Andijon Davlat Universiteti Annotatsiya


Download 47.42 Kb.
bet1/6
Sana21.03.2023
Hajmi47.42 Kb.
#1285353
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola


O’ZBEKISTONNING TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH
Erkinova Ummiya Azizbek qizi
Erkinovarobiya675@gmail.com
Andijon Davlat Universiteti
Annotatsiya: O’zbekistronning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak? O’zbekistonda turizmning qaysi yo’nalishlariga ko’proq e’tibor qaratish kerak? Bilamizki O’zbekiston turizimi deyilganda hamma qadimiy binolarga boy bo’lgan shaharlar haliga keladi, lekin O’zbekistonda turizimning boshqa yonalishlarida ham faoliyat yuritiladi. Shuning uchun men bu maqolada O’zbekistondagi bir qancha turizm yo’nalishlari haqida, ularning olib borayotgan faoliyati haqida aytmoqchiman.
Kalit so’zlar: Ekoturizm; Gastronomik turizm; Ziyoratchilik turizimi;
Аннотация: Что необходимо сделать для дальнейшего развития туристического потенциала Узбекистана? Каким направлениям туризма следует уделить больше внимания в Узбекистане? Мы знаем, что когда речь заходит о туризме в Узбекистане, на ум приходят города, богатые старинной застройкой, но есть и другие направления туризма в Узбекистане. Поэтому в этой статье я хотел бы рассказать о некоторых туристических направлениях Узбекистана и их деятельности.
Ключевые слова: экотуризм; гастрономический туризм; паломнический туризм
Abstract: What should be done to further develop the tourism potential of Uzbekistan? Which directions of tourism should be paid more attention to in Uzbekistan? We know that all the cities rich in ancient buildings come to mind when we think of tourism in Uzbekistan, but there are other directions of tourism in Uzbekistan. Therefore, in this article I would like to talk about some tourist destinations in Uzbekistan and their activities.
Key words: Ecotourism; Gastronomic tourism; Pilgrimage tourism
Kirish.
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilish imkonini berdi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar turizm tarmog‘ini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asosning nomukammalligi, alohida turizm xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining, shuningdek chet el fuqarolarining toifalari, bo‘lish muddatlari va maqsadlari bo‘yicha dunyo amaliyotida keng qo‘llaniladigan alohida viza rejimlarining mavjud emasligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, joylashtirish vositalari va infratuzilma obyektlarining, ayniqsa turizm mavsumida yetishmasligi, turli transportlarda yo‘lovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish darajasining pastligi, ichki turizmni, mamlakat hududlaridagi madaniy meros obyektlarining va ziyoratning o‘ziga xosliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing kampaniyalarining samarasizligi turizmni jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir qilmoqda.

Download 47.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling