Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Download 14.37 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi14.37 Kb.
#1386323
Bog'liq
dasturlash mustaqil ish


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KOMPYUTER INJINIRINGI YO’NALISHI 1-BOSQICH 102 GURUH TALABASI
ABDURASHIDOVANING DASTURLASHDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.


NAZARIY TOPSHIRIQ; 3-SAVOL.
C++ TILI UCHUN KOMPILYATOR VA DASTURLASH MUHITLARI.
Kompilyator deganda biz – o’zgartirish degan ma’noni tushunishimiz. Ya’ni dasturlash tilida yozilgan dasturlar (C++ bo’lsa , *.c, *.cpp) ni kompyuter tushunadigan tilga o’zgartirib , uni ishlashini ta’minlaydi. Bu degani dastur kompyuterda to’liq ishlaydi. Bundan ko’rinib turibdiki , C++ da dastur tuzish uchun kompilyator o’rnatish zarur. Linux operatsion tizimida kompilyator o’rnatilgan bo’ladi. (GCC, G++).
Kompilyatsiya – o’zgaruvchi jarayon, ya’ni yuqori pog’onali dastur kodlari( misol uchun C++da tuzilgan kod)ni quyi pog’onali ishlovchi kodga aylantirish jarayoni hisoblanadi.
Komponovshik (linker)- ishlovchi modulni yaratish hisoblanadi. Biz ishlaydigan dasturda ishlatiladigan ob’yekt fayllarni to’plab , yagona ishlovchi modulga aytiladi.
Dasturlash muhitlari.
IDE(Integrated development environment) – dasturlash tillari uchun muhit hisoblanadi, ko‘pchilik bu tushunchani aynan shundayligicha biladi, lekin bu ta’rifning ma’nosi nimaligini unchalik tushunmaydi. Bu maqola aynan shu IDE abreviaturasini tushuntirishga bag‘ishlanadi.
Dasturlash muhiti deganda, siz yozayotgan kodlarni aynan qayerga yozish kerakligi tushuniladi. Misol uchun, oddiy «Bloknot» ham IDE vazifasini bajarishi mumkin. IDE sifatida, dasturlar yoki dasturlar yig‘indisi ishlatiladi. Zamonaviy va mashhur dasturlash muhitlariga quyidagilarni misol qilish mumkin (maqolada Windows tizimi nazarda tutilgan):
PHPStorm — asosan PHP dasturchilar uchun;
VisualStudio — .Net dasturchilar uchun;
NetBeans — asosan Java, PHP dasturchilar uchun;
PHPDesigner — asosan web (PHP) dasturchilar uchun;

Mukammal dasturlash muhitlarida, dasturchilar uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo‘ladi, ya’ni biror loyihani tuzish uchun qo‘shimcha dasturlar kerak bo‘lmasligi lozim, misol uchun quyidagi imkoniyatlar bo‘ladi:
matn muharriri;
— kompilyator/interpretator;
— loyihaning barcha qismlarini avtomat yig‘uvchi (Sborщik);
— xatolarni aniq ko‘rsatuvchi funksiyasi;
— kod sintaksislarini yozishda yordam beradigan kutubxona;
— kodni ishlatib ko‘rish uchun sharoit (yemulyatorlar, brauzerlar);
— terminal (konsol uchun);
— versiyalar bilan ishlovchi modul (github);
— katalog iyerarxiyasi;
Bunday dasturlash muhitlari, dasturchilarni biroz dangasa qilib qo‘yadi degan gap rost, lekin tez biror loyihani tuzmoqchi bo‘lsangiz, bularsiz ancha vaqt ketib qoladi.
Dasturlash muhitlari ham, boshqa dasturlarga o‘xshab pullik yoki bepul bo‘lishi mumkin, pullik muhitlar:
— PHPStorm;
— VisualStudio;
RAD Studio;
— KomodoIDE;
— PHPDesigner;

Bepul dasturlash muhitlari:
— KomodoEdit
VS Express;
— NetBeans;
— Aptana Studio;
— Eclipse;...
Download 14.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling