Muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar


ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1757276
1   2   3   4
ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB 
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR 
VA ISTIQBOLLAR
mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani 
http://journal.jbnuu.uz/
 

ifodalaydi. Tadqiqot tahlillariga asoslanib “Kasbiy mobillik”ni quyidagicha 
izohladik: Kasbiy mobillik – bu kasbiy faoliyatga doir o‘zgaruvchan sharoitlarda 
o‘z-o‘zini rivojlantirish, muayyan vaziyatlarda tezkor yechim topish, kasbiy 
ehtiyojlarini anglash va zamonaviy talablarga moslashtirishga tayyorlik 
qobiliyatini rivojlantirishni ifodalaydigan integrativ xususiyatini tushunamiz.  
Bo‘lajak menejerlarda kasbiy mobillikni rivojlantirish jarayoni 
quyidagicha: o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga tayyorligi, yangi sharoitlarga 
moslashishi va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyati, kasbiy faoliyatiga oid 
bilimlarni o‘zlashtirishda bir darajadan yuqorisiga mohirlik bilan o‘tishi, soha 
ta’limiga doir innovatsiyalarni o‘zlashtirishi hamda kasbiy rivojlanish sur’atini 
ifodalovchi integral sifat shaklida e’tirof etiladi. Kasbiy mobillik shaxsning turli 
muammoli vaziyatlarga nisbatan ta’sirchanligi samarasini ifodalovchi asosni, 
shuningdek, atrof-muhit va ruhiyatida kechayotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan 
mustahkam 
shaxsiy 
manbaini 
tashkil 
qiladi 
(1-rasm). 
Tadqiqotimiz subektiv yondashuv doirasida amalga oshirilgan va 
professional mobillikni, kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘zgaruvchan 
sharoitlarga moslashish strategiyasi, sub’ektning umumiy pedagogik faoliyat 
strategiyasining alohida holati sifatida ko‘rib chiqilgan. Moslashuv jarayonlari 
professionallashtirish va uning butun davriga hamroh bo‘ladi. Bo‘lajak 


ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB 
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR 
VA ISTIQBOLLAR
mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani 
http://journal.jbnuu.uz/
 

menejerning o‘zi uchun belgilaydigan moslashish strategiyasi, jumladan, 
professional mobillik strategiyasi uning kasbiy sohasidagi umumiy faoliyat 
strategiyasi bilan ifodalanadi. 
Xulosa, rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida ham o‘qishni 
ko‘chirish, ichki akademik mobillik oliy ta’lim boshqaruvining bir qismi 
hisoblanadi. Ba’zi davlatlarda barcha vakolat oliy ta’lim muassasalari ixtiyorida 
bo‘lsa, ba’zilarida qat’iy cheklovlar, muayyan talablar joriy etilgan. Ichki 
akademik mobillik dasturlari universitetlar aro o‘zaro kelishuv shartnomalari 
asosida tashkil qilinadigan mamlakatlar ham mavjud. Mazkur tizimning 
amaliyotga joriy etilishi talabalarning muayyan oliy ta’lim muassasasidan 
o‘qishni boshqa nomdorroq oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishi uchun emas, 
balki tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadr bo‘lib yetishishiga xizmat 
qiladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling