Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar


Download 7.12 Mb.
bet65/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar
Ionogen bo‘lmagan SFM sirt-faol moddalar — bu moddaning molekulalari dissotsilanishi kobiliyatiga ega emas. Ularning difil guruhlaridagi kutbli guruhning o‘rnida gidroksil va efir guruhlari bo‘lishi eruvchanlik xossasini oshiradi. Ionogen bo‘lmagan emulgatorlarning xozirgi davrdagi ro‘yxati anchagina. Bu emulgatorlar asosan liniment va surtma dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kraxmal — dorixonada emulsiya tayyorlashda kraxmal elimini turg‘unlashtirish xususiyati yomon emas.
N. G. Goyman tomonidan 1939 yilda dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalar uchun taklif qilingan. 10 g yog‘ni emulsiyalash uchun 5 g kraxmal elimi ishlatiladi. Kraxmalning quruq massasining ko‘p tarkibiy qismi (97,3-98,9%) polisaxaridlar, qolgani aralashmalar: oksil moddalar (0,28-1,5%), kletchatka (0,2-0,6%) va kul moddalaridan (0,30-0,62%) iborat. Boshokli galla o‘simliklaridan olingan kraxmalning tarkibida oz miqdorda yuqori moy kislota va 2-glitserin–fosfor kislotasi topilgan. Kraxmal zarrachalarining kuchli bo‘kishi va bo‘linishidan yopishkok elim gidrozoli hosil bo‘ladi.
Sellyuloza va uning hosilasi Sellyulozaning molekula qatori kraxmalga o‘xshash bo‘lib, glyukoza qoldiqlaridan tuzilgan, ammo xalkada joylashishi jixatidan farqlanadi. Sellyulozaning tarkibida gidroksil guruhi borligi eterifikatsiya natijasida, stabillash kobiliyati yuqori bo‘lgan birikmalar olish imkonini beradi. Metilsellyuloza — sellyulozaning metil efiri, suvda eriydi.
Karboksimetilsellyuloza — sellyuloza bilan glikol kislotasidan hosil bo‘lgan efir. Karboksimetilsellyuloza suvda erimaganligi uchun natriyli tuzi ishlatiladi. Metilsellyuloza va natriy karboksimetilsellyulozani, emulsiya tayyorlashda 1-2%li eritmasi qo‘llaniladi.
Tvinlar va spanlar
Sorbitalning sintetik hosilalari, emulsiya hajmining 5-10% hisobida ishlatiladi. Farmakologik jixatdan ular organizmga zararsiz.
EMULGATOR T-2. Diefir triglitserin.
Mumga o‘xshash qattiq och jigar rang. Glitserinni 16-18 uglerod atomli moy kislotalari bilan
200°S da eterifikatsiya qilinishi natijasida olinadi. Ionogen bo‘lmagan SFM ning afzalligi emulgirlash xususiyatini o‘ziga xosligida. Emulgatorning balanslangan molekulasi birorta fazada erigan holda bo‘lmasdan fazalararo sathda tarqalgan bo‘ladi. Emulgator T-2 molekulasini yaxshi balanslangan deyish mumkin, chunki 100 ml turg‘un 10% emulsiyaga faqatgina 1,5 g. T-2 sarflanadi. Ionogen emulgatorlar uchun ham balanslanganlik koidasini tatbik kilish mumkin. Balanslanish birinchidan, uglerod qatorining o‘zunligiga, ikkinchidan, ionogen guruhining suvga o‘xshashligiga qarab aniqlanadi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling