Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet228/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Tushuntirish matni
SIRTGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR.
(GUTTAE AD USUM EXTERNUM)
Tomchilar, asosan, ko’z, burun va quloq kasalliklarida ishlatiladi. Kam hollarda tish og’rig’ini qoldiradigan retseptlar ham uchraydi. quloq va burun tomchilarini tayyorlashda erituvchi sifatida suv, etanol, glitserin va moy qo’llaniladi.
Rp.: Solutionis Dicaini 0,25 %—10 ml
Solutionis Adrenalini hydrochloride 1:1000 gtt XX
M.D.S. 5 tomchidan kuniga 2 mahal burun- ning ikki tomoniga
Dikainning eruvchanligi 1:10. Avval 10 % dikain eritmasi tayyorlanadi, so’ngra unga 20 tomchi adrenalin gidroxlorid eritmasi qo’shiladi. Bu tayyor dori turida «Zaharli» ro’yxatidagi modda (dikain) bo’lganligi uchun muhrlanadi. Shishachaga «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin» yorlig’i yopish tiriladi. Signatura yoziladi.
Rp.: Solutionis Collargoli 1%-15 ml
D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal burunga
Kolloid eritmaga misol. Tayyorlanishi retseptda izohlangan. Kerak bo’lganda suziladi. Rp.: Streptocidi solubilis 0,5
Spiritus aethylici
Solutionis Hydrogeniperoxydi aa 7,5 ml
M.D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal chap quloqqa
Streptotsid 90 % li etanolda eritiladi, kerak bo’lsa bir bo’lak paxtada suziladi, paxta etanolda namlangan bo’lishi kerak, so’ngra 3 % vodorod peroksid qo’shiladi64.
Rp.: Natrii hydrocarbonatis 0,4
Glycerini 10,0
M.D.S. 3 tomchidan kuniga 2 mahal o’ng quloqqa
Natriy gidrokarbonatning glitserindagi eruvchanligi 1:25. Natriy gidrokarbonatni to’li- eritish uchun hovonchada uni glitserin bilan ezg’ilanadi. Suzilmaydi.
Rp.: Phenolipuri 0,5
Glycerini 10,0
M.D.S. 5 tomchidan kuniga 3 mahal iliq holda chap quloqqa
Kristall fenolni bemorga beriladigan shishacha glitserin bilan solib, qizdirilgan holda eritiladi (issi- suvli idishga solinadi). Yaxshi eriydi. Suzilmaydi. Fenol ishlatishda ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Rp.:Mentholi 0,05
Phenylii salicylatis 0,25
Solutionis Adrenalini hydrochloridi 1:1000 gtt XX
Olei Vaselini 10,0
Mentholi 0,05
M.D.S. Burun tomchisi
Mentol va fenilsalitsilat iliq moyda (40—50°C) birin- ketin eritiladi. So’ngra adrenalin gidroxlorid eritmasi qo’shiladi. Suzilmaydigan mayin suspenziya hosil bo’ladi
Rp.: Chlorali hydrati
Camphorae aa 3,0
Mentholi 0,3
M.D.S. Tish tomchisi
Bu retsept tish tomchisi sifatida keng qo’llaniladi. Uni shishacha komponentlarni bir-birida qizdirib, aralashtirish yo’li bilan olinadi (shishacha issiq suvga solinadi). Bu dori turi evtetik aralashma hisoblanadi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling