Kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi


VI. Akademik mobillik va uni tashkil etish


Download 260.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana25.10.2023
Hajmi260.81 Kb.
#1721135
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ilova Baholash tartibi

VI. Akademik mobillik va uni tashkil etish 
1. Akademik mobillikni taʼminlash va talabaning kreditlari universitet 
tomonidan tan olinishida Quyidagi xujjatlardan foydalaniladi: 
• 
fanlar katalogi; 
• 
taʼlim to‘g‘risidagi kelishuv; 
• 
akademik maʼlumotnoma; 
• 
kreditlarni xisoblash va tan olish jadvali. 
Mazkur xujjatlar taʼlim olish natijalarini aks ettiradi va Oliy taʼlim muassasasiga 
kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazish uchun asos xisoblanadi. 
2. Talaba tomonidan taʼlim olish natijasiga mos keluvchi boshqa taʼlim 
muassasasi taʼlim dasturida erishilgan yutuqlari uchun o‘zlashtirilgan kreditlar miqdori 
universitetda belgilangan taʼlim olish natijalariga o‘zlashtiriladigan kreditlar miqdoriga 



teng xisoblanadi. 
3. Taʼlim to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq universitet tomonidan akademik 
mobillik doirasida talabaning barcha kreditlari taʼlim dasturini o‘zlashtirishda talabaga 
qo‘shimcha topshiriqlarsiz xisobga olinadi. 
4. Xorijdagi xamkor tashkilotlarning taʼlim dasturlarida belgilangan taʼlim 
olish natijalari universitetning taʼlim dasturi bo’yicha taʼlim olish natijalariga mos 
kelishi yoki ularni to‘ldirishi lozim. 
5. Taʼlim olish natijalari xorijda taʼlim olish davridan keyin tan olinadi. Agar 
mobillik davrida umuman kredit to‘planmagan bo‘lsa, talabaning kursdan kursga 
o‘tishi ushbu tartibning 40 bandida ko‘rsatilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi. 
VII. Tartib intizom qoidalari va komissiyasi 
1. Talabalar universitetda o’rnatilgan Odob-axloq qoidalari va ichki tartib 
intizomga to’liq rioya qilgan xolda jamoa aʼzolari va boshqa talabalarga xurmat bilan 
munosabatda bo’lishlari shart. 
2. O’quv jarayoni, imtixonlar va universitet faoliyati bilan bog’liq boshqa 
xolatlarda talabalar belgilangan tartib intizom va odob-axloq chegaralaridan 
chiqmasliklari kerak. 
3. Quyidagi 
xolatlar talabalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar 
sirasiga kiradi: 
• jamoa aʼzolari, talabalar va universitet jixozlariga nomuvofiq munosabatda 
bo’lish; 
• professor-o’qituvchilar, imtixon nazoratchilariga nisbatan agressiv va 
xurmatsiz muomala qilish; 
• professor-o’qituvchilar, imtixon nazoratchilariga jismoniy va ruxiy bosim 
o’tkazish; 
• professor-o’qituvchilar, imtixon nazoratchilari yoki vakolatli jamoa aʼzosi 
tomonidan berilgan ko’rsatmaga ataylab bo‘ysunmaslik; 
• professor-o’qituvchilar, imtixon nazoratchilari tomonidan ruxsat etilmagan 
uyali aloqa vositalari, xar xil ko’rinishdagi elektron qurilmalar, kitob yoki daftar-
qog’ozlarni imtixonga olib kirishga urinish; 
• imtixon qog’ozlarini xonadan olib chiqish, o’zaro almashtirish, imtixon 
davomida o’zaro gaplashish, bir-biridan ko‘chirish, ruxsat etilmagan kitob yoki daftar-
qog’ozlardan ko’chirish; 
• boshqa talaba o’rniga imtixonda ishtirok etish, soxta xujjat taqdim etish (bu 
bo’yicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan); 
• 
plagiat va mualliflik huquqini buzish. 
3. Yuqorida ko’rsatilgan va shunga o’xshash boshqa qoidabuzarliklar sodir 
etilsa, bu xolat universitetda tashkil etilgan tartib intizom komissiyasida ko’rib 
chiqilib, talabaga tegishli jazo tayinlanadi. 




Download 260.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling