Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti
Aynima- aynigan, yomon, buzuq, axloqqa zid so’z. ( Falonchi pismadonni aynima so’zlar bilan bo’ralatib so’kdi) Duysanba-
Download 23.91 Kb.
|
Abdunabi Boyqo’ziyev hayoti va faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- suvorka (kavsharlash), balansirovka, zadni, mos, kapot, xodavo’y, tormiz, zajiganya, sidina
- ,,optom narxi falon so’m’’
- Ariq chopdi’’, ,,Kelin to’sdi’’, ,,Non tishlatish’’, ,,Uloq to’y’’, ,,Tandir qurdi’’, ,,O’t yoqdi’’
Aynima- aynigan, yomon, buzuq, axloqqa zid so’z. ( Falonchi pismadonni aynima so’zlar bilan bo’ralatib so’kdi)
Duysanba- narsalar bir yerga to’plangan, uyulgan holati. Joni port- bir ish yoki narsa tashvishida yo’l, chora izlab, bezovtalanib turgan kishi holati Jonimotim- jon kuydirib, g’ayrat bilan, yurakdan chiqarib. Zo’pidin- qo’rs, qo’pol, zo’ravon. Karanda- olifta, kerik kabi viloyat ahlining so’zlashuv-muomalalaridagi faol iboralar fe’l- atvor, kishi ruhiyatini juda aniq aks ettirishi bilan belgilidir. Albatta, Abdunabi Boyqo’ziyev tuzgan unutilayozgan, xokisor so’zlar ro’yxatida ,,O’zbek tilining izohli lug’ati’’ da mavjudlari, jonli tilda anchagina qo’llanib turganlari ham bor, lekin muallif ularning ham tobora kamroq ishlatilayotgani, shu ketishda hademay, lug’atlarimizdan yozmayu, og’zaki leksionimizdan tushib qolish xavfi yo’q emasligidan jiddiy havotirda va bu havotirga, bizningcha, to’la asos bor. Axir, har qanday kasallik yoki noxushlikning mumkin qadar oldi olingani maqul-da, aks holda… Bir og’iz ilova. Boshqa joylarni bilmadimu Andijonda, masalan, men unib o’sgan va yashayotgan Gurkirov qishlog’ida qo’llaniladigan ,,O’dalanib’’ so’zi urinib-surinib, turtilib, mashaqqat tortib degan ma’nolarni anglatadi va u, ayniqsa, tog’, adir kabi balandliklarga chiqish, shudgorsimon yerlarda yurishdagi aziyat, toliqishlarni ifodalaydi. Albatta, zamonlar o’zgarishi, umumiy taraqqiyot munosabati bilan iste’moldan chiqadigan yoki madaniy yuksalish tufayli kamayib boradigan so’zlar, narsa buyumlarning atamalari ham bo’ladi. Masalan, guppi (paxtani qalin solib qaviladigan qo’polroq chopon yoki nimcha) axta, axtachi, ko’tagarava, bicha, bucha(opa) Yoki sho’ro tuzumi bilan kirib kelgan, ayni kunda iste’moldan tushib qolayotgan so’zlar- agarat (tomorqa), agitator (tashviqotchi), kolxoz (jamoa xo’jaligi), sovxoz (davlat xo’jaligi) buzib qo’llaniladigan baxcha (bog’cha), bo’g’altir (buxgalter-hisobchi), iskalat (ombor), passajir (avtobus), tabelchi, qulip (klub) kabi atamalarga ehtiyoj qolmagandir, biroq ular ham bir asrning nari berisida xalq xizmatini o’tagan, binobarin, iste’foga chiqishga haqqi bor.Shunday bo’lgan taqdirda ham, ularni munosib rag’batlantirib, nomlarini hurmat taxtasiga- lug’atlarimiz to’risiga tirkab qo’ymog’imiz joyiz. Aksariyati texnika sohasiga oid, ,,o’zga tillardan o’zlashgan maymoq so’zlar’’- suvorka (kavsharlash), balansirovka, zadni, mos, kapot, xodavo’y, tormiz, zajiganya, sidina singari avtomashina va uning qismlariga daxdor atamalarni esa o’zbekchalashtirish, loaqal muvofiqlashtirish, loaqal mazmunan yaqinroq, monandroq so’zlarni taklif etish, tavsiya etish, borasida bosh qotirish payti kelmadimikan, axir, mamlakatimizda avtomobil zavodi ishga tushganiga chorak asr bo’lyapti! Tilshunos atamashunos va boshqa shunoslarimiz bu haqda nima deyisharkin? Mazkur nom va iboralarga har kuni ming-minglab haydovchi-yu, sozlovchilarning ishi tushadi axir ! Ammo gapning sirasini aytganda, tilimizning sofligi, mavqei, g’ururini asrash, ko’tarish bobida sovuqqonlik loqaydlik yo’q emas! O’z tilimizda bemalol ifodalash mumkin bo’lgan ko’plab so’z va iboralarni hali hamon hech ikkilanmasdan, zarracha hijolat bo’lmasdan o’zga tillarda, boz ustiga, buzilgan, vayron qilingan shaklda qo’llab kelayotganlar, masalan, Abdunabi ta’kidlaganidek, pista (kungaboqar mevasi) ni- semichka; tuflini- batinka; raqamni- no’mir; moyni- maslo; tezlikni- skoris; ulovxonani- stayanka; guvohnomani- prava; haydovchini- sho’pir; oldi oynani- labavo’y; chiroqni- para deydiganlar ko’p juda. Texnikaviy atamalar ham bir navi-ku, oddiy so’zlarning ham shunday qismatga loyiq ko’rilyotganiga nima deysiz. Masalan, bozor, oldi- sotdiga doir, har kuni behisob marotaba ishlatiladigan ulgurji (ko’tarasiga) degan so’zimiz bor, lekin u, boshqa joyda qanday bilmadimu, Andijonda, xususan tijorat ahlining tushiga ham ,,optom’’ qiyofasida kiradi. Og’zaki bo’lsa ham go’rga edi, har turli savdo rastalari, qurilish ashyolari sotiladigan joylarda, hatto mazkur so’zga mansub millatning biron-bir vakili tasodifan ham qadam bosishi gumon bo’lgan chekka qishloqlarning do’konlarida ham mahsulot yoniga, qoplarning ustiga yirik, rangli harflarda ,,optom narxi falon so’m’’ yozib qo’yishadi. Bu haqda ,,Xolis’’ va boshqa gazetalarda takror-takror kuyinib yozib charchadik, illo, hech bir natijaga erisholmadik- xanuz ana shu tarzda qo’llanyapti, yozilyapti! Nazarimda, Andijonlik tujjorlaru do’konchilar bu so’zning o’zbekcha muqobili borligini allaqachon va butunlay sedan chiqarib yuborishgan, yoshlar esa, ehtimolki, hatto bilmaydilar ham! Darvoqe, ,,do’kon’’ so’zining ham taqdiri qil ustida- uni market butunlay maxf etish arafasida. Kezi kelganda shuni ta’kidlash kerakki, umuman Abdunabi qaysi janrda, qanday shaklda, nima mavzuda qalam tebratmasin, shunchaki nimadir yozish kerakligi uchun yozmaydi, balki, o’zining va boshqalarning qalbida tug’yon urayotgan iztirobu og’riqlarni to’kib, ko’nglini bo’shatish, xumordan chiqish, boshqalarni ham o’ylashga da’vat etish, fikr qo’zg’ashni mo’ljallab yozadi. Bu hol muallifning qariyb har bir beshnavosiga ham taalluqlidir. Adibning ,,Urfdan chiqqan yoki chiqayotgan an’analar’’ ruknida keltirilgan ,,Ariq chopdi’’, ,,Kelin to’sdi’’, ,,Non tishlatish’’, ,,Uloq to’y’’, ,,Tandir qurdi’’, ,,O’t yoqdi’’ va boshqa milliy udumlarimiz, ,,Yong’oq o’yin’’, ,,Chillak’’, ,,Oqizoq’’, ,,Tuxum urishtirish’’, ,,Quloq cho’zma’’ kabi o’ynamay qo’ygan o’yinlarimiz, ardob, zog’ora non, ko’mach, lochira, umoch, chalpak, qoqorum, qo’g’irmoch singari dasturxonimizdan begonalashgan taomlar, ,,Aytishuv’’, ,,Alla’’, ,,Yor-yor’’, ,,Ramazon’’, ,,O’lan’’ kabi xotiradan o’chayotgan ayrim aytimlarimiz xususidagi kuyinishlari ham e'tiborga molikdir. Darhaqiqat, zikr etilgan o’yinlar yaqin-yaqinlarda ham bolalar-u kattalar hayotiga fayzu shukuh bag’ishlagan. Xotima tarzida ilova qilingan turkum she’rlar- ,,So’z haqidagi so’zlarga so’ngso’zlar’’ esa muallifning o’ziga ato etilayotgan rizq-ro’zga, ijodkor sifatidagi yuksak martaba va maqomga vosita vazifasini o’tayotgan so’zni qadrlash, unga tashakkur, minnatdorchilik, ayni paytda hamdardlik tuyg’ularining shoirona ifodasidir. Muxtasar qilib aytganda, Abdunabi Boyqo’ziyevning hayotimizdan uzoqlashib borayotgan milliy boyligimiz turlaridan yoshlarni boxabar qilish barobarida,tilshunoslar qalam ahlini hushyorlikka chaqirib, ijodkor mas’uliyati faqat asar yozib,kitoblari-yu maqtovlar nash’u namosini surishdagina emas balki xalqimizning o’zligi, mentaliteti, qadriyatlari va xususan ona tilimiz nufuzini yanada yuqori ko’tarishga harakat qilishdan ham iborat.Abdunabi o’z she’rlarida majoziy obraz, iboralardan tashqari oddiy xalq lisonida uchraydigan xonaki so’zlardan joyida, xo’p va o’rinli foydalanadi. Masalan: yolvirab, andib, xobboni, g’imrandi, elamas, jivrab Shuningdek,shoir ijodida biriktirish yoki andak harfiy, fonetik o’zgartish bilan mavjud so’zlarni, akademik shoir G’afur G’ulom iborasi bilan aytganda yangartish hodisalari ham uchraydi. Xullas, qani endi har bir ijodkor badiiy lug’atimiz xazinasini asrash, unga yangi so’zlar qo’shish, boyitish uchun Abdunabi Boyqo’ziyevdek jon koyitsa. Shu nuqtayi nazardan ushbu risola juda zarur, juda foydali yo’llanma va qo’llanma vazifasini o’tay olishiga ishinchimiz komil. 2020-yil aprel. Ko’klam nafasi Ay, sabojon! Ay, xarir shamol! Nafaslaring bunchalar nafis? Yana bir bor yayrab yelaqol, Entikkanday o’sha suluv qiz? Bu mehribon bu erka nafas… Bilolmadim, kelar qayoqdan! Ilk xamaldan bo’yi sarafroz , Yalpiz bo’lib undi qirg’oqda. Kecha,Qulmon cholning olmasi, Tongda tuyqus gullab qolibdi. Izzatim ham bitdi, kuzay deb, Tunda qish yig’lab olibdi. Erka saslim,mushk nafaslim!... Kutaverib ko’zlarim toldi. Qiqirlashi qizg’aldoq rozlim, Kelayotir,Navro’z!kepqoldi Ay, sabojon! Ay,sarin saslim! Erka nozlim,nasiym nafaslim! 2012-yil Download 23.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling