Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


 Kichik maktab yoshi davrida nutqning rivojlanishi va shaxslararo


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana09.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#256752
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.

1.3 Kichik maktab yoshi davrida nutqning rivojlanishi va shaxslararo 

munosabatlarning shakllanishi 

 

Nutq  psixologiyasining  predmeti  nutq  mexanizmining  tuzilishi  va  vazifasi, 



boshqa  kishilar  bilan  muloqot  o`rnatishi,  nutq  yordami  bilan  o`z  his-tuyg`ularini 

ifodalashi,  boshqalarga  ta`sir  etishidan  iboratdir.  Shaxs  tafakkurining  rivojlanishi 

nutqning  o‘sishi  bilan  mustahkam  bog‘langandir,    nutqning  o‘sishi  tafakkurni 

rivojlanishiga  yordam  beradi,    chunki  so‘z  narsa,    predmet  va  harakatlar  bilan 

o‘zaro munosabatda bo‘ladi. O‘z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z 

zaxiralarining  oshishiga,    umuman  nutqning  o‘sishiga  yordam  beradi.  Nutq 

shaxsning    xar  tomonlama  taraqqiy    etishida  eng  muxim  omillardan  bo‘lib 

hisoblanadi.    So‘z  shaxsning  bilish  tajribasini  tartibga  soladi  va  mustahkamlaydi,   

shu bilan birga,  so‘z yangi bilimlarni egallash vositasi bo‘lib qoladi. Nutq shaxsga 

oilani  anglashga,    xar  xil  predmet  va  xodisalarga  boy  bo‘lgan  son  sanoksiz 

bog‘lanish  va  munosabatlarni  bilib  olishga  yordam  beradi  va  takomillashishiga 

imkoniyat  yaratadi.  Nutq  tufayli  shaxs  ijtimoiy  ahloq  normalarini    egallay   

boshlaydi,  va o‘z hayoti faoliyatida ongli ravishda amal qiladi. 

Insonning    fikr  yuritish  faoliyati  boshqa  psixik  jarayonlar,    tipologik 

xususiyatlari  bilan  bog‘liqligidan  tashqari  til  va  nutq  bilan  ham  uzviy  aloqada 

bo‘ladi. Bu muhim omil-dalil inson psixikasi bilan xayvonlar psixikasi o‘rtasidagi 

keskin  tafovutni  aniqlab  beradi.  Xayvonlarda  goho  uchrab  turadigan  elementar 

(primitiv)  darajadagi  tafakkur  kurtagi  u  yoki  bu  harakatni  amalga  oshirish  uchun 

xizmat  qiladi,    lekin  ularning  tafakkuri  mavhum  va  bevosita  bilish  bosqichiga 

ko‘tarila olmaydi.    Insonlarda fakat so‘z-nutq yordami bilan narsa va xodisalarda, 

ob’ektlardan  muhim  xususiyatlarni  ajratish,  tasavvur    qilish,  tushunchalarda 

ifodalash,    munozara  va  mulohazalarni  mustaxkamlash,  qayd  qilish  imkoniyati 

kabi  shart  sharoitlar  vujudga  keladi.  Inson  tafakkurini  tilsiz  amalga  oshirib 

bo‘lmaydi,    chunki  xar  kanday  fikr  nutqda  o‘z  ifodasini  topadi,    nutq  esa  so‘z 

orqali  mujassamlashadi.  Fikr  qanchalik  chuqur  va  puxta  bildirilsa,    shunchalik 

ravon mantiqan uzviy bog‘langan so‘z,  iboralar hamda nutq (ogzaki yoki yozma) 

namoyon  bo‘ladi,    va  aksincha  so‘z,  nutq  qanchalik  aniq,    yaqqol  ifodalansa  fikr 



 

32 


shunchalik  tushunarli  aks  ettiriladi.  Turli  yoshdagi  odamlar  (o‘kuvchilar,  katta 

yoshdagi  kishilar)  qo‘yilgan  muammoni  hal  qilish  jarayonida,  ko‘pincha  og‘zaki 

nutqdan  foydalanib  ish  ko‘radilar,  qattiq  ovoz  chiqarib  muloxaza  yuritadilar,  u 

yoki  bu  xarakterdagi  xukm  va  xulosaga  keladilar.  Sobik  sovet  psixologlarining 

o‘tkazgan tajribalariga qaraganda, muloxazani ana shu tarzda so‘zlar vositasi bilan 

ifodalash,    yaxlit  muammoga  qaratilgan  fikrni  bo‘laklarga  xayolan  taqsimlash,  

muxim  jihatlarini  nomuximdan  ajratgan  holda  chuqurroq  tushunish  imkonini 

yaratadi.  Go‘yoki  fikrlarni  ovoz  chiqarib  ifodalash  tufayli  keng,  izchil,  tizimli 

muxokama  yuritish  shart  sharoitlari  tug‘ilar,    turli  xarakter  va  yo‘nalishda 

bildirilgan  fikrni    xayolan  solishtirish  mumkin  bo‘lar  ekan.  Qator  sobik  sovet 

psixologlarining  muloxazalariga  binoan,  so‘zda  fikrni  aks  ettirishda tafakkurning 

diskursiv    zaruriy,    mantikiy  bo‘laklarga  ajratilgan  jihatlari,    tomonlari,  qismlari 

ifodalangan  bo‘ladi.  Odatda  fikr  so‘zda  ifodalangandan  so‘ng,  u  yo‘qolib 

ketmaydi,  balki so‘z iboralarida, og‘zaki va yozma nutqda mustaxkamlanib qoladi. 

Shuning uchun zaruriyat tug‘ilgan kezda mazkur fikrni qayta ko‘rib chiqish,  uning 

ustida chuqurroq muloxaza yuritish,  bosh qotirish,  yangi fikrlar bilan solishtirish 

imkoniyatini  nutq  bilan  uzviy  alokada  bo‘lib,    so‘z  vositasi  bilan  ifodalanadi  va 

so‘zning moddiy asosi sifatida  xukm  suradi. 

Nutq  akustikasini  o`rganish  ozmi  ko`pmi  uning  tashqi  ifodalanish  tomoni 

bilan  ham  bog`liqdir.  Lekin,  tadqiqotchilarni  uning  ichki  tomoni  ham  qiziqtiradi. 

SHuning  uchun  ham  ichki  nutq  dinamikasini  o`rganishga  qaratilgan  ko`plab 

laboratoriya  uslublari  ishlab  chiqilgan.Ichki  nutq  faolligini  o`rganishga  qaratilgan 

ana  shunday  usullardan  biri  artikulyatsiya  organlari  (til,  lab)  yashirin  harakatini 

registratsiya (qayd qilish) qilishda elektromiografiya usulidan foydalanishdir. A.M. 

Sokolov  tomonidan  ichki  nutq  va  tilning  o`zaro  aloqasi,  til  muskullari  va  pastki 

labning  turli  aqliy  vazifalarni  echish  jarayonidagi  miogrammasini  yozib  olish 

orqali  o`rnatilgan.  Tajribada  aniqlanishicha  aqliy  faoliyat  murakkablashgani  sari 

artikulyatsiya faolligi ham ortadi. Ichki nutq jarayoni dinamikasini o`rganish uchun 

markaziy  va  periferik  ta`sirlar  metodikasi  ishlab  chiqilgan.  N.I.  Jinkin  tomonidan 

markaziy  nutqiy  ta`sirlar  metodikasi  taqlif  qilingan.  Tajriba  jarayonida 




 

33 


tekshiriluvchilar-jumlalar tuzish, geometrik shakllarni sanash, sonlarni ko`paytirish 

bilan bir vaqtda bo`sh qo`llari bilan berilgan ritmni taqillatib turishgan. Ichki nutq 

bilan bog`liq bo`lmagan boshqa ritmning kiritilishi tormozlovchi ta`sir ko`rsatadi. 

Asosiy  ko`rsatkich  sifatida  asosiy  vazifani  echishga  sarflangan  vaqt,  echimning 

to`g`riligi,  ritm  va  taqillatish  tezligining  to`g`riligi,  asos  qilib  olinadi.  Olingan 

natijalar  nutq  mexanizmi  tarkibida  statik  va  dinamik  qismlarni  ajratish  imkonini 

berdi. Har bir nutq tarkibi tovush, so`z, jumlada doimiy va modellashgan belgilar 

mujassam  bo`ladi.  Dinamik  jarayonlar  so`zlardan  jumla  tuzishda  muhim  rol’ 

o`ynaydi.      Nutqni  o`rganishdagi  psixofiziologik  yondashish  nutq  jarayonining 

tarkibiy 

qismlarini 

yo`nalishiga 

qarab 

belgilanadi. 



N.I.Jinkin 

dinamik 


rentgenografiya  usulini  qo`llash  orqali  talaffuz  qilishni  o`rganishi  maqsadida-

elektrokardiogramma,  miogramma,  teri-gal’vanik  reaktsiyasi,  yurak  qisqarishlari 

chastotasini  o`rganish  metodlaridan  foydalanilmokda.  Bunday  metodikalar 

logonevroz va tutilish (duduqlanish) paytida artikulyatsiya apparati xususiyatlarini 

o`rganish maqsadida qo`llaniladi. 

 

Insonning  shaxs  sifatida  rivojlanishi  shaxslararo  munosabatlar 



jarayonida  yuz  beradi  va  bu  munosabatlarning  xususiyatlariga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Shaxs  faqat  shaxslararo  munosabatlar  sharoitida  namoyon  bo‘ladi  va  bu 

munosabatlarning  mustahkam  stereotipi  bo‘ladi.  O‘z  navbatida,  shaxslararo 

munosabatlarda  shaxsning  individual  xislatlari  his-tuyg‘ulari,  irodasi,  tafakkuri, 

shuningdek  jamiyatning  shaxsga  oid  xulq-atvor  me’yorlari  va  qadriyatlarining 

o‘zlashtirilish darajasi namoyon bo‘ladi. 

Shaxslararo  munosabatlar  turli  shakllarda  ko‘rinishi  mumkin,    faoliyat 

mazmuniga  ko‘ra  va  yoshga  xos  xususiyatlarga  ko‘ra  shakllarda.    Yoshga  xos 

faoliyat ko‘rinishlarida kichik maktab yoshidagi bolalalrda ko‘proq o‘qish va o‘yin 

faoliyatidagi  munosabatlar  kuzatiladi.  Ular  uzoq  vaqt  davom  etgan  ta’limiy 

faoliyatdagi  va    muayyan  qoidalar,  marosimlar  va  rasmiyatchilikka  amal  qilish 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  majburiy  faoliyatlar..  O‘yinga  aloqador    shaxslararo 

munosabatlarda  bolalar  o‘z  his-tuyg‘ularini  ochiq  ifoda  qiladilar,  odatda  bunday 

munosabatlar xarakteri ularga mos kelmasa ham, ulardan voz kecha olmaydilar.  




 

34 


Shaxsiy  munosabatlar  ko‘proq  bolalarni  o‘zaro  yaqinlashtiradigan  yoki 

uzoqlashtiradigan, yoqtirish yoki yoqtirmaslikni, yaqinlik yoki begonalikni keltirib 

chiqaradigan  his-tuyg‘ular  ta’sirida  tarkib  topadi.  Shaxsiy  munosabatlar  oilaviy, 

do‘stona,  o‘rtoqlarcha  bo‘lishi,  muhabbat,  do‘stlik  yoki  nafratga  oid  bo‘lishi 

mumkin. 

 

 




 

35 


II-.BOB. Bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabat va o‘yin 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling