotni himoyalashning usullari, dasturiy, apparat-dasturiy vositalari tashkil etadi
Axborotning konfidensialligini
himoyalash usullari
Zichlash
Kodlash
Stenografiya
Kriptografiya
    • Axborotning butunligini ta’minlash usullari

    • Axborotning butunligi – axborotda hech qanday o‘zgartirishlar bo‘lmagan yoki o‘zgartirishlar faqat alohida huquqqa ega bo‘lgan subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan axborotning holatiga aytiladi.
      Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari axborotning konfidensialligi va yaxlitligini ta’minlashda samarali vosita bo‘lib, bugungi kunda ular axborot tizimlarida keng qo‘llanilmoqda.
      Bugungi kunda axborot tizimlarida xavfsizlikni ta’minlash borasida yuqori kripto bardoshlilikka ega bo‘lgan kripto tizimlar qo‘llanilmoqda. Ma’lumotlarni kriptografik o‘zgartirishning yangi usullari intensiv ravishda takomillashib bormoqda va ularning qo‘llanish doirasi tobora kengaymoqda.

      Download 2.35 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling