Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti 2-kurs 201-guruh talabasi soliyeva hayothonning turizm asoslari fanidan mustaqil ish mavzu


Download 86.5 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi86.5 Kb.
#1004063
  1   2   3
Bog'liq
Turikstik subekt




ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI
2-KURS 201-GURUH TALABASI
SOLIYEVA HAYOTHONNING
TURIZM ASOSLARI FANIDAN

MUSTAQIL ISH
Mavzu: O'zbekistonda mavjud bo'lgan turistik faoliyat bilan shug'ullanuvchi subyektlar hamda turistik obyektlar
Tayyorladi: _______________
Qabul qildi:_____________
Mavzu: O'zbekistonda mavjud bo'lgan turistik faoliyat bilan shug'ullanuvchi subyektlar hamda turistik obyektlar
Reja:

  1. O'zbekistondagi turistik subyektlar

  2. Turistik obyektlar haqida

  3. Turizmnda sug`urtani takomillashtirish

Kirish
Turizm bugungi kunda jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi sohaga aylandi. So’nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to’g’ri kelmoqda. Shuning uchun ko’pgina mamlakatlarda bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning o’rni va roli g’oyat sezilarli bo’lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko’rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar bilan rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda
O’zbekistonda turizmni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarga juda ham kata e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo’llari shakllanmoqda va qaror topmoqda. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishning barcha imkoniyatlariga ega. Birinchi navbatda, boy tarixiy merosi, an’analari, o’ziga xos tabiati, ya’ni turistik resurslarga boyligi buning tasdig’idir.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasiga Davlat
tashrifi arafasida shu mamlakatning markaziy nashrlaidan biri “TODAY” (“Bugun”) gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida O’zbekiston turizmning kata salohiyatga ega ekanligini ta’kidlab, qo’yidagi fikrlarni bildirdi: “Go’zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublika hududida ekologik turizmni rivojlatirish uchun g’oyat qulaydir. Bu bozada mamlakatning tog’li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo’nalishi – yirik qo’riqxonalar va bog’lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda...”1. Albatta turizmni shakllanishi va rivojlanishi turistik resurslarning salohiyatiga bog’liqdir. Mamlakat qanchalik turli – tuman turistik resurslarga ega bo’lsa, turizmni rivojlanishi shuncha oson kechadi. Turizm respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishiga erishishimiz hozirgi kunning asosiy vazifasidir.
Hozirgi kunda turizm bo’yicha mutaxasislarni talab darajasida tayyorlash muhim masaladir. Shunga ko’ra turizm ta’lim yo’nalishlaridagi o’quv rejalariga «O’zbekistonning turistik resurslari» fani kiritilgan bo’lib, mazkur fanda turizmni tashkil etishga asos bo’luvchi mamlakatimizning turistik resurslari o’rgatiladi. Mazkur yaratilgan ma’ruzalar kursi birinchi galda turizm yo’nalishlarida tehsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, bu fan bo’yicha yaratilgan birinchi adabiyot hisoblanadi. Albatta ma’ruzalar kursi sifatli yaratilishiga harakat qilindi.
Shunday bo’lsada ayrim nuqsonlar ega bo’lishi mumkin, shu sababdan oldindan kitobxonlardan uzr so’raymiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasida 865 sayyohlik tashkiloti – 506 sayyohlik operatori faoliyat yuritmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, O’zbekistonga tashrif buyurgan turistlar asosan “paketli” tizim bilan keladilar. Yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan yirik turfirmalar ham shu tizimda faoliyat olib boradilar va asosan madaniy, arxelogik, tarixiy obidalarimizni turistlarga taqdim etadilar. O’zbekistonda yirik turfirmalardan biri “Sogda” va “Orient voyage” quyidagi paketlarni taklif qiladilar.


Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling