Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Suvli ajratmalarni saqlash va sifatiga baho berish


Download 7.12 Mb.
bet96/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Suvli ajratmalarni saqlash va sifatiga baho berish
Farmakopeya talabi bo‘yicha damlama va qaynatmalar yangi tayyorlangan bo‘lishi va ―Salqin joyda saqlansin‖ degan yorliqlar bilan chiqarilishi kerak. Ajratmalarda qand, kraxmal, shilimshiq miqdori ko‘p bo‘lganligi mikroorganizmlar rivojlanishi uchun yaxshi sharoit hisoblanadi.
Damlama va qaynatmalar zaruriyat tugilgandagina ―ex tempore‖ tayyorlanadi. Saqlash muddati 2 - 3 kun. Jihozlanishi quyidagicha: ―Sirtga‖, ―Ichishga‖, ―Salqin joyda saqlansin‖,
―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖.
Damlama va qaynatmalarni sifatiga baho berish:

  1. Retseptni talab darajasida yozilishi.

  2. Retseptda yozilgan dori moddalarni miqdorini to‘g‘riligi.

  3. Damlama va qaynatma tayyorlashda dorivor o‘simlik mahsulotini to‘g‘ri hisoblanishi.

  4. Damlama va qaynatma tarkibidagi suvni hisoblashda suv shimish koeffitsientini to‘g‘ri hisoblanishi. 5. Damlama va qaynatmani DF buyicha to‘g‘ri tayyorlanishi.

  1. Damlama va qaynatmani mexaniq iflosliklardan tozalanishi, tashqi ko‘rinishi, o‘ziga xos hidga ega bo‘lishi.

  2. Damlama va qaynatmani qadoqlanishi, jihozlanishi va saqlash muddati. (Uz.Res. SSV

2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyrug‘iga asoslangan holda).
II SEMESTR
19- Ma‘ruza
Mavzu 19. Yumshoq dori turlari. Shamchalar, ishlatildigan asoslar, umumiy texnologiyasi.
Ma‘ruza maqsadi: Shamchalar ta`rifi, tasnifiga oid nazariy ma‘lumotlarni berish. Tayanch atama va iboralar:
Suppositoria rectalia- to‘g‘ri ichak shamchalari
Suppositoria vaginalia- qin shamchalari
Bacilli-tayoqchalar
Globuli- sferik sharchalar
Ovuli- ovalsimon
Pessaria- tilsimon
Dezinfeksiyalovchi- mikrobiologik ta‘sirni bartaraf etuvchi
Reja:
1. Shamdorilarning qo‘llanilishi va ularning zamonaviy tabobatdagi ahamiyati.
2.Shamchalar ta‘rifi –tasnifi
3.Shamchalarni afzalliklari va kamchiliklari
4.Asoslar va ularga qo‘yilgan talablar
Shamchalar deb, xona haroratida qattiq, lekin inson tanasi haroratida eriydigan, tana bo‘shliqlariga kiritiladigan dozalangan dori shakliga aytiladi. Tana bo‘shliqlarining ko‘rinishi va xususiyatlariga qarab suppozitoriylar turlicha geometrik shakl va o‘lchamlarda bo‘ladi.
Shamchalar quyidagi turlarga bo‘linadi: rektal (suppositoria rectalia), vaginal (suppositoria vaginalia) shamcha va tayoqchalar (bacilli). Rektal suppozitoriylar to‘g‘ri ichakka kiritish uchun, vaginali ayollar qiniga va tayoqchalar siydik chiqarish yo‘llariga hamda boshqa kanallarga (bachadon kanali, ingichka kanallarga kiritish uchun hamda eshitish yo‘llariga) kiritish uchun mo‘ljallangan. SHamchalar insoniyatga kadimdan ma‘lum. Rektal shamchalar haqida birinchi marta eramizdan avvalgi 2600 yilda eslatib o‘tilgan.
Rektal shamchalar bilan bir qatorda kadimgi manbalarda, masalan: Ebers papirusida vaginal shamchalar to‘g‘risida ham ma‘lumot berilgan. Bizga etib kelgan qo‘lyozmalarning guvoxlik berishicha, Messopotamiya va Misrliklar turli xil jonivorlardan, o‘simliklar kukunlaridan, asaldan va boshqa narsalardan tayyorlangan shamdorilarni qo‘llashgan.
So‘nggi un yil ichida shamchalar safi barcha Evropa mamlakatlari va AqSH da keskin ortdi.
Ularning dori-darmon shaklidagi obrusi o‘sib bormokda. Ayniqsa, uning sanoatda ishlab chiqarilishining o‘zlashtirilishi va bu dori turlarining butun organizmga ta‘sir qiladigan xillarining yaratilishi, ularning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab bo‘ldi. SHamchalarning korxonalarda ishlab chiqarilishi standart koliplarda Gorkiy va Xabarovsk shaxarlaridagi ixtisoslashtirilgan yirik farmatsevtika zavodlarida amalga oshiriladi.(1.15.-rasm).



Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling