Andijon Davlat Universiteti Annotatsiya


Download 47.42 Kb.
bet4/6
Sana21.03.2023
Hajmi47.42 Kb.
#1285353
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola

Gastronomiok turizm.
Dunyo miqyosida olib qaraganda turizmning turi ko’p. Mamlakatimizga turistlar turli maqsadlarda tashrif buyurishadi. Jumladan, qadimiy obidalarni ziyorat qilish, turli urf-odat an’analarimizni o’rganish, tabiiy xushmanzara joylarda hordiq chiqarish va albatta ishtahani qitiqlovchi bir-biridan mazali va ko’rkam milliy taomlarimizdan tatib ko’rish maqsadida.
Bir narsaning farqiga borish vaqti keldi. Ya’ni, yurtimizga kelgan sayyohning turli taomlarni tatib ko‘rishi va gastronomik turizm o‘rtasidagi farqni. Gastronomik turizm tom ma’noda ovqat turizmi hisoblanadi. Ya’ni yurtimizga gastronomik turizm bo‘yicha tashrif buyuradigan sayyoh aynan milliy, qadimiy va ko‘cha taomlarini tatib ko‘rish uchun, ularning tayyorlanish sirlarini o‘rganish uchun keladi.
Gastronomik turizmni rivojlantirish uchun Respublikamizda barcha imkoniyatlar yetarli, milliy va qadimiy oshxonamizning rang-barangligi sayyohlarni o‘ziga jalb eta oladi. Biroq xizmat ko‘rsatish sohasi borasida oqsash ko‘zga tashlanadi. Shu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etsak, mazkur sohada muvaffaqiyatga erisha olamiz.
Taom pishirish kurslari va milliy taomlar restorani hamma yerda bor, lekin milliy taomlar tayyorlanishi jarayoni bilan o‘sha taomlarning vatanida tanishish doimo turistlar uchun qiziqarli bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston oshxonasi bu borada maqtansa arzigulik natijalarga ega. To‘y oshini Toshkentdano‘xatsho‘rakni Samarqandda, tandir go‘shtni vohada tatib ko‘rishga nima yetsin?
Aynan turistlarga ma'lum bir milliy taomimizning tayyorlanish jarayonini namoyish etib, master-klass o‘tkaziladigan, bir yo‘la ularning qorni to‘yg‘aziladigan kichik oshxonalar ochishga allaqachon fursat yetgan.


Ziyoratchilik turizmi.
Ziyorat turizm zamonaviy turizm sohasining ajralmas qismi hisoblanadi. Dunyoda bir yarim milliardan ko’proq musulmon bor. Agar ana shu musulmonlarning yarmi sahih hadislarni to‘plab, islom dinining ikkinchi ishonchli manbasini yaratgan zot Imom Buxoriy hazratlarining xokipoylarini ziyorat qilishga kelsa, iqtisodiyotimizga ijobiy ta’sir etishi barchamizga ma’lum. Mamlakatimizda buncha ziyoratchini qabul qilish bo‘yicha infratuzilma ham hali shakllanmagan. Din, tarix va madaniyat yodgorliklari ma'lum bir viloyat yoki shaharga tashrif buyurish uchun muhim ahamiyatga ega. Frantsiyada davlat himoyasi ostida bo'lgan yodgorliklarning taxminan 60 foizi ham turistik diniy ob'ektlar hisoblanadi. Diniy turizmga bo'lgan umumiy qiziqishning rivojlanishi O’zbekistonda qadim tarixga borib qadalad. Shuni faxr bilan ta’kidlash kerakki, dunyo sivilizatsiyasiga, ilm-faniga, umuman, bashariyatning ham ma’naviy, ham moddiy yuksalishiga beqiyos ulush qo‘shgan ajdodlar borasida tarix bizni saxiylarcha siylagan: har qarich yerimiz muqaddas, har qarich yerimiz ziyoratgoh.
Asosiy ziyorat turizmi uch shaklga ega: ziyorat, diniy mavzular bo'yicha ekskursiyalar, ziyoratchilar va sayyohlar birlashadigan ixtisoslashtirilgan ekskursiyalar. Musulmonlar uchun ziyoratga borish – islomiy yodgorliklarni ziyorat qilish, muqaddas qadamjolarni borib ko’rish va rivojlantirish uchun xayrehson qilish maqsadida diniy xududlarni ziyorat qiladilar. Mamlakatimizda bu ziyorat deb nomlandi va bular dunyo musulmonlarining yurtimizga intilishini kuchaytirishi shubhasiz. Zotan, ziyorat faqat tomosha emas: u eng avvalo, buyuklar ruhini his etish, ma’naviy-ruhiy muhitdan quvvat olish, ulug‘lar maqomi va tutumini, tiriklik va hayot haqida eng azaliy haqiqatni anglash, qalbni shu haqiqat bilan boyitishdir

Download 47.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling