Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Suvsiz eritmalarga misol -ilib yana eliksirlarni olsa bo‘ladi. Eleksir


Download 7.12 Mb.
bet223/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Suvsiz eritmalarga misol -ilib yana eliksirlarni olsa bo‘ladi. Eleksir-tiniq tiniq eritmalar bo‘lib, spirtlarda eriydigan dori moddasi bo‘ladi. Eleksirlar spirtlarda, suv spirt aralashmalarida, polietilenglikollarda, propileglikol, sorbitol va glitsirinda tayyorlanadi. Ma‘lumki glitserin eritish xususiyati bo‘yicha spirtga o‘xshab ketadi.
Texnologiyasi suvsiz eritmlar texnologiyasiga o‘xshab ketadi. Bunda spirtning
konsentratsiyasi va eritmaning rNga aloxida e‘tibor qilish kerak.63
MOYLI ERITMALAR
Normal sharoitda tiniq, qovushqoq suyuqliklar kimyoviy jixatdan palmitin, stearin, olein kislotalarini glitserin bilan bergan uch atomli efirlari. Tibbiy amaliyotda ishlatiladigan moylar sovu- usulda presslab olingan bo‘lishi kerak.
Ko‘p ishlatiladigan moylarga bodom moyi Oleum Amygdalarum — achchiq va chuchuk bodom danagidan olinadi. SHaftoli moyi — Oleum Persicorum — oddiy shaftoli, o‘rik, olxo‘ri va olcha danaklaridan olinadi.
Bu moylar tibbiy amaliyotda dorivor moylar hisoblanib, dorilarning moyli eritmalarini va in‘eksion eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Moyli eritmalarni tayyorlashda kungabokar moyi (Oleum Helianthi) araxis moyi — eryongokdan olinadi, kunjut moyi (Oleum Ricini) va boshqa moylar ham -o‘llaniladi.
Moylarda mentol, fenol, fenilsalitsilat, alkaloid asoslari, efir moylari, kamfora va boshqa moddalar yaxshi eriydi. Erituvchi sifatida moylarni ishlatilganda uning erituvchi xususiyati bilan birga, moddalar turg‘unligini sa-lash hamda dori ta‘sir davrini o‘zaytirish kabi xususiyatlari ham muxim o‘rinda turadi.
Dorixona sharoitida moylarni shisha va metall idishlarda to‘ldirib sa-lanadi.
Rp.: Phenoli puri 0,15
Olei Helianthi 10, 0 M. D. S. quloq tomchisi.
Moyli eritmalar fa-at og‘irlik usuli bilan tayyorlanadi. Eritmaning umumiy og‘irligi dori modda va erituvchi og‘irligi bilan birga olinadi. Fenolning tozasi va suv bilan aralashgani bo‘ladi. Suv bilan aralashgani — suyuq fenol deb ham yuritiladi. Toza fenolning har bir qismiga — 1 -ism suv qo‘shib suyuq fenol olinadi. Suyuq fenol suvli eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Suv bilan turli nisbatda yaxshi aralashadi. Ko‘rsatilgan dorixatni tayyorlashda toza fenoldan 0,15 tortib olinib, beriladigan rangli idishga solinadi. Fenol bilan ishlashda extiyot bo‘lish kerak. Fenol teriga tegsa, uni o‘yib yuboradi. SHuning uchun uni tortish va idishga solishda to‘kmay, extiyotlik bilan ishlatish kerak. Tortib olingan fenol ustiga 10 g kungabokar moyidan solib yaxshilab aralashtiriladi. Mexani- iflosliklar bo‘lsa paxta or-ali o‘tkazib tozalanadi. Rp.: Solutio Camphorae oleosae 10% — 100,0
D. S.
Toza va -uritilgan 100,0 ml hajmda mo‘ljallangan shisha idish olinadi. 10,0 kamfora solib, idishni posongili torozida muvozanatga keltiriladi va unga 90,0 g moy tortiladi. So‘ng chay-atib eritiladi. Zarur bo‘lmasa suzilmaydi. Eritma ifloslanganda ikki -avatli doka or-ali suziladi. O‘simlik moylari, vazelin moyi va glitserin -ovush-o-ligi yu-ori suyuqliklar bo‘lganidan bu suyuqliklarda moddalar erishi kiyin bo‘ladi. Eritishni tezlatish ma-sadida bu suyuqliklar -isman isitiladi. O‘simlik moylari va vazelin moyida tayyorlangan eritmalar quruq idishlarda tayyorlanishi kerak.
Sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan eritmalarni ko‘pchiligi tayyorlanganda ularning ta‘sir muddatini o‘zaytirish ma-sadida, dori modda eruvchanligini hisobga olgan holda erituvchilardan spirt, efir va xloroform, o‘simlik moyi, vazelin moyi va glitserin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat farmakopeyasi talablariga javob berishi zarur. Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo‘lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan idish toza va quruq bo‘lishi kerak. Suvsiz erituvchilarni (moy, glitserin, xloroform) -ovush-o-ligi yu-ori bo‘lgani sababli ularni og‘irlik usulida tayyorlanadi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling