Transaksion xarajatlar Yunusov Jahongir


Download 5.6 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi5.6 Kb.
#1298872
Bog'liq
Transaksion xarajatlar-fayllar.org


Transaksion xarajatlar

Transaksion xarajatlar

Yunusov Jahongir

Abdusamadov Iqbol

Olimov Shahzod

Abdumutalov Umid

Abduraxmonova Durdona


  • Tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi iqtisodiyot subyektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) faoliyati jarayonida mulkchilik huquqining almashishi (shartnomalar asosida mahsulotni sotish yoki sotib olish va shu kabi boshqa holatlarda), boshqa shaxslar tomonidan mulkka nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan sharoitlarda uni himoya qilish yoki iqtisodiy islohotlar jarayonida avval faoliyat yuritib turgan institutlarni va normalarni yangilari bilan almashtirish zaruriyati yuzaga keladi. Shunday vaziyatlarda tadbirkor yoki davlat tomonidan turli xarajatlar qilishiga zarurat paydo bo‘ladi. Bunday xarajatlar xorijiy manbalarda “transaksiya xarajatlari” tushunchasi bilan yuritiladi va u institutsional iqtisodiyot nazariyasining tarkibiy qismlaridan biri sifatida institutlar bilan bir qatorda uning kategoriyasi hisoblanadi.

  • Transaksiya xarajatlari tushunchasini qo‘llagan holda dastlabki tadqiqotlar R. Kouz tomonidan firmalar faoliyatini tahlil qilish uchun o‘tkazilgan. Bunga 1960-yillarda sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi sabab bo‘lgan. Yagona xo‘jalik tizimini yaratishga bo‘lgan intilish, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, mulkning yangi turlari, masalan intellektual mulkning paydo bo‘lishi, mulk huquqlarining alohida vakolatlarga bo‘linib ketishi – bularning barchasi transaksiya xarajatlarining sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi.

  • Transaksiya xarajatlari nazariyasi doirasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarni mikro va makrodarajalarga bo‘lish mumkin. Mikrodarajada gap jarayonlarni korxona (firma), alohida iqtisodiy subyektlar darajasida tahlil qilish haqida, makrodarajada esa umuman iqtisodiy tizimni tahlil qilish haqida boradi

Ushbu tahlil qilish belgisiga muvofiq transaksiya xarajatlari nazariyasida ikkita yondashuv mavjudligini izohlash mumkin:

birinchisi, Kouz-Uilyamsonning transaksion yondashuvi (barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi institutlarni tahlil qilish uchun)


Ikkinchisi Nortning transformatsion yondashuvi (institutsional o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun).

  • Iqtisodiyot adabiyotida “transaksiya xarajatlari” iborasi mustahkam o‘rin egallagan. Bunda transaksiya xarajatlariga berilgan quyidagi ta’rif keng tarqaldi: “transaksiya xarajatlari – axborotni yig‘ish va qayta ishlash xarajatlari, muzokaralar olib borish va qarorlar qabul qilish, shartnomaning bajarilishini nazorat qilish va yuridik himoyalash xarajatlari”.

Ilmiy manbalarda berilgan ta’riflarga muvofiq transaksiya xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:

1) axborotni izlash xarajatlari (narxlar, mavjud tovarlar, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar to‘g‘risida axborotni yig‘ish va qayta ishlash uchun sarflangan vaqt)


2) muzokaralar olib borish xarajatlari
3) almashuvga kirgan tovarlar va xizmatlarning miqdori va sifatini o‘lchash xarajatlari
4) tafsirlash va mulkiy huquqlarni himoyalash xarajatlari
5) opportunistik xatti-harakatdan himoyalash xarajatlari, bunda bitim shartlarini buzuvchi yoki bir tomonlama foyda olishga yo‘naltirilgan noinsoflik xatti-harakat tushuniladi.

  • Transaksiya xarajatlarini tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Tasniflashni bitimni tuzish bosqichlariga muvofiq amalga oshirgan ma’qul. O. Uilyamson transaksiya xarajatlarini bitim tuzilguncha va bitim tuzilganidan so‘ng yuzaga keladigan xarajatlar, deya ta’riflaydi.

Bitim tuzilguncha amalga oshirilgan xarajatlar

Axborotni qidirib topish xarajatlari ‒ imkoniyatli sherik haqidagi, bozordagi vaziyat haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlarini, shuningdek qo‘lga kiritiladigan to‘liqsiz va nomukammal axborot bilan bog‘liq yo‘qotishlarni o‘z ichiga oladi.


Muloqot yuritish xarajatlari ‒almashuv shartlari, bitim shaklini tanlash haqida muloqotlar olib borish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
O‘lchash xarajatlari ‒ bitim predmeti bo‘lgan tovarlar va xizmatlar sifatini o‘lchash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar.
Shartnoma tuzish xarajatlari ‒ bitimni yuridik yoki xufyona (norasmiy) rasmiylashtirish xarajatlari.

Bitim tuzilganidan keyingi xarajatlar

Monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari ‒ bitim shartlariga rioya etilishini nazorat qilish va ushbu shartlarning bajarilishidan bosh tortilishini oldini olish xarajatlari.


Tafsirlash va mulkchilik huquqlarini himoya qilish xarajatlari ‒ sudlar, hakamlar xarajatlari; shartnomani bajarish jarayonida buzilgan huquqlarni tiklash uchun zarur bo‘lgan vaqt va resurslar sarflari, shuningdek mulkchilik huquqlarining yaxshi tafsirlanmagan va ishonchsiz himoyadan ko‘rilgan yo‘qotishlar.
Uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari ‒ uchinchi shaxslar (davlat, uyushgan jinoyatchilik va h.k.)ning bitim natijasida olinadigan foydali samara qismiga e’tirozlaridan himoyalash xarajatlari.

  • Transaksiya xarajatlarining bunday tasniflanishi ularni miqdoriy baholash masalasiga nisbatan mikro va makroiqtisodiy darajada yondashish imkonini beradi.

Etiboringiz uchun rahmat



http://fayllar.org
Download 5.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling