Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASBOBLAR VA STANOKLAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAHSUS TA'LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI A. ZAPAROV MATERIALALRNI KESIB ISHLASH, ASBOBLAR VA STANOKLAR 5112100 – Mehnat ta’limi yo’nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma 2 ANDIJON – 2020 A. ZAPAROV. Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar. Ushbu o’q’uv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan pedagogika yo’nalishi universitetlari hamda institutlarining 5112100 - «Mehnat ta`limi» bakalavr yo’nalishi uchun «Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar» fani dasturi asosida yozilgan. Qo'llanmada materiallarni kesib ishlashning nazariy asoslari, stanoklarturlari va ularning tuzilishi, ularda bajariladigan ishlar hamda kesuvchi asboblarto'g’risidagi ma`lumotlar keltirilgan. Это учебное пособие написано на основе программ, утвержденной Министерством высшего и среднего специального образовании Республики Узбекистан, предназначеного для бакалавриата 5112100 - «Трудовое обучение» университетов и институтов педагогического направления, по курсу «Резание материалов, инструменты и станки». В пособии даются сведения об основах теории резания, разновидностей станков и их конструкии, о видах выполняемых на них работ а также режущих инструментах. This study guide is written on the basis of programs approved by the Ministry of higher and secondary special education of the Republic of Uzbekistan, intended for undergraduate 5112100 - "Labor training" universities and institutes of pedagogical direction, at the course "Material cutting, tools and machine tools." The manual provides information on the basics of the theory of cutting, varieties of machines and their design, on the types of work performed on them as well as cutting tools. Taqrizchilar: A.B.Djumaboev - texnika fanlari dokto’ri, professo’r. М.U.To’raev - texnika fanlari nomzodi, dotsent. 3 KIRISH Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar fanining maqsadi materiallami kesish jarayonining fizikaviy asoslarini, asbobsozlik materiallari, kesuvchi asboblarning ishlatilishi va ulami loyixalash, ishlab chiqarishda keng tarqalgan stanoklaming tuzilishi, ularda bajariladigan ishlarga oid masalalarni o‘rganishdir. Shuningdek: kesish jarayoni to‘g ‘risida umumiy ma'lumot, keskichning kesuvchi qismining elementlari, geometriyasi, mashina va donalik vaqti. Kesib ishlashning fizik hodisalari: o‘simta, qirindining kirishuvi, kesish jarayonida hosil boMuvchi issiqlik hodisalari, kuchlar, kesish tezligi, yo'nilgan sirtning sifati, metallmas materiallarni kesib ishlash, tokarlik, randalash, parmalash, frezerlash, jilvirlovchi, yog‘ochni qayta ishlovchi stanoklar, hamda materiallami fizik-kimyoviy ishlov berish haqida talabalarga bilim berishdir. Ushbu fanning vazifasi materiallarni kesib ishlashning nazariy asoslari va zamonaviy metall kesuvchi stanoklaming asosiy turlarini boshqarish, sozlash, kesuvchi asboblami charxlash, ratsional kesish rejimlarini tanlash va boshqalami o‘rgatishdan iborat. Metallarni kesish haqidagi fan oldida, yangi konstruksion materiallar, zanglamas va issiqbardosh qotishmalar, sintetik materiallarni keng ko’lamda qo’llash kabi yangi muhimmasalalalar turadi. Kesish jarayonini tekshirishning an’anaviy usullari va vositalari kuchsiz hisoblanadi. Po’latlar va cho’yanlar uchun o’rnatilgan kesish jaryonining qonuniyatlarini ko’p xollarda yangi ishlab chiqarishda qo’llana boshlagan konstruksion metallarga va ularning qotishmalariga ishlov berishda ko’llash mumkin emas. Kesish jarayonini nazariy va eksperimental o’rganishning yangi bosqichlari, yangi usul, apparatura va o’lchovchi asboblar keng qo’lamda qo’llanilishi bilan harakterlanadi. Kesuvchi asbob va buyumning qatlam yuzasini hosil bo’lishini tekshirishda rentgen qurilmalari va elektron mikroskoplar qo’llanilmoqda. Kesuvchi asbobning eyilishi va o’tmaslanishi tamgali atomlar yordamida o’rganilmoqda, issiqlik xodisalari elektron modellarda kuzatilyapti, rasional kesish maromlarini hisoblash uchun hisoblash mashinalari qo’llanilyapti. Metallarni kesib ishlash kishilarga qadimdan ma’lum bo’lib, bu ishlar asosan sodda mashina va mexanizmlar yordamida, qo’lda harakatga keltirilgan. Metallarni kesish xaqidagi fan XIX asrning ikkinchi yarmida shakllana boshladi. Metallarni kesish jarayonlarini haqiqiy ilmiy tekshirishi 1870 yilda I.A.Timening "Сопротивлениеметалловидереварезанию" kitobini nashr etilishdan boshlandi deb xisoblash mumkin. Bu kitob kesish jarayonining fizik asoslarini nazariy o’rganishga asos soldi. I.A.Timening nazariy xulosalari rus olimlari Malqshev (1877), P.A. Afanasev (1884), A.V.Gadolin (1888), K.A. Zvorqkin (1893), A.A. Briks (1896) tomonidan to’ldirilgan, aniqlangan va rivojlantirilgan. Metallarni kesish xaqidagi fanni rivojlantirishga va uni mustahkamlashga Vatanimiz Oliy o’quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari olimlari va korxonalar xodimlari katta hissa qo’shganlar. Jumladan V.A.Mirboboev, G.P.Vasil’ev, A.S.Iskandarov va boshq. Kesish jarayonining qonunyatlari, mutaxassislari 4 tajribalari va yangi fan yutuqlarini umumlashtirish va tarqatish fan va ishlab chiqarish xodimlari ittifoqini mustahkamlashni, metallarni kesish nazariyasini va amaliyotini muvaffaqiyatli mukammallashtirish va rivojlantirishning ishonchli kafolati hisoblanadi. Hozirgi zamon stanoksozlik korxonalari metal kesish stanoklarining eng zamonaviy turlarini ishlab chiqarib, qo’l mehnatini kamaytirib, arzon va sifatli mashinalar ishlab chiqarish borasida talaygina ishlarni amalga oshirmokdalar. Bularga misol qilib avtomat va yarim avtomat stanoklar, sonli dastur bilan boshqariladigan stanoklar robot manipulyatorlar va ishlab chiqarish robotlari amalga oshiradigan texnalogik jarayonlar bilan tuzilgan potok liniyalarni sanab o’tish mumkin. Bularning yorqin misoli tariqasida O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan UzDEU qo’shma korxonasi, Toshkent aviasozlik birlashmasi, CHirchiq o’tga chidamli materiallar zavodi, Toshkent traktor zavodi va boshqalarni sanab o’tish mumkin. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling