Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Uslubiy ta‘minot va mashg’ulot jihozlanishi


Download 7.12 Mb.
bet226/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Uslubiy ta‘minot va mashg’ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, tarozi, tarozi toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tar-atma materiallar.
Asosiy matn
Tomchilar deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi. Mustaqil guruh sifatida ajralishiga sabab, tarkibidagi dori moddalar shunday konsentratsiyalarda beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo’ladi. Shu sababli tomchilarni retseptda 10 ml.gacha bo’lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori turlari retsepturasida muhim o’rin egallaydi (25 % gacha). Tomchilar ichishga va sirtga mo’ljallangan bo‘ladi.
Tomchilar ex tempore tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti ham hisoblanib, ular haqiqqatan ham standart bo’lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar ayrim xususiyatlarga ega bo’lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.
Shuning uchun modda eritilayotganda 3 qism suvni olib qolish kerak. So’ngra tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o’tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi, filtrlash tugagandan so’ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chi-ilgandan so’ng, farmatsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e‘tibor tomchilarni kerakli hajmgacha dozalashdir. qulay va sodda dozator DJ-10 ishlab chiqilgan bo’lib, 10 ml suyuq dori turlarini qadoqlashga mo’ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi — kronshteyn, uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5—10 ml.li dozator. Dozani o’zgartirish uchun moslamaning oxirida to’g’rilovchi vint bo’lib, uning yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik-nasadkaning boshqa bir uchiga cho’zma naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik quyiladigan idishga uchi solib qo’yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib, so’ngra dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik dozatordan flakonga quyiladi, so’ngra dozator tortib olinadi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling