Muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1757276
  1   2   3   4


ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB 
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR 
VA ISTIQBOLLAR
mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani 
http://journal.jbnuu.uz/
 

1-SHOʻBA 
TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH: DOLZARB 
TENDENSIYALAR VA STRATEGIK YO‘NALISHLAR 
OLIY TA’LIM TIZIMLARIDA KASBIY MOBILLIKNI RIVOJLANTIRISH VA 
ULAR ASOSIDA PEDAGOGIK MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH 
 
Nizamova Muyassar Nuritdinovna 
Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi 
nizamovamuyassar@gmail.com
 
 
Annotatsiya: Maqolada mobillik atamasi tushunchasi,kasbiy mobilligini 
rivojlantirishning dolzarbligi, mobillik tushunchaga sharhlar, uning amaliyotga 
kirib kelishi, qo‘llanilishi, mazmuni, mohiyati va tuzilmasi keltirilgan. 
Shuningdek, ta’limda kasbiy mobillikning muxim xususiyati mazmuni hamda 
kasbiy mobillik mohiyatni ifodalovchi funksiyalar yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: mobillik, kasbiy mobillik, bo‘lajak menejerlar, funksiyalar, 
tuzilma, harakatchanlik, akademik, qo‘zg‘aluvchanlik,faoliyat, kommunikativ
innovatsion, axborot, kognitiv, integrativ xususiyat. 
 
Ta’lim jarayonlarida mobillik atamasi iste’moldagi tushunchaga aylanib 
bormoqda. Xusuan, mobillik tushunchasi umumiy atama sifatida ko‘plab tur va 
shakllarga, jumladan, ijtimoiy, akademik, madaniy, ijtimoiy-madaniy, kasbiy 
kabi an’anaviy ravishda mobilliklarga bo‘linadi. Shubhasiz, bu tushunchalarning 
barchasi umumiy so‘z mobillik bilan bog‘langan. Mobillik, asosan, faoliyatning 
namoyon bo‘lishida o‘rganiladi, biroq, integral xususiyat sifatida uni ikki jihatda 
– salohiyat va shaxsning haqiqiy harakatchanligi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Mobillik har doim sub’ektning faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bu motivatsion 
komponentning rivojlanish dinamikasi bilan bog‘liq bo‘lib, ichki resurslarni 
safarbar qilishida aks etadi. Ular: faoliyat, aqliy, irodaviy, kognitiv-kontent, 
kompetensiya jarayonlariga asoslangan. 
Mobillik o‘z-o‘zini kasbiy mobillashtirish muhim xususiyat sanalib, 
potensial mobillik strukturasidagi bir qatorda biopsixologik komponentlarni: 
temperament, moslashuvchan shaxsiy xususiyatlar, motivatsion tayyorgarlik va 
ijodkorlikni aniqlaydi. “Mobillik” atamasining lug‘aviy ma’nosini izohlab 
o‘tishimiz zarur. “Mobillik” atamasi lotinchada mobilis − harakatchan, 
qo‘zg‘aluvchan, tezkor harakatga, qo‘zg‘alishga layoqatli”, hissiy holatlarning 
almashishi, tafakkur tezligining namoyishi, yengil va tez-tez o‘zgaruvchan, bir 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling