Mavzu: O’tkir qitiqlovchi malham va linimentlarni qo’llash. Darsning maqsadi


Download 15.91 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi15.91 Kb.
#1196343
Bog'liq
9 ameliy xir


Mavzu: O’TKIR QITIQLOVChI MALHAM VA LINIMENTLARNI QO’LLASh.
Darsning maqsadi. Surunkali aseptik yallig’lanishlarni davolashda qo’llaniladigan o’tkir qitiqlovchi malham va linimentlarni qo’llash texnikasi va ularni organizmga ta’sir etish mexanizmi bilan talabalarni tanishtirish.
Jihozlar, asbob-uskunalar va hayvonlar. Qaychi, sovun, sochiq, dokali bint, poyafzal щyetkasi, rezinali qo’lqob, ustara, issiq mato, 1, 10-20% li yodning spirtli eritmasi, kseroform malhami, uchuvchi liniment, qizil simob malhami, sariq simob malhami, kulrang simob malhami, yarim o’tkir va surunkali yallig’lanish jarayonlari kechayotgan hayvonlar.
Darsning o’tilish uslubi. Mashg’ulot boshlanishida o’qituvchi o’tkir qitiqlovchi malham va linimentlarning hayvon organizmiga ta’siri va ularni qo’llash usullarini tushuntiradi, so’ngra talabalar 3-4 ta kichik guruhlarga bo’linib, bu usullarni o’qituvchi rahbarligida kasal hayvonlarga qo’llab o’rganadilar.
O’tkir qitiqlovchi malham va linimentlarning davolovchi xususiyati shundan iboratki, ularni teriga surtib, so’ngra massaj qilinsa dori moddalari teriga so’rilib nerv reseptorlarini qitiqlaydi. Natijada qon tomirlar kengayib yallig’lanish jarayoni surunkali shakldan o’tkir shaklga o’tadi.
O’tkir qitiqlovchi malham va linimentlar asosan surunkali tendovaginit, miozit, artrit, suyaklashuvchi va fibrozli periostit va bursitlarda qo’llaniladi.
O’tkir qitiqlovchi malham va linimentlarni qo’llashdan oldin yallig’langan joyning junlari qaychi bilan qirqiladi, so’nrga ustara bilan qiriladi. Juni olingan joy iliq suv, sovun bilan yuviladi va quritiladi. So’ngra malham va linimentlarni teriga so’rilishini yaxshilash uchun efir yoki kamfara bilan artiladi.
O’tkir qitiqlovchi malham yallig’langan joyga kam-kam miqdorda surkaladi va qo’lga rezinali qo’lqop kiyib yaxshilab ishqalanadi, agar patologik o’choq katta bo’lsa poyafzal щyetkasi yordamida ishqalanadi. Surtilgan malham yoki liniment so’rilsa yana malham yoki liniment surkalib ishqalanadi, bu jarayon 10-15 daqiqa davom etishi kerak, keyin malham surkalgan joyga issiq mato o’raladi va bint bilan bog’lab qo’yiladi.
Malham va linimentlarni surunkali yallig’lanish jarayonlarini davolashda, termokauterlar bilan birgalikda ko’llanilsa yaxshi samara beradi.
Buning uchun surunkali yallig’langan joy nuqtasimon yoki tasmasimon termokauter yordamida ko’ydiriladi, otlarga qizil simob malhami, qoramollarga ikki xromli malham surtilib, yaxshilab ishqalanadi va ustidan issiq bog’lam qo’yib bog’lab qo’yiladi.
Qizil simob malhami bo’g’imning bukuvchi qismiga surtilmaydi, agar teri yorilsa uning bitishi qiyin bo’ladi.
Bundan toshqari surunkali asseptik yallig’lanishlarni davolashda pirogenal va skipidarni shaftoli yog’i bilan teng miqdorda aralashtirib teri ostiga yuborilsa, yaxshi natija beradi. Shu bilan birga oq simob malhami, kulrang simob malhami, sariq simob malhami, qizil simob malhami, ikki xromli malham, kseroform malhami, uchuvchi liniment, 10-20% li yodning spirtli eritmalari va boshqalar keng qo’llaniladi.
1. Oq simob malhami. Bu malham asosan o’rtacha qitiqlovchi vosita hisoblanib, uning 1-5% li malhami yallig’lanishni kuchaytirish maqsadida qo’llaniladi.
14.Rp.: Unguentum Hydrargyri albi 5% -25,0
D.S. Teriga yallig’langan joyga surtiladi.
2. Kulrang simob malhami . Malham tarkibida 30% gacha simob saqlaydi, bu malham ko’proq teri parazitar kasalliklarida qo’llaniladi. Yallig’lanish jarayonlarini davolashda ham qo’llash mumkin.
15.Rp.: Ung. Hydrargyri cinerei 30 % - 10,0
D.S. Teriga yallig’langan joyga surtiladi.
3.Sariq simob malhami.Ko’proq bu malham ko’z kasalliklaridan blefarit, keratit, kon’yunktivitlarni davolashda qo’llaniladi. Yallig’lanishlarni davolashda teriga surtish ham tavsiya qilinadi.
16.Rp.: Ung. Hydrargiri oxydati flavi 2% - 5,0
D.s. Teriga yallig’langan joyga surtiladi.
4.Qizil simob malhami. Surunkali yallig’lanishlarga kuchli ta’sir etuvchi malham hisoblanib, kuchli qitiqlovchi xususiyatiga ega. Shuning uchun ham bu malham ko’proq otlarda qo’llaniladi. Malham 5 va 10% li shakllarda ishlatiladi.
17.Rp.: Ung. Hydrargyri bijodati rubri – 10% - 15,0
D.S. Teriga yallig’langan joyga surtiladi.
5.Ikki xromli malham. Asosan sigirlarda surunkali yallig’lanishlarda ko’proq qo’llaniladi.
18.Rp.: Ung. Kalii bichromici 10%-40,0
D.S. Teriga yallig’langan joyga surtiladi.
6.Kseroform malhami. Bu malham ko’z va teri kasalliklarida qo’llaniladi. Ko’z kasalliklari uchun 3 % li malham, teri kasalliklari uchun 10% li malham ishlatiladi. 10% li kseroformli malham ko’proq surunkali yallig’lanishlarni davolashda ham qo’llaniladi.

19.Rp.: Ung. Xeroformii 10% - 50,0


D.S. Teriga yallig’langan joyga surtish uchun.
#
20. Rp.: Tincturae jodi 1.0
Spiritus aethylici denaturati 1000.0
M.D.S. Spirtli qurituvchi bog’lam qo’yish uchun
Download 15.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling