Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Farmatsevtik texnologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi


Download 7.12 Mb.
bet382/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Farmatsevtik texnologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi:
Farmatsevtik texnologiya fani asosiy iqtisoslik fani hisoblanib 5 – 6 semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o‘quv rejasini rejalashtirilgan matematik va tabiiy:

  • Biologiya

  • Fizika

  • Neorganik va analitik kimyo

  • Organik kimyo, Fizik va kalloid kimyo

  • Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi

  1. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

“Farmatsevtik texnologiya” fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarda dorixona sharoitida ishlab chiqariladigan qattiq va suyuq dori turlarini tayyorlash usullari, dori tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar, ularning sifati va mutanosibligini, dorixonada qattiq va suyuq dori turlarni tayyorlashda hozirgi zamon talablarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fan dasturining asosiy vazifasidan biri talabalarning nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qattiq va suyuq dori shakllarini tayyorlashga va sifatini baholashga uslubiy yondoshuvni shakllantirishdan iboratdir.

Fanni vazifasi:
Farmatsevtik texnologiyaning asosiy tushunchalari, uning maqsad va vazifalari, rivojlanish bosqichlari, dorilar texnologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirishlarning asosiy yo‘nalishlari;
bugungi kundagi dori turlari nomenklaturasi va tasnifi;
dori turlarini tayyorlashning asoslari, qadoqlash va jihozlash masalalari;
dori turlarini sifatini MX asosida nazorat qilish tartibi;
- dori turlarining tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni bilishi;
- talabalarni nazariy ma’lumotdan boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni bajarish darajasiga qadamma-qadam o‘rgatish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, talabani fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirish.


Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling