Andijon Davlat Universiteti Annotatsiya


Download 47.42 Kb.
bet3/6
Sana21.03.2023
Hajmi47.42 Kb.
#1285353
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola

Ekoturizm.
Barqaror turizm tamoyilini anglash va rivojlantirishga mahalliy aholining tabiiy resurslarni tejashi va muhofaza qilishi xizmat qiladi. Bu esa ekologik turizmni turizm sohasida muhim o’rin egallashidan dalolatdir. Ekologik turizm tushunchasini ko’rib chiqsak, ekologiya – tirik organizmlar va ular jamoasinig o’zaro hamda atrof muhit bilan munosabatini o’rganadi. Turizm esa jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidan farqli joyga dam olish, sog’liqni tiklash, o’rganish va boshqa maqsadda, haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmaslik sharti bilan 1 sutkadan 1 yilgacha bo’lgan muddatda sayohat qilishidir.
Ekoturizm tabiiy muhitga, tabiatga ziyon yetkazmagan holda sayohat qilib uning betakror joylaridan zavq olish uchun atrof-muhitga “yumshoq” ta’sir etish, mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtirishdir.
Ekoturizmni maqsadiga ko’ra bir necha tarmoqqa bo’lish mumkin:

  • noyob hayvonot va o’simlik dunyosi bilan tanishish;

  • foto tasvirlar va hujjatli filmlar olish;

  • agro-turizm;

  • ilmiy ekskursiyalar;

  • nisbatan ziyon yetkazilmagan yovvoyi tabiatga sayohat.

Sayyoramizda inson faoliyati natijasida zarar yetkazilmagan yovvoyi tabiat maskanlari kam qolganligi sababli bunday hududlarga sayohat qilish cheklangan va ularning narxi ham yuqori. O’zbekistonda esa ekoturizmning bu yo’nalishi hali yaxshi rivojlanmagan. O’zbekiston hududining ma’lum qismi cho’l zonasiga to’g’ri keladi. U yerlarda “qora uy”lar va boshqa shroitlar yaratib, turlar tashkil etish mumkin. Ekologik inqirozga yuz tutgan Orol dengiziga ham maxsus ekoturlarni tashkil etish mumkin.
Respublikamiz faunasi 97 turdagi o’txo’r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar, 83 ta baliq turlariga ega. O’zbekiston flora dunyosida 4100 dan ortiq o’simlik turlari mavjud. Ularning 9 %i endemik, ya’ni aynan shu hududda o’sadigan o’simliklardir. Demak, O’zbekistonda noyob hayvonot va o’simlik dunyosi bilan tanishtiradigan maxsus turlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud.

Download 47.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling