Shamol energiyasidan foydalanishda shamol tezligini o’lchash usullari va asboblari
Download 279.55 Kb. Pdf ko'rish
|
shamol-energiyasidan-foydalanishda-shamol-tezligini-o-lchash-usullari-va-asboblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar
Shamol energiyasidan foydalanishda shamol tezligini o’lchash usullari va asboblari Muhammad Ne’matovich Ne’matov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Annotatsiya: Shamol - bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib turishi natijasida havo massasining harakatidir. Havo oqimi hosil qiladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish, shamol elektrostansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bir necha shamol qurilmalarining yig‘indisi shamol elektrostansiyasini tashkil qiladi. Shamol elektrostansiyalarining samaradorligi ko‘p jihatdan shamol tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun shamol shamol tezligini hisoblash kata ahamiyatga ega. Ushbu maqolada shamol tezligini o‘lchash usullari va asboblari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: shamol, elektrostansiya, energiya, o‘lchash, asboblar. Methods and tools for measuring wind speed in the use of wind energy Muhammad Nematovich Nematov Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers Abstract: Wind is the movement of a mass of air due to changes in pressure due to the intensity of sunlight. The conversion of mechanical energy generated by air flow into electrical energy is done using wind power plants. A combination of several wind turbines makes up a wind farm. The efficiency of wind farms depends in many ways on wind speed. Therefore, it is important to calculate the wind speed on the floor. This article discusses methods and tools for measuring wind speed. Keywords: wind, power plant, energy, measurement, instruments. Asosiy qism Shamolning asosiy energetik xarakteristikalaridan biri bo‘lgan tezligini o‘lchash uchun anemometr (Grekcha «anemometr» so‘zi «anemo» shamol, «metr» - o‘lchayman) asboblari qo‘llaniladi. Shamol tezligini o‘lchovchi asboblar ikki guruhga bo‘linadi. 1. Ko‘rsatuvchi anemometrlar - shamolning oniy tezligini ko‘rsa tuvchi asboblar. 2. Anemometr integratorlar - ma’lum vaqt oralig ida shamolning o‘rtacha tezligini "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 343 beruvchi asboblar. Hozirgacha ularning orasida ko‘rsatuvchi anemometrlar - doskali (flugerli) anemometr, qo‘lda ishlatiladigan induksion anemometr va anemorumbometr rasm) hamda anemometr integratorlar - qo‘lda ishlatiladigan yarim sharli anemometr- lardan ko‘p foydalanilgan. Hozirgi kunda ilm-fanning taraqqiyoti natijasida ishlatish qulay, o‘lchamlari kichik va chiroyli dizayndagi anemometrlar yaratilib, ulardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ishlash prinsipi bo‘yicha bunday anemometrlar quyidagi turlarga bo‘linadi: - pallali anemometrlar; - parrakli anemometrlar; - issiqlik anemometrlari; - ultratovushli anemometrlar. 1-rasm. Shamol tezligini o‘lchovchi asboblar: a - doskali (flugerli) anemometr: 1 - o‘q; 2 - metall doska; 3 - sakkiz shtift (metall o‘zakchali)li sektor; 4 - shtok; 5 - shamol yo‘nalishini ko‘rsatuvchi; 6- tutqich. b qo‘lda ishlatiladigan induksion anemometr; d - shamolning tezligi va yo‘nalishi datchiklari bloki - elektr energiyasida ishlaydigan anemorumbometr; e- qabul qiluvchi o‘lchov asboblari; f - shamolning o‘rtacha tezligini o‘lchovchi yarim sharli qo‘lda ishlatiladigan anemometr. Quyida, mana shunday anemometrlarning bir nechasini qnrab chiqamiz. Eng sodda konstruksiyali anemometrlardan biri 1846-yilda Arma observatoriyasi doktori Robinson tomonidan yaratilgan pallah anemometrlardir. Vertikal o‘q atrofida aylanadigan rotorga maxsus simlar orqali mahkamlangan yarim sferik shar shaklidagi pallalar yig‘indisi pallali anemometrlar deyiladi. Ushbu anemometrlar uch va to‘rt pallali bo‘lishi mumkin. Konstruksiyasiga nisbatan shamol tezligi qo‘lda foydalaniladigan yoki yordamchi elektron induksiyali taxeometr asbobli anemometrlarda aniqlanadi. Berilgan vaqt ichida pallalarning aylanishlar soni va ularga mos masofa hisoblanib, hisoblangan "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 344 masofani vaqtga bo‘lish yordamida shamolning tezligini aniqlash qo‘lda foydalaniladigan anemometr yordamida amalga oshiriladi. Elektron induksiyali taxeometr asbobli anemometrlar esa to‘g‘ridan to‘g‘ri shamol tezligini ko‘rsatadi. Anemometrlarning yana bir turi parrakli anemometrlardir. Ma’lumki, shamolning yo‘nalishi o‘zgarishi bilan parraklarning o‘qi ham shu yo‘nalishga burilishi lozim. Bu vazifani parrakli anemometrlarda flugerlar amalga oshirad. Yo‘nalishi o‘zgarmaydigan (masalan, shaxtalarda, binolarda va boshqalarda) shamollarning tezligini o‘lchashda o‘qi bir yo‘nalishga nisbatan qimirlamaydigan qilib mahkamlangan parrakli anemometrlar qo‘llaniladi. Issiqlik anemometrlari bilan issiqlik yordamida qizdiriladigan juda kichik diametrli volfram va nixrom materiallaridan tayyorlanadigan simning shamol tezligi natijasida sovushini o‘lchash natijasida shamolning tezligi aniqlanadi. 2-rasm. Uch (a) va to‘rt pallali (b) hamda parrakli (d) anemometrlar. 3-rasm. Issiqlik (a), ko’p funksiyali (b) hamda cho’ntak (c) anemometrlari. Kichik o‘lchamli, ko‘p funksiyali sonli anemometrdan yuqori aniqlikda shamolning tezligini, havoning temperaturasini, dengiz sathiga nisbatan balandlikni, joydagi atmosfera bosimini, namlikni hamda sovish ko‘rsatgichini aniqlashda foydalaniladi. Undagi barometr faqat hozirgi atmosfera bosimininigina emas, balki o‘tgan 3, 6, 12 va 24 soat oralig‘ida bosimning o‘zgarishini ham ko‘rsatadi. Shamolning tezligini har sekundda o‘lchab aniqlash mumkin. 3-c rasmda parrakli cho‘ntak shamol anemometri ko‘rsatilgan. U parraklarning aylanishlar tezligiga asosan shamolning tezligini sonlarda ko‘rsatadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri shamolning tezligini ko‘rsatuvchi ultratovushli cho‘ntak anemometrlar foydalanishga juda qulaydir. «Xplorer-1» (4-a rasm) anemometri faqatgina shamolning kerakli vaqtdagi tezligini ko‘rsatsa, «Xplorer-2» anemometri "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 345 shamolning zarur vaqtdagi tezligi yoki ma’lum vaqt oralig‘idagi o‘rtacha tezligini hamda havoning temperaturasini (hattoki, Sizning tanangizni haroratini ham) ko‘rsatadi. «Xplorer-З» anemometri shamolning tezligidan tashqari uning yo‘nalishini va havoning temperaturasini (hattoki, Sizning tanangizning haroratini ham) ham ko‘rsatadi. Bundan tashqari, unga shamolning yo‘nalishini aniq ko‘rsatadigan elektron kompas ham o‘rnatilgan. b) d) c) 4-rasm. Cho‘ntak anemometrlari: a - «Xplorer-1»; b - «Xplorer-2»; d - «Xplorer-З». Foydalanilgan adabiyotlar 1. T. Majidov. Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari: Darslik. Toshkent.: 2014. 2. Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистана: Учебное пособие. Изд. Молия. Ташкент.: 2007. -388 стр. 3. Адрианов В.Н. и др. Ветроэлектрические станции. Москва.: Ленинград. 1966. -136 с. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 346 Download 279.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling