Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Linimentlar sifatini aniqlash


Download 7.12 Mb.
bet136/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Linimentlar sifatini aniqlash
Tayyor bo‘lgan linimentlar sifatini baholashda: dorixat, pasport, rangi, hidi, mexaniq aralashmalar yo‘qligi va og‘irlikdagi bir-biridan farqi ko‘riladi, chinligi va miqdori aniqlanadi. Hozirgi kunda linimentlar surtmalarga bo‘lgan barcha talablar asosida sifat nazarati o‘tkaziladi.51
26 Ma‘ruza
MAVZU 26. Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
Linimentlarning farmakopeya tarkiblari.
Ma‘ruza maqsadi: Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
Linimentlarning farmakopeya tarkiblariga oid nazariy ma‘lumotlarni berish. Tayanch atama va iboralar:
Linimentlar-quyuq suyuqlik
Linira-surtish
Olimenta-moyli asosdan tashkil topgan linimentlar
Sapolimenta- sovunli asosdan tashkil topgan linimentlar
Gomogen-bir xil yoki o‘xshash faza
Geterogen- turli xil yoki har xil faza
Linimentum ammoniatum seu linimentum volatile- uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti Reja:
1. Linimentlarning xususiy texnologiyalari 2. Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash.

  1. Sovunli linimentlarni tayyorlash.

  2. Linimentlarni sifatini nazorat qilish

Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Emulsiya tipidagi linimentlar geterogen sistema bo‘lib, suvning yog‘dagi yoki yog‘ning suvdagi emulsiya tiplari ko‘rinishida bo‘ladi. Bu tipdagi linimentlarning turg‘unligini oshirish uchun ularga emulgatorlar (sirt faol moddalar) qo‘shiladi. Emulsiya tipidagi linimentlarga ammiakli yoki uchuvchan liniment (Linimentum ammoniatum seu Linimentum volatile) va oxakli liniment (Linimentum calcis) ni misol qilib keltirishimiz mumkin.
DF IX bo‘yicha tarkib:
Rp: Solutio Ammonii caustici 25,0
Acidi oleinici 1,0
Olei Helianthi 74,0 M.DS.
Dorixatni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungabokar moyidan va 1,0 g olein kislotasidan tortib olib to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil eritmasidan 25 ml quyib bir xil ok rangli suyuqlik hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi — oleat ammoniy utaydi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling