Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet71/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Pasporti: SHaftoli moyidan 20,0
Jelatozadan 10,0
Birlamchi suv (20q10):2=15 g
Ikkilamchi suv 200-(20q10q15)=155 ml
Umumiy og‘irlik 200 g
Texnologiyasi: Hovonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So‘ng unga ozozdan 20 g shaftoli moyi (bodom moyi, zig‘ir moyi) qo‘shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. Bunda o‘ziga xos chirsillagan tovush chiqishi kerak. Bu birlamchi emulsiya hosil bo‘lganini bildiradi. Emulsiyaga bir tomchi suv tomizilsa, u idish devorida ok iz qoldirib okadi. So‘ng ozozdan qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan kungir idishga solinadi.
Emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish Ba‘zi bir dori moddalarni tanaga yuborishda emulsiya o‘ziga xos asos sifatida qo‘llaniladi. SHu bilan birga dorilarning munosabati hamda fizik-kimyoviy tuzilishi natijasida muvofiklashgan murakkab tarkib hosil bo‘ladi. Emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shishda fazalarning turiga ham ahamiyat beriladi. Bir xil modda yog‘da eriydi, lekin suvda erimaydi, boshqasi aksincha, suvda eriydi, lekin yog‘ bilan aralashmaydi. Ko‘pincha emulsiyaga kiritiladigan moddalar xech kaysi fazada erimaydi. Ba‘zi bir qo‘shiladigan moddalarning xossalariga qarab murakkab emulsiyalarni tayyorlash aniqlanadi.
Yog‘li emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish Magizdan tayyorlangan emulsiyalarga o‘xshash, eriydigan dori moddalar 1 qism suvda eritilib, birlamchi emulsiya suyultiriladi. Nastoykalar va boshqa suyuq galen preparatlari tayyor emulsiyalarga qo‘shiladi. yog‘da eriydigan dori moddalar (fenilsalitsilat va benzonaftoldan tashkari) oldin yog‘da eritilib, keyin yog‘li eritma emulgirlanadi. Emulgator miqdorini hisoblashda yog‘ning miqdori emas, yog‘li eritma miqdori hisobga olinadi.
Rp.: Emulsi Oleosi 200,0
Natrii bromidi 3,0
Coffeini-natrii benzoatis 1,0
Anaesthesini 2,0
Extr. Belladonnae spissi 0,15
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Pasport.: Shaftoli moyi 20,0
Anestezin 2,0
Jelatoza 11,0
Birlamchi suv 16,5
(20,0q2,0q11,0):2 =16,5
Koffein natriy benzoat 1,0
Belladonna ekstrakti quyuq 0,15
Ikkilamchi suv 150,5
200 –(20q2q11q16,5) =150,5 Umumiy og‘irlik =202,2

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling