Test Kimyoning asosiy tushunchalari Quyidagilarni ketma ketlikda joylashtiring
Download 36 Kb.
|
Test-1
Test-1. Kimyoning asosiy tushunchalari 1.Quyidagilarni ketma ketlikda joylashtiring. 1.elektron, proton, neytron 2.Modda 3.Molekula 4. Atom A)1,2,3,4 B) 1,4,3,2 C)2,3,4,1 D)4,3,2,1 2.Kimyo fanining predmeti nima? A) Atom B)Masalalar C)Modda D)jism 3.Atom tarkibini aniqlang. A) Proton B)elektron C)yadro D)elektron,proton, neytron 4.Nuklonlar deb nimaga aytiladi ? A)Protonga B) Yadro tarkibidagi zarrachalarga C)Neytronga D)elektron, proton, neytronga 5.Proton qanday zarracha? A)Musbat zaryadli B)Manfiy zaryadli C)zaryadsiz D)Nuklon 6.Elektron qanday zarracha? A)Musbat zaryadli B)Manfiy zaryadli C)zaryadsiz D)Nuklon 7. Neytron qanday zarracha? A)Musbat zaryadli B)Manfiy zaryadli C)zaryadsiz D)Nuklon 8.Molekula nima? A)Moddani tashkil etuvchi elektronlar uyushmasi B)Moddani tashkil etuvchi atomlar guruhi C)Moddaning fizik xossalarni oʻzida namoyon qiluvchi eng kichik boʻlagi D)Moddaning barcha xossalarni oʻzida saqlovchi eng kichik bo‘lagi 9.Kimyo fani nimani oʻrganadi? A)Moddaning xossalarni tuzilishi va bir biriga aylanishini B)Moddaning tuzilishini C)Kimyoviy qonuniyatlarni D)Moddaning bir biriga aylanishini 10.Normal holatda turgan atom elektron olishi yoki berishi natijasida hosil bo'lgan zarracha nima deyiladi? A) Ion B)Atom C)Molekula D)Jism 11. Izotoplarni yozing. 12.Izotonlarni yozing. 13.Izobarlarni yozing 14.³¹S-2 uchun qaysi xususiyat noto'g'ri? A)elektron soni 14 ta B) Neytron soni 15 ta C) Yadro zaryadi 16 D)Nuklonlari 31 15.1.m.a.b. to'g'ri kelgan javobni aniqlang A)6.02 ×10²³ B)22.4 l C)1.66×10-27 D)1 mol 16.Nisbiy Atom massa nima? A) Element atom massasi uglerod atom massasidan qancha og'irligini ko‘rsatuvchi qiymat B) Element atom massasi uglerod 12 izotoping 1/12 qismidan necha marta og'irligini ko‘rsatuvchi kattalik C) Element atomi massasi 6,02 ×10²³ dan qancha og'irligini ko‘rsatuvchi qiymat D)Element atom massasi uglerod atom massasining 1/3 qismidan qancha Og'irligini ko‘rsatuvchi qiymat 17. H2SO4ning molekulyar massasini aniqlang? A)98 g/mol B)49g/mol C)100g/mol D) 1 mol 18.H4P2O7ning molekulyar massasini aniqlang? A)144 g/mol B) 150g/mol C)178g/mol D) 32g/mol 19.12 gr uglerodning Modda miqdorini toping? A)1 B)2 C)3 D)0,5 20.40,5 gr Al ning modda miqdorini toping? A)1 B)1,5 C)2 D)2,5 21.Oddiy moddalar necha guruhga bo'linadi va ular A) 1 organik B)2 anorganik C)2 metallar va Metallmaslar D)2 Gomogen va geterogen 22.Murakkab moddalarda Elementlar nechta bo‘lishi kerak? A)2 dan katta yoki teng B)2 dan kichik yoki teng C)3 ga teng D) hech bo'lmaganda 1 ga teng 23.Murakkab moddalar necha guruhga bo'linadi va ular qaysilar? A)2 ga Organik va Anorganik B)2 ga gomogen va geterogen C) 1 organik D)2 metallar va Metallmaslar 24. Aralashma necha guruhga bo'linadi va ularni ko‘rsating. A) 2ga metallar va Metallmaslar B) 2ga organik va mineral C)2 ga gomogen va geterogen D) 4ga oksidlar va asoslar 25.Element atomiga hos xususiyatlarni ko'rsating. 1.yadro zaryadi 2.Rang.3.Oksidlanish darajsi 4.Zichlik 5.Valentlik 6.Agregat holat 7.izotop,izobar, izoton 8.Qaynash va suyuqlanish harorati 9.Davr va guruh 10.eruvchanlik A)1,3,5,7,9 B)1,2,3,5,7,9 C)2,5,7,9 D)1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 26 Moddaga hos hususiyatlarni ko‘rsating. 1.yadro zaryadi 2.Rang.3.Oksidlanish darajsi 4.Zichlik 5.Valentlik 6.Agregat holat 7.izotop,izobar, izoton 8.Qaynash va suyuqlanish harorati 9.Davr va guruh 10.eruvchanlik A)1,3,5,7,9 B)1,2,3,5,7,9 C)2,5,7,9 D)1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 27.Allatropiya nima? A)Bir Molekuladan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi B)Bir murakkab moddadan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi C)Bir Element atomi bir necha oddiy moddalar hosil qilishi D)ikki Element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi 28. Uglerodning tabiiy allatropik shakllarini ko‘rsating A)karbin, grafit B)olmos, fulluren C)Karbin, Fulluren D)Olmos, garafit 29.Kislorodning allatropik shakllarini ko‘rsating A)Ozon, kislorod B)CO2 va CO C)SiO2 CaCO3 D)To‘g‘ri javob yo‘q 30.Faqat Kimyoviy Elementlar keltirilgan qatorni aniqlang. A)Ozon, kislorod, olmos, Vodorod B)Olmos, Ozon,grafit, uglerod C)uglerod, kislorod, vodorod, azot D)Azot,Ozon,kislorod,vodorod 31 Moddaning agregat holati nechta? A) 3 B)4 C)6 D)2 32.Molekulyar moddalar ...... ham deyiladi. A)Bertolitlar B)Atomlar C)Molekulalar D) Daltonidlar 33.Nomolekulyar moddalar ...... ham deyiladi. A)Bertolitlar B)Atomlar C)Molekulalar D) Daltonidlar 34.Kimyoviy formula nima? A)Modda tarkibini koyffitsiyеntlar yordamida aniqlash B)Modda tarkibini Kimyoviy belgilar va zarurat bo‘lsa indekslar yordamida ifodalash C)Modda tarkibini faqat Elementlar yordamida ifodalash D) A va C javoblar to'g'ri 35.Valentlik nima? A)Oksidlanish darajsi B)Oladigan yoki beradigan elektronlar C)Element atomi boshqa Element atomlarini muayyan sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi D)Kimyoviy belgiga aytiladi 36."Valens" so‘zining ma'nosi? A)Tez B) Passiv c)kuchsiz D) kuchi bor 37.Valentlik necha xil bo‘ladi va ular A) 2 xil o‘zgarmas va o‘zgaruvchan. B) 1xil o‘zgarmas C)2 xil kuchli va kuchsiz D)B va C javob to'g'ri 38.Keltirilgan birikmalarning qaysilarida S ning valentligi 4 ga teng? 1)Na2SO4 2)SO2 3)Al2(SO4)3 4)K2SO4 5)H2S A) 1,2 B)2,4 C)1,5 D)3,5 39.Qaysi qatorda valentligi o‘zgaruvchan elementlar keltirilgan? A)K,C,S,N,P,Fe B)Cu,Ba,N,Cl,Br,Cr C) C,Cr,Cu,P,S D)Ca,Cu,C,H,F,O 40.Quyidagi birikmalarada 4 valentli elementlarni ko‘rsating. 1)Al2(SO4)3 2)MnO2 3)H2CrO4 4)HClO4 5)H2SiO3 6)CH3OH A)Cr,Cl B)S, Mn C)Mn, Si, C D)O,H 41.Fizik hodisalarda nimalar o‘zgaradi? 1)Hajm. 2)rang 3)Shakl 4) hid 5)Agregat holat 6)Issiqlik yutiladi 7)Yangi modda hosil bo‘lmaydi 8)yangi modda hosil bo‘ladi A)1,3,5,7 B)2,4,6,8 C)1,2,3,4 D)5,6,7,8 42.Kimyoviy hodisalarda nimalar o‘zgaradi? 1)Hajm. 2)rang 3)Shakl 4) hid 5)Agregat holat 6)Issiqlik yutiladi 7)Yangi modda hosil bo‘lmaydi 8)yangi modda hosil bo‘ladi A)1,3,5,7 B)2,4,6,8 C)1,2,3,4 D)5,6,7,8 43. Kimyoviy reaktsiyalarni Kimyoviy formulalalar va zarurat bo‘lsa koyffitsiyеntlar yordamida ifodalashga ..... deyiladi . A) Kimyoviy belgi B) Element C)Formula D)Kimyoviy tenglama 44. Quyidagi mosliklarni aniqlang. 1)Birikish 2)Parchlanish 3)O‘rin olish 4)Almashinish a) 2H2O=2H2 +O2, CaCO3=CaO +CO2 b)2Cu+O2 = 2CuO, CaO +CO2 = CaCO3 c) Zn +HCl =ZnCl2 + H2, Fe +CuSO4= FeSO4 +Cu d)NaOH +HCl =NaCl + H2O, BaCl2 +Na2SO4 = BaSO4 +2NaCl A)1b,2a,3c,4d B)1a,2b,3c,4d C)1d,2c,3a,4b,D)1a,2b,3d,4c 45.Kimyoviy reaksiyalar issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ..... va .... reaktsiyalarga bo'linadi. A)Kuchli va kuchsiz B) Ekzotermik va endotermik C)O‘rin olish, parchalanish D) Birikish va almashinish 46.Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar .... Reaksiyalar deyiladi. A)Endotermik B)Shiddatli C)Ekzotermik D) kuchsiz 47..Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar .... Reaksiyalar deyiladi. A)Endotermik B)Shiddatli C)Ekzotermik D) kuchsiz 48. Kimyoviy reaktsiyalarda ajralib chiqadigan energiya nima deyiladi? A)Issiqlik energiyasi B)Atom energiyasi C)Kimyoviy energiya D)Molekulyar energiya Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling