Andijon Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti


Download 50.95 Kb.
bet4/9
Sana14.05.2023
Hajmi50.95 Kb.
#1460778
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim 2

a (Alfa) nurlanish: Ikki neytron va ikkita protondan iborat, +2 zaryadli geliy yadrosini chiqarishi. Ushbu nurlanish natijasida proton va neytronlar soni har biri ikki birlikka kamayadi. Ushbu zarrachalar +2 zaryadlanganligi sababli, ular elektromagnit tortishga uchraydi. Ushbu nurlanishni to’xtatish juda oson. Masalan, hatto bir varaq qog’oz ham etarli bo’ladi.
β (Beta) nurlanish: Bu pozitron yoki elektron emissiya. Pozitron elektronning antimateriyasi bo’lib, u elektron emissiyasiga teskari holatda bo’ladi. Beta nurlari alfa zarralaridan tezroq. Ularni to’xtatish qiyinroq. Ular zaryadlanganligi sababli ular magnit maydonda og’ishadi.
γ (Gamma) nurlanish: Bu foton emissiyasi hisoblanadi. Foton bo’lgani uchun u yorug’lik tezligida harakatlanadi. U kuchli kirib boradi. To’xtatish juda qiyin. U zaryadsiz boʻlganni sababli, magnit maydonda og’ishmaydi. Foton bo’lgani uchun u massaga ega va shu massa tufayli u tortishish kuchiga qoladi.

-yemirilish uch xil bo’ladi.


- yemirilish bunda yadrodan elektron chiqadi.
yempirilshda yadrodan pazitron ajralib chiqadi.
Elektron yutish.
- yemirilshda yadrodagi bitta neytron np+e-+sxema bo’yicha protonga aylanadi
pn+e++
-neytrino, -antineytrino.
Nihoyat magnit maydon ta’siriga berilmaydigan uchinchi nurlanish -nurlar deb ataladi. -nurlar to’lqin uzunligi juda qisqa (10-3 Å dan 1Å gacha) bo’lgan elektromagnit nurlanish ekanligi aniqlandi.
Yemirilayotgan yadrodan -zarralar (ya’ni 2Ne4 yadrolar) juda katta (109sm/sek) tezlik bilan uchib chiqadi.
Radioaktiv yemirilish natijasida hosil boʻlgan yadrolar radioaktiv boʻlishi va ularning yemirilishidan hosil boʻlgan yangi yadrolar ham yana radioaktiv boʻlishi mumkin va h.k. Tabiatda uchta radioaktiv kator mavjud ekanligi aniqlangan boʻlib, ular uran, toriy va aktinouran elementlaridan boshlanadi. Uchchala holda ham oxirgi mahsulot qoʻrgʻoshin izotoplari, yaʼni birinchi katorda oxirgi mahsulot 206Rv, ikkinchisida 2O8Rv va uchinchisida 207Rv boʻladi. Radioaktiv yemirilish nazariyasi koʻrsatadiki, dt vaqt ichida yemiriladigan yadrolarning soni dN radioaktiv yadrolarning umumiy soni TV ga proporsional boʻlib, radioaktiv yemirilish eksponensial qonun boʻyicha kechadi: N=Noe~x"; bunda N —t paytdagi yemirilmagan yadrolar soni, No — boshlangʻich paytdagi yemirilmagan yadrolar soni va ^.yemirilish doimiysi; yadroning ichki tuzilishiga bogʻliq boʻlgan oʻzgarmas miqdor. Radioaktiv yemirilishning eksponensial qonuni statistik qonun boʻlib, faqat juda katta sondagi atomlar uchun oʻrinlidir. Boshlangʻich paytdagi yadrolar miqdori yarmisining yemirilishiga ketadigan vaqt moddaning yarim yemirilish davri T deyiladi. U yemirilish doimiysi X bilan quyidagicha bogʻlangan: T=0,603 X. Radioaktiv qatorlarni boshlab beruvchi uran nU, torii ^Th va aktinouran 92i elementlarining yarim yemirilish davrlari, mos ravishda 4,51109 yil, 1,391010 yil va 7,13YU8 yilga teng .
Radioaktivlik, asosan, kyuri yoki uning ulushlari orkali ifodalanadi. Aktivlik 1 kyuri sifatida radioaktiv moddaning bir sekundda 3,710’° ta yadrosining yemirilishi qabul qilingan. Radioaktivlik kashf qilinishi fan va texnikaning taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U moddalar tuzilishi va xossalarini oʻrganishda yangi davr ochib berdi.

Download 50.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling