Andijon Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti


Download 50.95 Kb.
bet1/9
Sana14.05.2023
Hajmi50.95 Kb.
#1460778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim 2


Andijon Davlat Universiteti
Fizika-matematika fakulteti
Matematika yo’nalishi 21M1 guruh
talabasi Turg’unboy Nabiyevning
umumiy fizika fanidan
“Radioaktivlik” mavzusida
tayyorlagan mustaqil ishi

Reja:



Atom tuzilishi
1932 yilda rus fizigi D. D. Ivanenko va nemis fizigi V. Geyzenberg bir-birlaridan mustaqil ravishda atom yadrosi ikki xil elementar zarra proton va neytronlardan tashkil topgan degan fikrga keldilar. Bu zarralar nuklonlar deb ataladi. Fanda atomning planetar modeli asos qilib olingan. Ya’ni atom markazida yadro va uning atrofida tinimsiz harakatdagi elektronlar ma’lum bir orbitallarda aylanadi. Atom yadrosi proton(musbat zaryadli zarra) va neytron(zaryadsiz zarra) dan tashkil topgan.
Proton musbat zaryadlangan zarra bo’lib uning zaryadi elektron zaryadiga teng. qp=qå=1,610-19 Kl, massasi esa mp=1,6710-27 kg.
Yadro tarkibida protondan tashqari zaryadsiz (qn=0) neytron (n) mavjud bo’lib uni massasi proton massasiga teng. Yadrodagi nuklonlar ya’ni proton va neytronlar sonini A-bilan belgilanib, uni yadroning massasi soni deyiladi: A=Z+N
Z- yadrodagi protonlar, N-yadrodagi neytronlar soni. Z- D. Mendeleevning elementar davriy sistemasidagi ximiyaviy elementning tartib nomeri bo’lib u yadroning zaryadini aniqlaydi, ya’ni qya=za.
Radioaktivlik tarixi
Radioaktivlik hodisasini birinchi marta 1896 yilda A. A. Bekkerel kashf qilgan. U uran tuzlaridan nomaʼlum nurlar chiqishini, bu nurlar xuddi rentgen nurlari kabi har xil moddalardan oʻtishini, fotografiya plstinkasini qoraytirishini birinchi boʻlib aniqladi va ularni radioaktiv nurlar deb atadi. Tez orada toriyning radioaktivligi aniqlandi. 1898 y.da esa M. Sklodovskaya Kyuri va P. Kyurilyar ikkita yangi radioaktiv element (poloniy va radiy) ni kashf etdilar. E. Rezerford va yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning kuzatishlari natijasida radioaktiv moddalar oʻzidan uch xil koʻrinishdagi (a, r va u)nurlarni chiqarishi aniqlandi va bu nurlarning tabiati oʻrganildi: anurlar ikkita musbat zaryadga ega boʻlgan geliy atomining yadrosidan iborat; nurlar manfiy zaryadga ega boʻlgan elektronlardan iborat; unurlar rentgen nurlariga oʻxshaydigan elektromagnit nurlanishdir.

Download 50.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling