Andijon davlat universiteti Fizika matematika fakulteti


Download 0.92 Mb.
Sana10.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1087322
Bog'liq
3-shablon (2)


Andijon davlat universiteti
Fizika matematika fakulteti
Fizika yo'nalishi 19F2 guruh
Talabasi Sotvoldiyev Abdulaziz ning
‘‘Qattiq jismlarning magnit qabul qiluvchanligi va magnitlanganligi. Gisterzis hodisalari‘‘ mavzusidagi mustaqil ishi
Reja
1.
2.
3.
Qattiq jismlarning magnit xossalari
Magnit qabul qiluvchanligi va
magnitlanganligi
Gisterzis hodisalari
Hamma moddalar ham ma‟lum bir magnit xossalariga ega. Fizikaning elektr qismidan ma‟lumki, magnit maydonini harakatdagi elektr zaryadlari hosil qiladi. Shuning uchun ham moddalarning magnit xossalari
ularning atomlarining tarkibiga kirgan elementar zarralar harakati tufayli
sodir bo„ladi deb faraz qilish tabiiydir. Istalgan modda atomlarining
tarkibiga kiruvchi elementar zarralar elektronlar, protonlar va neytronlardir. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, proton va neytronning magnit momentlari elektronning magnit momentiga qaraganda minglab marta kichikdir.
Shuning uchun ham proton va neytrondan tashkil topgan yadroning magnit momentini hisobga olmaslik va atomning magnit xossalarini butunlay
yadro atrofida harakatda bo„lgan elektronlar belgilaydi deb hisoblash
mumkin. Ushbu fundamental postulat magnetizmning elektron nazariyasining asosini tashkil qiladi.
Qattiq jismlarning magnit xossalari
T
Tashqi magnit maydonida o‘zining xususiy ichki magnit maydonini
hosil qiluvchi tabiatda mavjud bo‘lgan barcha moddalar magnetiklar
deb ataladi. Hozirgi zamon tasavvurlariga ko‘ra, magnetiklar magnit
xossalariga qarab olti turga bo‘linadi: diamagnetiklar, paramagnetiklar, ferromagnetiklar, ferrimagnetiklar, antiferromagnetiklar yoki
ferritlar va o‘tadiamagnetiklar. Ularning bunday turlarga bo‘linishini
 nisbiy magnit singdiruvchanliklarining qiymatlariga qarab aniqlash
mumkin. Ularning magnit qabulchanliklari ham turli diapazonda yotadi.
1-jadvalda magnetiklarning nisbiy magnit singdiruvchanliklari () va
magnit qabulchanliklari () diapazonlari keltirilgan. Endi magnetiklarning har birining asosiy xarakteristikalari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Tashqi magnit maydoni bo„lmaganda atomlari yoki molekulalari
xususiy magnit momentiga ega bo„lmagan moddalar diamagnetiklar
hisoblanadi. Diamagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligi manfiydir
Paramagnetiklar ham diamagnetiklar singari zaif magnetiklar
hisoblanadi. Lekin ularning magnit qabulchanligi musbat qiymatga ega: >0.
Ferromagnetiklar kuchli magnetik moddalar hisoblanadi. Ular boshqa magnetiklardan farq qiladi: tashqi magnit maydoni bo‘lmaganda ham ichki xususiy tartiblangan magnit momentlariga ega, binobarin, ichki magnit maydoniga ega
bo‘ladi. Ferrimagnetiklar (ferritlar) shunday moddalarki, ularning kristall
panjarasidagi atomlarining magnit momentlari bir-birlariga qarab yo‘nalgan bir nechta sohalar (domenlar) hosil qilgan bo‘ladi. Antiferromagnetiklar ferrimagnetiklarning xususiy holi bo‘lib, sohalarining qarama-qarshi yo‘nalgan magnit momentlari bir-birlarini to‘la muvozanatlaydi. Magnit singdiruvchanligi  = 0 bo‘lgan moddalar o‘tadiamagnetik moddalar deb ataladi. O‘tadiamagnetik moddalar ideal diamagnetiklardeb ham yuritiladi. Ularning ichiga tashqi magnit maydon kira olmaydi.
Shu tufayli o„tadiamagnetiklar hajmidan magnit maydonning to„la siqib
chiqarish hodisasi kuzatiladi
Magnetiklarning yana bir asosiy xarakteristikalaridan biri
magnitlanganlikdir:
jm = P /V
bunda V - moddaning hajmi. Demak, magnitlanganlik - bu moduli moddaning hajm birligiga to‘g‘ri keluvchi magnit momentining son miqdoriga teng bo‘lgan vektor kattalikdir. jm magnitlanganlikning magnit maydonining B induksiyasiga nisbati magnit qabulchanlik deyiladi:
Bu o‘lchov birligi bo‘lmagan kattalik qaralayotgan moddaning H
kuchlanganlikka ega bo‘lgan magnit maydoni ta‘sirida magnitlanish
qobilyatini ifodalaydi.
Gisterezis (yunoncha: hysteresis — orqada qolish, kechikish) — tashqi kuch taʼsirida jismda paydo boʻladigan "qoldiq" xossa. Magnit, dielektrik va elastik xillari boʻladi. Tashqi magnit maydoni taʼsirida jismda magnit xossasi qolishi magnit G. deyiladi. Agar magnit maydoniga joylashtirilgan temir, nikel va b. ning magnitlanishi bilan magnit maydon kuchlanganligi N orasidagi bogʻlanish egri chiziq orqali ifodalansa, magnitsizlanishda bu bogʻlanish egri chiziq 2 bilan ifodalanadi. Magnit maydonini +N dan —# gacha oʻzgartirib, tajriba takrorlansa, egri chiziq 3 chiziladi; bu chiziqlar G. yaprogʻini hosil qiladi. Magnit G. qoldiq magnetizm deyiladi. Baʼzi dielektrik (segnetoelektrik) materiallarda ham elektr G. hodisasi kuzatiladi (dielektrik G.). Dielektrik (mas, segnet tuzi) oʻzgaruvchi elektr maydoniga joylashtirilganda yuz beradigan G. hodisasi elektr maydoni kuchlanganligi Ye bilan dielektrikning qutblanishi R orasidagi bogʻlanish grafigi (G. yaprogʻi) bilan ifodalanadi. Dielektriklar oʻz-oʻzidan qutblanish xossasiga va domenlarga ega boʻladi. Deformatsiya tufayli ham G. yaprogʻi hosil boʻladi (elastik G.), buning uchun elastik qattiq jismga osilgan yuk asta-sekin koʻpaytirilib, soʻng kamaytiriladi. Kimyoviy jarayonlarda ham G. hodisasi roʻy beradi, mas,sorbsion G., bunda adsorbsiya va desorbsiya hodisalari tufayli kimyoviy jarayon grafigi G. yaprogʻini hosil qiladi. G. hodisasidan texnikada keng foydalaniladi
E‘tiboringiz uchuun
Rahmat
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling