3. O’qilgan hikoya mazmunini to’liq anglash, bilib olish uchun o’qituvchi topshirig’ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
a) O’qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. («Omonatga xiyonat», IV sinf)
b) O’qing va nima uchun hunarsiz kishi o’limga yaqinligini tushuntirib bering. («Hunarsiz kishi o’limga yaqin», IV sinf) va hok.
Ba’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:
a) matnning ayrim o’rinlaridan foydalanib (ko’chirma olib) qayta hikoyalash;
b) hikoyani bir syujet chizig’i asosida qayta hikoyalash;
v) matnni qisqartib qayta hikoyalash;
g) matnning shaxsini o’zgartirib kayta hikoyalash va boshq.
4. O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1) o’qilgan matnga oid rasm chizish;
2) rasmga matndagi so’zlar yoki o’z so’zi bilan sarlavha qo’yish;
3) o’qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib reja tuzish;
4) matnni qismlarga bo’lish va har bir qismga sarlavha qo’yish va hok.
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o’quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to’g’ri tashkil qilish uchun material tanlashda o’qituvchiga yordam beradi.
Х u l о s а
Mеn kurs ishim mavzusini yoritish jarayonida shunday xulosalarga kеldim:
◄ O‘qish darslarida badiiy hikoyalarni tahlil qilish o‘quvchilarning hikoya mazmunini to‘la anglab yetishlarini ta’minlaydi va o‘qish darslaridan kuzatilgan maqsadning amalga oshishiga zamin yaratadi.
◄ Boshlang‘ich sinflarda o‘qish mashg‘ulotlarida badiiy hikoya personajlari ustida ishlashga qo‘yiladigan talablar xilma-xil bo‘lib, o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda bu talablarni bajarish o‘qituvchi oldiga juda katta mas’uliyat yuklaydi.
◄ Badiiy hikoya personajlari tahliliga oid asosiy ko‘nikmalar va nutq o‘stirish vazifalari o‘qituvchidan, o‘z ustida ishlash bilan birga, har bir darsda o‘quvchilar nutqini doimiy nazorat qilib borishni talab qiladi.
◄ Boshlang‘ich sinflarda badiiy hikoya personajlari tahlili jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirishdagi usullar darslarimizda o‘quvchilar badiiy hikoya tahlilini o‘tkazishda o‘qituvchilarga juda qo‘l keladi.
◄ Lekin tajribalar davomida shu holatni ko‘rdikki, sinfdagi o‘quvchilarning ko‘pchiligi badiiy hikoya personajlari tahlilini yaxshi bilmaydilar, ularda bog‘lanishli nutq malakalari hali yaxshi shakllanmagan.
◄ Shuni ta’kidlash kerakki, badiiy hikoya tahlili usullaridan foydalanish darslarda o‘zining yaxshi samarasini beradi.
◄ Biz bu fikrning isbotini “Qo‘rqoq”, “Yaxshi bo‘ldi”, “Qodir bilan Sobir” hikoyalari; “Nilufar” hamda “Chaqimchiga mukofot”ertaklari; “Chumchuq bilan chumoli”, “Zuluk ila ilon”, “O‘jar toshbaqa’ masallari misolida korib o‘tdik.
◄ Bu holat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarimizdan o‘z ishiga mas’uliyat bilan, vijdonan yondashishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |