Kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi
II. Kursdan kursga o‘tish tartibi
Download 260.81 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ilova Baholash tartibi
II. Kursdan kursga o‘tish tartibi
1. Talabalarning kursdan kursga o‘tishi xar bir o‘quv yili oxirida talabalar o‘zlashtirishining o‘rtacha ko‘rsatkichi(bundan buyon matnda GPA deb yuritiladi)ga qarab amalga oshiriladi. 2. Bir bosqichdan keyingi bosqichga o‘tish uchun o‘quv yili yakunida talabaning GPAsi 5 ballik shkalada 2,5 ga teng yoki undan yuqori bo‘lishi shart. 3. Bakalavriat talabasining to‘rtinchi bosqich yakuniga ko‘ra GPA ko‘rsatkichi qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar talaba 4 yillik o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlar, malakaviy amaliyot va diplom ishini muvaffaqiyatli topshirgan holda 240 kreditni jamlagan bo‘lishi shart. Shunday keyin talabaga “bakalavr” diplomi beriladi. 4. Magistratura talabasining ikkinchi bosqich yakuniga ko’ra GPA ko‘rsatkichi qancha bo‘lishidan qatʼiy nazar talaba 2 yillik o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlar, malakaviy amaliyot va dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli topshirgan holda 120 kreditni jamlagan bo‘lishi shart. Shundan keyin talabaga “magistr” diplomi beriladi. 5. Bakalavriat talabasining to‘rtinchi bosqich oxirida (birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqich fanlari xisobga olinadi) GPA si 5 ballik shkalada 2,7 ballga teng yoki undan baland bo‘lsa, ammo kreditlar miqdori 240 kreditdan kam bo‘lsa, bu xolda talaba to‘rtinchi bosqichni qayta o‘qiydi. 6. Magistratura talabasining ikkinchi bosqich oxirida (birinchi va ikkinchi bosqich fanlari xisobga olinadi) GPA si 5 ballik shkalada 2,7 ballga teng yoki undan baland bo‘lsa, ammo kreditlar miqdori 120 kreditdan kam bo‘lgan holda talaba ikkinchi bosqichni qayta o‘qiydi. 7. Jami taʼlim olish muddati bakalavriat uchun 1-kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1-kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi. Jami taʼlim olish muddati yakunlangandan so‘ng qayta o‘qish va o‘qishni tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 260.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling