Kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi
Download 260.81 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ilova Baholash tartibi
1 Urganch RANCH texnologiya universiteti Kengashining 2023 yil 3 – sonli majlisi bayonnomasi 3-ilovasi URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETIDA TA’LIMNING KREDIT TIZIMI ASOSIDA TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH TARTIBI I. Umumiy qoidalar. 1. Mazkur tartib asosida talabalar bilimini nazorat qilsih va baholashdan maqsad ta’lim sifatini oshirish, kreativ fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 2. Mazkur tartib Urganch Ranch texnologiya universitetida (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) ta’limning kredit tizimi asosida o‘quv jarayoni, nazorat turlari, baholash mezonlari, kursdan kursga o‘tish tartibi, akademik mobillikni tashkil etishni tartibga soladi. 3. Ta’limning kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) talabalarda davlat ta’lim standarti, malaka talablari, kasb standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish hamda tahlil qilib borish; b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, shaffoflik va qulay shaklda baholashni ta’minlash tamoyillariga asoslanishi; c) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish hamda tahlil qilish; d) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; e) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini o‘z vaqtida e’lon qilish; f) o‘quv jarayonida talabalar bilimini baholashning elektron tizimini tashkil etish (elektron jurnalni joriy etish va uni samarali yuritish, fanlar bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni on-line, lokal qabul qilsih). 4. Fanlar bo‘yicha ta’limni kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish baholash semestr davomida ushbu qoidalarga mos holda baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 2 II. O‘quv jarayoni. 1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘quv yuklamasi umumiy hajmi kamida 180 (uch yil muddatli o‘qish davriyligida) va 240 (to‘rt yil muddatli o‘qish davriyligida) kreditdan iborat. 2. Magistratura mutaxassisliklarida va o‘quv yuklamasi umumiy hajmi mutaxassislik va o‘qish davriyligiga muvofiq ravishda 120 kreditni tashkil qiladi. 3. Talabaning bir semestrda o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan kreditlari miqdori 30 kreditni tashkil qiladi. Ayrim holatlarda universitet Kengashi qarori bilan bir semestrda o‘quv yuklamasi hajmi kreditlarning boshqacha miqdorida belgilanishi mumkin. 4. O‘quv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun universitet rasmiy sayti (http://utu-ranch.uz) orqali va o‘quv platformasi (hhtp://hemis.tsue.uz)da o‘quv jarayoni jadvali, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar o‘quv rejalari, fanlar sillabuslari e’lon qilinadi. 5. Talabalar o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlar bilan tanishib olishlari va tanlov fanlariga belgilangan oxirgi muddatgacha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. III. Mustaqil ta’limni tashkil etish va baholash 1. Ta’limning kredit-modul tizimida mustaqil ta’lim fanni o‘zlashtirishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. 2. Mustaqil ta’lim mavzulari tegishli fan uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv dasturi (sillabus)da ko‘rsatib o‘tiladi hamda har dars oxirida talabalarga berib boriladi. 3. Mustaqil ta’lim mavzularini o‘z vaqtida o‘qib o‘zlashtirish talabaning vazifasi hisoblanadi va talaba bu ishga mas’uliyat bilan yondashishi talab qilinadi. 4. Talabaning mustaqil ta’limda o‘zlashtirgan bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda tekshirib boriladi. 5. Talabalar mustaqil ishni tashkil etishda har bir fan kesimida “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash” bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma ishlab chiqiladi, bunda quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir: a) talabalar mustaqil ishlarni ikki yo‘nalishda- auditoriyada va auditoriyadan tashqarida tashkil etish; b) talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash; c) talabalar mustaqil ishlarning shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratishlari lozim: talabaning o‘qish bosqichi; muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati, o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi; 3 e) mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan kursga o‘tish bilan shakl va hajm jihatdan o‘zgarib borishini nazarda tutish; d) mustaqil ish fan xususiyatini o‘zida aks ettirishi hamda talabaning ijodiy (kreativ) qobiliyatlarini namoyon qilishga undashi lozim. 6. Talabalar mustaqil ishlarning joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlarini tashkil etilishi fan dasturi (sillabus)da mustaqil ta’limga ajratilgan o‘quv soatlari hajmini to‘liq qamrab olishga, talabalarda mustaqil fikrlash, ilmiy-ijodiy izlanish, mustaqil qarorlar qabul qilish hamda ta’lim yo‘nalishi malaka talablarida belgilangan kasbiy ko‘nikmalarni shaklantirishda muhim o‘ringa ega. Download 260.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling