Giyohvandlikka qarshi kurashish barchamizning ishimiz


Download 17.4 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi17.4 Kb.
#1352791
Bog'liq
Giyohvandlikka qarshi kurashish


Giyohvandlikka qarshi kurashish – barchamizning ishimiz
2019 yilda respublikamizda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq 4611 ta jinoiy holat aniqlangan bo‘lsa, bu turdagi jinoyatni sodir etgan 3636 nafar shaxs ushlangan. Ulardan 802 nafarini 14-29 yoshda bo‘lganlar tashkil etadi. Yanayam yomoni, 38 nafar talaba va o‘quvchi giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urgan. Birgina misol, o‘tgan yilning 20 noyabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti 1-bosqich talabasining yonidan tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 10 dona «Tramadol» dori vositasi olingan.
Mamlakatimizda ulkan o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, yoshlar jamiyat hayotida tobora faollashib, o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o‘smirlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo‘layotgani barchamizni tashvishga soladi. Zero, og‘u inson jismini qanchalik xarob qilsa, xuddi shunday jamiyatga ham mislsiz darajada zarar yetkazadi. Asr vabosi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarni buzadi, bolalarni yetim qiladi, muhtojlik, qashshoqlikda yashashga majbur etadi. Oqibati esa, albatta, ayanchli yakunlanadi.
Giyohvandlik vositalarini, qaysi turi bo‘lmasin, iste’mol qilishni boshlagan shaxs avvaliga unga o‘rganish hosil qilishini barchamiz bilamiz. Ammo bir bir yil o‘tar-o‘tmas giyohvand mehnatga yaroqsiz holatga kelib qoladi. Natijada jinoyatga qo‘l urishga majbur bo‘ladi. YA’ni, navbatdagi giyohvandlik vositasini qabul qilish maqsadida o‘g‘irlikni o‘z uyidan – oilasidan boshlaydi. Mana, sizga buning yaqqol isboti.
Mo‘may pul topish ilinjida Qozog‘istonga ketgan Murodjon qishlog‘iga qaytgach, avvaliga uyidan ro‘zg‘or buyumlarini, so‘ngra xotinining taqinchoqlarini olib chiqib sotadi. Oilada bo‘layotgan janjallardan qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y xabar topadi. Biroq ular «er-xotinning urishiga esini yeganlar aralashadi» qabilida yo‘l tutishadi. Aralashganlarida esa, bir yosh oila xonavayron bo‘lishga ulgurgandi. Pul topish ilinjida «chetga» ketgan Murodjon giyohvandlik bilan birga OITS kasalligini ham yuqtirib kelgan edi.Ha, giyohvandlik OITS, gepatit, sil kabi og‘ir va bedavo xastaliklarning tarqalishiga ham sabab bo‘ladi.
Yana bir ayanchli voqea. 21 yoshli yigitni otasi har kuni erinmay narkologiya dispanseriga olib kelardi. Ma’lum muddat o‘tgach, muolajalar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mijoz og‘u iste’mol qilishni to‘xtatdi. Davolash kursi nihoyasiga yetgach, u uyiga ketdi. 
Oradan ko‘p vaqt o‘tmadi: uning otasi shifokorlarga uchrashib, o‘g‘lini uylantirmoqchi ekanligini bildirdi. Narkologiya dispanseridagilar: «Biroz kuting, qondagi giyohvandlik moddasi butunlay yo‘qolsin, shundan so‘ng to‘y qilsangiz bo‘ladi, nabirangiz ham sog‘lom tug‘iladi», deya maslahat berishdi. Afsuski, ota bu gaplarga quloq tutmadi. Tez orada to‘y bo‘ldi. Ammo bir oy ham o‘tmay, kuyov vafot etdi. Keyinchalik u o‘z vaqtida meyordan ortiq geroin narkotik moddasini qabul qilgani uchun ajal domiga yo‘liqqanligi ma’lum bo‘ldi.
Xo‘sh, endi birovning jigarbandi, uyidan yor-yor sadolari ostida, yaxshi niyatlar bilan chiqqan kelinning qismati nima bo‘ladi?..
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, giyohvandlikka ilk bor qadam qo‘yish yoshlarda ko‘proq 11-17 yoshlar o‘rtasida kuzatiladi. Bu paytda fojianing oldi olish nisbatan osonroq. 
So‘ng ikkinchi davr boshlanadi. Bunda yoshlar bir yoki bir necha marta giyohvandlik vositasini iste’mol qilib ko‘radilar. Keyinchalik esa uning «quli»ga aylanishadi. Ularning fikri-zikri har qanday yo‘l bilan, hatto jinoyat sodir etib bo‘lsa-da, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun og‘u topish bo‘lib qoladi. 
Yomon yo‘ldan qaytib, to‘g‘ri yo‘lga kirish uchun har qanday inson imkon topa oladi. Imkon topmaganlar esa jaholat girdobiga botadilar, hayotlarini barbod qiladilar.
Shu o‘rinda, giyohvandlik balosi avj olishiga xorijda ishlab chiqarilgan jangari, axloqsizlikni targ‘ib etuvchi filmlar ham katta «hissa» qo‘shayotganligini qayd etish joiz. Tungi barlarda to tong otguncha kechadigan jazavali shovqin-suronu maishatlar ham ayrim og‘ufurushlarga qo‘l kelmoqda. Ayrim yoshlar ularning «to‘ri»ga osongina ilinmoqda. 
18 yoshli Sarvar talaba bo‘lgan kunlaridanoq tungi klubning doimiy mijoziga aylanadi. Hatto yangi yil oqshomida ham uyiga qaytmaydi. Ertalab uning jasadi tungi klub yaqinidagi tashlandiq joydan topiladi. Meyoridan ortiq og‘u iste’mol qilishi natijasida zaharlangan Sarvarga ikki ulfati yordam ko‘rsatmay, tashlab ketishgan ekan.
Гиёҳвандлик ва гиёҳфурушлик ёш авлод тарбиясига, инсоният келажагига катта зиён етказаётгани бутун дунё ҳамжамиятини ташвишга солмоқда. Шу сабабли бу офатга қарши кураш ҳозирда Ер куррасидаги глобал муаммолардан бирига айланди. 
Аср вабосига қарши курашиш – барчамизнинг ишимиз. Ўзини шу юрт фарзандиман, деб билган ҳар бир фуқаро бу ҳаракатдан четда турмаслиги керак. Мазкур жараён умуммиллий курашга айланмоғи шарт. Шундагина минглаб ёшларимизнинг келажагини, оилаларимиз осойишталигини сақлаб қолган бўламиз.
Download 17.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling