Kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi


Download 260.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana25.10.2023
Hajmi260.81 Kb.
#1721135
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ilova Baholash tartibi

UB=DI+JN+ON+YaN 
bu yerda: DI - dars mashg’ulotlaridagi ishtirok; JN - joriy nazorat; ON – Oraliq 
nazorat; YaN - yakuniy nazorat. 
11. Yakuniy nazorat turi tegishli fakultet dekani yoki akademik faoliyat va 
registrator boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha 
prorektor tomonidan tasdiqlanuvchi yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga 
muvofiq o‘tkaziladi. 
12. Nazoratlar kuni talabalar yakuniy nazorat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan 



kamida 15 daqiqa oldin nazorat o‘tkaziladigan joyga kelishlari va nazoratchilarning 
ko‘rsatmalariga amal qilishlari lozim. 
13. Nazoratlarga o‘z vaqtida kelmagan va nazoratchilarning ko‘rsatmalariga 
javob bermagan talabalar nazoratlarga qo‘yilmaydi va ular uchun qayta nazorat tashkil 
qilinmaydi. 
13. Uzrli sabablarga ko‘ra yakuniy nazoratlarga kelmagan talabalarga, uzrli 
sabablarni tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha ravishda yakuniy 
nazoratga kirishga ruxsat beriladi. 
14. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda 
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani 
farmoyishi asosida, talaba o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda 
topshirishga ruxsat beriladi. 
15. Talabalar yakuniy nazoratga kirish uchun o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi 
xujjat (talabalik guvohnomasi, fuqarolik pasporti, ID karta, harbiy guvoxnoma, 
haydovchilik guvohnomasi) olib kelishlari va uni yakuniy nazorat o‘tkaziladigan 
xonaga kirishdan oldin va yakuniy nazorat jarayonida ko‘rsatishlari lozim, shaxsni 
tasdiqlovchi xujjatlarsiz talaba yakuniy nazoratlarga qo‘yilmaydi. 
16. Yakuniy nazorat davomida nazoratchi ruxsati va kuzatuvisiz o‘zaro 
gaplashish, o‘rnidan turish, auditoriyadan chiqish, telefon ishlatish qatʼiyan man 
etiladi, aks holda talaba yakuniy nazoratdan chetlashtiriladi. 
17. Yakuniy nazorat boshlanishi bilan talaba o‘z ID raqami, ism-familiyasini 
sharikli ruchkada yakuniy nazorat varaqasining belgilangan joyida yozishi lozim 
(qalam bilan yozilgan maʼlumotlar qabul qilinmaydi). 
18. Yakuniy nazorat o‘tkaziladigan auditoriyaga uyali telefon, har xil 
ko‘rinishdagi elektron qurilmalar, ruxsat etilmagan kitob, daftar, qog‘ozlar olib kirish 
qatʼiyan man etiladi. 
19. Yakuniy nazorat natijasidan norozi talaba natijalar eʼlon qilinganidan keyin 
bir haftadan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida o‘z eʼtirozini yozma shaklda bildirishi 
mumkin. 
20. Talabaning fan bo‘yicha yakuniy bahosi barcha nazorat turlari bo‘yicha 
to’plagan ballari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va 
tasdiqlovchi yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni 
o‘z ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni taʼlim olish natijasiga erishilganini aks 
ettirishi shart. 
21. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq soatni 
sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi 
hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan xisoblanadi. 
22. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu 
nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor xisoblanadi. 
23. Akademik qarzdor talabalar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar 
mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda 



bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan xolda to‘lovni amalga oshirgandan 
so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. 

Download 260.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling