Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida Jalaquduq tumani iib mas’ul xodimlari ishtirokida “Tarkibida Giyohvandlik


Download 18.25 Kb.
bet2/3
Sana18.11.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1784798
1   2   3
ESHTILDI:
Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. G. organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. G.da oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. G. asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang Eyforiya), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. G. 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga oʻrganishdir. Har qanday giyohvand modda inson tanasini yoʻq qiladigan eng kuchli zahar hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishini tashkil etuvchi jinoyatlarga, jumladan, ularni qonunga xilof ravishda tayyorlash, sotib olish, saqlash, shuningdek, taqiqlangan ekinlarni yetishtirishga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish hamda ularni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy yilning 7 oyi davomida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan bogʻliq 1 454 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling