Buranov Ilyos Yusufovich


Download 1.72 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1023290
Bog'liq
gastranomiya


O‘zbekistonda Gastranomik turizm va uni rivojlantirish Развитие гастрономического туризма в Узбекистане Development of gastronomic tourism in Uzbekistan





O‘zbekistonda Gastranomik turizm va uni rivojlantirish
Buranov Ilyos Yusufovich.

TDIU XALQARO TURIZM FAKULTETI 3-bosqich talabasi


+99888 436 96 96
ilyosburanov52@gmail.com

Anotatsiya. Ushbu ilmiy tezisda O‘zbekistonda gastranomik turizmning o’rni va bu sohani qanday qilib rivojlantirish hamda qanday qilib horijiy tajribani qo’llash haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar: turizm, gastranomik turizm, agroturizm, ,shahar gastranomik turizm, Gastro Bazar-2019 ,Lazzatli O’zbekiston .
Gastronomik turizm, odatda ikki turga boʻlinadi;

  1. Agroturizm, dala (qishloq) gastronomik turizmi; Sayohat qilinayotgan davlatning, ekologik toza mahsulotlari (meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari, uzumchilik) ni, hosilini yig’ish yoki qadoqlashni o’z ko’zi bilan ko’rish va mahsulotlarni ta’tib ko’rish tushiniladi.

  2. Shahar gastronimik turizmi, mahalliy mahsulotlarni qayta ishlaydigan va ishlab chiqaradigan korxonalar, milliy taomlar tayyorlaydigan ovqatlanish shaxobchalarida, oziq-ovqat do’konlariga va boshqa ob’yektlarga, tashrif buyurib, ularni o’rganish va ta’tib ko’rishni o’z ichiga oladi


Pazandachilikda har bir xalqning urf-odatlari, tarixiy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. Mana shu o‘ziga xoslik milliy oshxonalarda ajoyib taomlarning yuzaga kelishi va turli-tuman bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Barcha taomlarimizning mazzali va xushta’mlilik darajasiga ko‘tarilishida quyoshli o‘lkamiz zaminida etishtiriladigan dexqonchilik mahsulotlarining xilma-xilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Dasturxonimizning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la namoyon etadigan omillardan biri – taomlarimizning turli-tumanligidir. Chunonchi, chorvachilik bilangina shug‘ullanadigan joylarda go‘sht-yog‘, sut-qatiq ko‘proq iste’mol qilinsa, dexqonchilik rivojlangan xududlarda esa sabzavotli, don-dukkakli ovqatlar asosiy o‘rin oladi. Shunday taomlar borki, bularni kundalik iste’mol uchun emas, balki bayram dasturxonlariga mo‘ljallab, aziz mehmonlar uchun tayyorlanadi. Qazi-qarta, po‘stdumba o‘ramasi, tandir kabob, norin, xasip kabi tansiq taomlar shular jumlasiga kiradi.

2019 yil 6 avgust kuni O‘zbekiston Gastronomik turizm uyushmasi tashkil etildi. Uyushma faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad gastronomik turizm yo‘nalishida turli tadbirlar, jumladan ko‘rgazma, festival, forum, seminar, ilmiy anjuman, davra suhbati, tanlov va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish, assotsiatsiya qoshida xalqaro grantlar homiyligida o‘zbek milliy kulinariyasi tarixi, buguni va kelajagi bo‘yicha gastronomik turizm tarqaqqiyoti uchun xizmat qiluvchi turli loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.
Uyushma O‘zbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yilning noyabr oyida muntazam ravishda “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro milliy taomlar festivaliga mezbonlik qiladi, festivalga xalqaro turistik agentliklarini muntazam jalb etib boradi va tadbir doirasida O‘zbekiston bo‘ylab hududiy gastronomik turlarni tashkil etadi. 
Keyingi yillarda xorijiy mamlakatlarda o‘zbek restoranlarining soni oshib bormoqda. Birgina Moskva shahrida 300 ortiq restoranda o‘zbek oshxonasi mavjud. “O‘zbek palovi” YUNESKOning ro‘yxatidan joy olgani, 2018 yili “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivalida 8 tonnalik o‘zbek palovining Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi ham millionlab odamlarning O‘zbekistonga sayohat qilish va taomlarga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 2019 yil 9-11 avgust kunlari Toshkent shahrida “Gastro Bazar-2019” I - Xalqaro gastronomik festivali o‘tkazildi. Unda yurtimizning mashhur restoranlari, qahvaxonalari, tamaddixonalari bilan bir qatorda xorijiy davlat oshpazlari ham ishtirok etishdi.O’zbekistonda gastranomik turizmni rivojlantirishda juda ko’plab ishlar amalga oshirishimiz kerak kerak shu jumladan,o’ylaymanki milliy taomlarning tayyorlanish jarayoni bilan o`sha taomlarning vatanida tanishish sayyohlar uchun doim qiziqarli bo`lib kelgan.
Shu bois “O`zbekiston oshxonasi” brendini jahon miqyosida ommalashtirishda jamoat tashkilotlari, xususan, O`zbekiston oshpazlar uyushmasining o`rni alohida.
O`zbek milliy taomlarini dunyoga tanitish, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko`paytirish maqsadida, O`zbekiston oshpazlar uyushmasi 2010 yilda Butunjahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasiga, 2017 yilda Butunjahon Islom davlatlari pazandalar uyushmasiga a`zo bo`lgan.
Natijada, ko`plab xorijiy festival, sammit, musobaqa, o`zaro tajriba almashish va shu kabi boshqa tadbirlarda ishtirok etilib, yuksak marralarga erishilmoqda. Ayni vaqtda biz O`zbekistonga tashrif buyurgan mehmonlarga o`zbek milliy taomlarini tayyorlash jarayonini namoyish etish va master-klasslar o`tkazishni yo`lga qo`yishimiz kerak. Germaniyalik ekspert Gans Karl Madelung O`zbekistonga tashrifi davomida Toshkent restoranlarida bo`lib,o`z mulohazalarini yozib qoldirdi.
– Sezishimcha, sizlarda oshxonaning jihozlanishidan ko`ra restoranning tashqi va ichki dizayniga ko`proq ahamiyat qaratishar ekan, – deydi sayyohlardan biri. – Faqat yaxshi sharoitdagina a`lo darajali, mazali taom pishirish mumkin. Shu jihatdan qaraganda, Toshkent restoranlari jahon andozalariga uncha mos kelmas ekan.Shunday ekan biz ,bu nuqsonlarni tezda bartaraf etishimiz kerak. Bu kabi muammolar yillar davomida yig`ilib qolgan, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari, restoran, kafe va boshqalarni xalqaro standartlarga moslashtirish vaqti keldi deb o’ylayman.
Biroq, sohada faoliyat yuritayotgan korxona rahbarlari jamoat tashkilotlarining rolini u qadar tushunib etgani yo`q. Shu maqsadda, uyushmamiz o`z atrofida umumiy ovqatlanish korxonalarini birlashtirib, xorijdagi etakchi ekspertlar ishtirokida, O`zbekistondagi restoranlarni jahon andozalariga moslashtirishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. https://www.uzbektourism.com

  2. https://www.uzbek.travel.com/gastranomy

  3. https://darakchi.uz/oz/69437

  4. Turizm asoslari



Toshkent-2022

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling