Zamonaviy shifrlash usullari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– shifrning mustahkamligi kripto tahlilga shunday qarshi tura olishi
kerakki, bunda shifrdan ochish faqatgina kalitlarni to‘liq topish orqali
amalga oshirilishi mumkin bo‘lsin;
– kriptobardoshlilik shifrlash algoritmining maxfiyligi bilan emas,
balki, kalitning maxfiyligi bilan ta’minlanishi lozim;
– shifr matn hajm jihatidan dastlabki axborotdan sezilarli darajada
yuqori bo‘lib ketmasligi kerak;
– shifrlash jarayonida yuzaga keladigan xatolar axborot buzilishi va
yo‘qotilishiga olib kelmasligi kerak;
– shifrlash vaqti katta bo‘lmasligi kerak;
– shifrlash narxi shifrlanayotgan axborot qiymati bilan mos kelishi
kerak.
Xesh funksiya. Xesh funksiya shunday o’zgartirishki, kirish yo’liga uzunligi o’zgaruvchan xabar M berilganida chiqish yo’lida belgilangan uzunlikdagi qator h(M) hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda, xesh-funksiya h(.) argument sifatida uzunligi ixtiyoriy xabar (hujjat) M ni qabul qiladi va belgilangan uzunlikdagi xesh-qiymat (xesh) H=h(M)ni qaytaradi.
Elektron raqamli imzoni shakllantirish sxemasi
Elektron raqamli imzoni tekshirish sxemasi
- Axborot foydalanuvchanligini ta’minlash usullari
Axborotning foydalanuvchanligi – axborotdan foydalanish huquqi (avtomatlashtirilgan axborot tizimining resurslaridan) bo'lib, unda erkin foydalanish huquqiga ega bo'lgan subyektlar ulardan to'siqsiz foydalana olishlari kerak [13].
Foydalanish huquqiga quyidagilar kiradi:
- ma'lumotni o'qish;
- o'zgartirish;
- saqlash;
- nusxalash;
- o’chirish;
- foydalanish.
. AXBOROTNI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHDA XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH VOSITALARI
Axborotlarning kriptografik himoya vositalari (AKHV) – apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar ko’rinishida bo’lishi mumkin va ular o’zida bir yoki bir nechta kriptografik usullarni qamrab olgan bo’lishi mumkin.
Markaziy uzellar
Boshqaruvchi qurilma
Nazorat qiluvchi qurilma
Aloqa kanali
Qabul qilib uzatuvchi
Mobil
terminallar
Ko’chmas terminallar
Rezerv nusxalash qurilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |