Andijon Davlat Universiteti Annotatsiya


Download 47.42 Kb.
bet5/6
Sana21.03.2023
Hajmi47.42 Kb.
#1285353
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola

Adabiyotlar sharxi.
O‘zbekistonda turizm faoliyatiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Turizm sohasining rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun, avvalo, turizm xizmat bozorini shakillantirishga zamin yaratish lozim bo‘lmoqda. Bunda turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u yigirma birinchi asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash kerak.
Taklif.
Mening taklifim shundan iboratki, gastronimik turizmni o’z shahrimda ya’ni Andijonda ham rivojlantirish. Misol uchun Andijonning “devzira” guruchiga tayyorlangan oshini butun O’zbekiston aholisi sevib iste’mol qilishadi, Mening taklifim shu o’zbekning milliy taomi bo’lgan “ Osh”ni butun dunyoga tanitish. Mening fikrimcha buni joriy eshish uchun eng birinchi o’rinda sifatli va kuchli reklama bo’lishi kerak. Misol uchun ijtimoiy tarmoqlarda osh tayyorlar challengelarini uyushtirish. Shu orqali biz o’z milliy taomimizni butun dunyoga qaytadan tanishtirgan bo’lar edik. Yoki malakali oshpazlarimiz tomonidan tayyorlanayotgan taomlarni tasvirga tushurib ijtimoiy tarmoqlarga joylash mumkin. Turkiya bu borada ildamlab ketmoqda. Chunki hyammamiz bilamizki, dunyoga mashhur Burak Ozdemir va Nusret Gyokchelar shu davlart iqtisodiga kata foyda keltirishmoqda. Ularning taomlarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatgan ko’plab insonlar shularning taonlarini tatib ko’rish uchun ham o’z sayohatlarini turkiya tomon rejalashtirishmoqda. “Bir Inson qilgan ishiniboshqa inson ham qila olishi mumkin”. Buning uchun intilish va mashaqqatlardan qo’rqmaslikning o’zi kifoya.
Xulosa.
Statistika ma’limotlariga qaraganda 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko’rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirganda 3.4 mln nafarga yoki 2.8 barobarga oshgan
O‘zbekistonga 2022-yilda eng ko‘p Qozog‘iston 1,5 mln, Tojikiston 1,4 mln va Qirg‘izistondan 1,3 mln fuqaro turistik maqsadda tashrif buyurgan.
Davlat Tashrif buyurganlar soni

  1. Qozog’iston 1,5 mln

  2. Tojikiston 1,4 mln

  3. Qirg’iziston 1,3 mln

  4. Rossiya 567 ming

  5. Turkiya 75.6 ming

  6. Janubiy koreya 19.9 ming

  7. Germaniya 17.7 ming

  8. Hindiston 16.8 ming

  9. AQSH 13.1 ming

  10. Fransiya 11 ming

  11. Buyuk Britaniya 10.5 ming

  12. Ozarbayjon 10.4 ming

  13. Italiya 8.8 ming

  14. Ispaniya 6.3 ming

  15. Xitoy 5.4 ming

Xulosa qilib aytganda bu ko’rsatkichlarni yanada oshirishimiz, hamda turizm sohasiga ko’proq e’tibor qaratishimiz kerak.
Turizm nafaqat o‘tmishni o‘rganish, o‘zga xalqlar va elatlar bilan tanishish, ularning madaniy yodgorliklaridan bahramand bo‘lish, shuningdek, u katta biznes hamdir. Mazkur faoliyatni yo‘lga qo‘yish esa mutaxassislarga bog‘liq. Buning uchun malakali kadrlarni tayyorlash hozirgi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Download 47.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling