Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet62/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Emulgatorlar
Emulgatorlar emulsiya tayyorlash uchun zarur komponent hisoblanadi. Ularning dispers faza zarrachalari maydalik darajasini oshirish kobiliyati va shu mayda zarracha atrofida mustaxkam parda hosil kilish xususiyatlari emulgator kimmatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Bundan tashkari, emulsiya hosil kilish uchun emulgatordan ketadigan miqdor hamda uning bor-yo‘kligi, kiymati, biofarmatsevtik xususiyatlari hisobga olinmogi shart.
Emulgatorlar farmakologik jixatdan ta‘sir etmaydigan, ayniqsa, salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydigan modda bo‘lishi kerak. Dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalarning ko‘pchiligi ichish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, moyning suvdagi emulsiyasi shaklida bo‘ladi. Emulgator sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatiladi. Emulgatorlarning ko‘pchiligi tabiiy moddalardir. Elimlar, shilimshiqlar, oksil modda va boshqalar.
Sintetik va yarim sintetik moddalardan iborat ba‘zi bir emulgatorlar yuqori molekulali moddalar bo‘lib, ularga tvinlar, spanlar va ularning hosilalari kiradi. Hamma emulgatorlar ionlanish xossasiga qarab 3 guruhga bo‘linadi. 1. Ionogen emulgatorlar. 2. Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar.
3. Amfoter xususiyatiga ega emulgatorlar.
Gidrofil - lipofil balansi
Xar qanday emulgator samaradorligini ta‘riflaydigan maxsus birlik GLB deb - ikki bir-biriga qarama-qarshi gidrofil va gidrofob molekulalar nisbatiga aytiladi.
Xozirgi vaqtda moddalar molekulalarining tuzilishi yoki fizik-kimyoviy xossasiga qarab GLB ahamiyatini aniqlovchi nazariya yo‘k. SHuning uchun 1949 yilda Griffin tomonidan taklif etilgan yarim empirik sistema qo‘llaniladi. Bu Griffin soni deb atalib, sirt-faol moddalarning kaysi molekulalaridan tuzilganligini aniqlaydi, shu alohida guruhlarni suv bilan birikib kirishishini shartli son darajasiga ko‘taradi. har xil sirt-faol moddalarning GLB soni, molekuladagi guruhlarni son yigindisi kerakli formula bo‘yicha hisoblanadi yoki tajriba orqali aniqlanadi.
Sirt-faol moddalarning molekulasida gidrofob qismga nisbatan gidrofil qism qancha ko‘p bo‘lsa, GLB soni shuncha yuqori bo‘ladi. GLB soni hamma tabiatda uchraydigan sirt-faol moddalar uchun ko‘rsatkichi 1 dan 40 gacha bo‘lish mumkin. 10 soni faol moddaning lipofil va gidrofil moddalarning o‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Emulgator yog‘da erisa suvning moydagi emulsiyasini hosil qiladi. Bunda GLB soni 10 dan past bo‘ladi. GLB soni qancha yuqori bo‘lsa, bunday emulgator moyning suvdagi emulsiyasini hosil kilishga moyil bo‘ladi. GLB ko‘rsatkichi asosan emulgatorlarni tanlashda xizmat qiladi va sirt-faol modda GLB ci — 1-3 bo‘lsa,ko‘pik so‘ndiruvchi, 3 dan 6 gacha suvni yog‘dagi emulgatori, 7-8 yuvuvchi moddalar, 8-13 gacha moyning suvdagi emulsiyasini hosil qiluvchi emulgatorlar, 13-15 detergent, 15 dan yuqori bo‘lsa, solyubilizator eruvchanlikni oshiruvchi moddalar sifatida ishlatilishga tavsiya etiladi.
jadval

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling