Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Suspenziyalar sifatini baholash


Download 7.12 Mb.
bet59/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Suspenziyalar sifatini baholash
Resuspendirlanish. Suspenziya 24 soatdan so‘ng 15—20 soniya chayqatilganda, 3 sutkadan so‘ng esa 40—60 soniya chayqatilganda o‘zining asl holini tiklashi, ya‘ni zarrachalar bir xilda tarqalishi lozim.
Dispers faza zarrachalarining bir xilligi. Zarrachalar o‘lchami mikroskopda kurilganda ularning o‘lchami xususiy maqolada ko‘rsatilgan darajadan oshib ketmasligi kerak.
13 - Ma‘ruza.
MAVZU 13. Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko’rsatkichi. Emulsiya turg’unligiga ta‘sir etuvchi omillar.
Ma‘ruza maqsadi: emulsiya nima, hosil bo‘lish yo‘llari, GLB ko‘rsatkichlari va ularning
emulsiya turg‘unligiga ta‘siri, emulsiya tipi aniqlash bilishlari kerak.
Reja:

  1. Emulsiyalar ta‘rifi, tasnifi

  2. Emulsiyalar hosil bo‘lish yo‘llari

  3. Emulsiya tiplarini aniqlash usullari.

  4. Emulgatorlar mikdori, GLB ko‘rsatkichlari

Tayanch atama va iboralar: emul‘siya, emulgator, gidrofil-lipofil balance (GLB), suv-moy, moy-suv, continental, ingliz, Ibn Sino usuli, emulgirlash.
Emulsiya dori sifatida
Dorixona amaliyotida emulsiya deb disperslangan sistemalarni moyning suvdagi turi deb tushunilib, faqatgina ichish uchun ishlatiladigan dori turiga aytiladi. Vaholanki, emulsiyalar ichish uchun ham, sirtga ishlatish uchun ham va xatto in‘eksiya tarzida ishlatishga ham tayyorlanishi mumkin. Suvning moydagi (s/m) emulsiyasi sirtga ishlatish bilan birga, bu turi boshqa dori shakllarida ham ko‘prok uchraydi. Bu dori turini liniment holida, surtma dori turida tayyorlanishi va ishlatilishi bu dori turlari bilan bog‘liq bo‘limlarda to‘la yoritiladi. Emulgirlashda modda maydalanishi tufayli uning bo‘sh sathi ortadi, maydalanish darajasi ko‘paygan sari sathi osha boradi. Organizmning to‘kimalari va suyuqliklariga tekkan moddaning sathi qanchalik katta bo‘lsa, bo‘larning o‘zaro ta‘siri shunchalik kuchlidir. SHunday qilib preparatning kimmati ko‘p vaqtlarda uning maydalanish darajasi (dispersligi) bilan aniqlanadi. Bundan tashkari ko‘prok disperslangan moddalardagi turli kimyoviy holatlar, bo‘linmagan moddadagiga karaganda faolrok ravishda boradi. SHuning uchun emulsiya holatida turgan yog‘lar emulgirlanmagan yog‘larga karaganda me‘da-ichak yo‘lining fermentlari tomonidan gidroliz holatiga tezrok duchor bo‘ladi. SHuni aytib o‘tish kerakki, bunda yog‘ning bemaza ta‘mi yo‘qoladi, yog‘larni ichish osonlashadi, ayrim preparatlarning ta‘sirlovchi xususiyati kamayadi va dozalarga bo‘lish osonlashadi. Emulsiya, ayniqsa bolalar farmakoterapiyasida katta ahamiyatga ega. Emulsiyalarda sinish ko‘rsatkichi kuchli bo‘lganligi sababli, ko‘rinish jixatdan sutni eslatadi. SHunga ko‘ra bu dori shakllari nomini kelib chiqish sababi quyidagicha: lotincha so‘z emulgere — sogish, bundan emulsio, emulsiones — sogilayotgan, emulsum, emulsa — sogilgan. Oxirgi termin nomi aniqrok belgilangan. Emulsiya — kadimgi dori shakli bo‘lib, 1-Farmakopeya chop etilgandan buyon rasmiy dori deb hisoblangan.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling