Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi
Bitiruv malaka ishining tuzilishi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-. BOB. Kichik maktab yoshi davrida nutqni rivojlanishi va muloqatga kirishish muammolarining jaxon psixologlari tomonidan tadqiq etilishi.
Bitiruv malaka ishining tuzilishi. Kirish, 3 bob, 8 paragraf, umumiy xulosalar,
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati hamda ilovalardan iborat bo`lib, jami sahifani tashkil etadi.
11
I-. BOB. Kichik maktab yoshi davrida nutqni rivojlanishi va muloqatga kirishish muammolarining jaxon psixologlari tomonidan tadqiq etilishi. 1.1 Jaxon psixologlari tomonidan muammoning o‘rganilishi. O‘rganilgan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aynan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv faolligida nutqni rivojlanishi shaxslararo munosabatning shakllanishi, muloqatga kirishish jarayonini yanada chuqurroq tahlil qilish va uning o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy psixologik xususiyatlarni aniq yo‘naltirilgan tadqiqotlar asosida ochib berish, bugungi kunda ta’lim–tarbiya muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Darhaqiqat, bugun har jihatdan omilkor, mas’uliyatli, tashabbuskor va jamiyat taraqqiyoti uchun ongli – faol ijtimoiy shaxsni tarbiyalash, undagi ilmiy salohiyatni to‘g‘ri yo‘naltira olish nafaqat ta’limning, balki butun bir davlatning ham kelajak taraqqiyotiga dahldor bo‘lgan muhim vazifalardan biridir. Qolaversa, O‘zbekistonda kechayotgan bugungi keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, beto‘xtov shakllanayotgan bozor munosabatlari, fan, texnika va ishlab chiqarishning keskin rivojlanishiga javob bera oluvchi jamiyat va shaxs ehtiyojlarining o‘zaro uzviy mutanosibligini ta’minlash har bir davr va davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan Sharq allomalarining (Arastu, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar) o‘nlab asarlarida ta’kidlanganidek, o‘rta asrlardayoq, ayniqsa, bizning hududlarimizda diniy maktablar, madrasalarga tolibi ilmlarni tanlab olish, ularning aqliy taraqqiyot darajasini, birlamchi bilim va malakalarini, kasb yoki san’atning alohida turiga moyilligi hamda ichki munosabatining namoyon etilishini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.Vallon, J.Piaje va
boshqalarning aniqlashicha, mazkur rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan senzitiv-qulay davrlari mavjud bo‘lib, ular bolaning o‘zi o‘rab to‘rgan muhitda bog‘cha, oilada tutgan o‘rni, bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining rivojlanishi darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan bola shaxsi rivojlanishining ham o‘z qonunlari 12
bor.Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning ahloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozir nihoyatda zarur bo‘lib qoldi. Xalq ta’limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo‘jalik jamoalarining, fan, adabiyot va madaniy-oqartuv tashkilotlarining rahbarlari insonning har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs bo‘lib yetishish jarayoni qanday sodir bo‘lishini, keksayishning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini bilishga qiziqmoqdalar. Shunday ekan, tarbiya sistemasida va ishlab chiqarishda psixologiya bo‘yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo‘qotish uchun bolalar ruhiyatidan qariyalar ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni egallash hozirgi davrimizning muhim talabidir. Mustaqillik yillarida bolaning nutq faoliyatini rivojlantirishga o‘quv faolliyati davomida to‘g‘ri yo‘naltirilishini asoslab borishga qaratilgan qator pedagogik–psixologik tadqiqotlar olib borildi, qo‘lga kiritilgan empirik ma’lumotlar qaytadan tahlil qilindi. Albatta, olib borilgan bu tahlillar keng manodagi ijtimoiy shaxsni rivojlantirish jarayonini yanada chuqurroq olib borishni taqozo etmoqda. XIX asr boshlarida nutq mustaqil fan darajasiga erishgan tilshunoslikda o`rganila boshlandi. Tilning psixologik tabiatini o`rgangan, uni inson ruhiyatining namoyon bo`lishi, deb baholagan mualliflardan biri V.Gumbol’dt edi. U tilni o`lik mahsulot emas, balki doimiy tug`ilish natijasi deb qaraydi V.Gumbol’dt tadqiqotlari til-nutq tafakkuri muammolari-tilni tushunish, mantikiy va til kategoriyalarini shakllanishi, material (tovushli) substrat bilan fikrlash jarayonining munosabati masalalarini o`rganish imkonini beradi. V.Gumbol’dtning psixologik tadqiqotlari uning shogirdi tilshunoslikda psixologik yo`nalish asoschisi G.SHteyntal tomonidan rivojlantirildi. XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya mustakil fan sifatida shakllanishi bilan til va nutq muammosi ham psixologik tadqiqotlarda o`rganila boshlandi. V.Vundt o`zining xalqlar psixologiyasida nutqning psixologik, psixofiziologik tomonlariga alohida e`tibor bergan. Og`zaki nutqni insonning his- tuyg`ularini ifodalovchi harakatlar bilan bir qatorga qo`yadi.
13
V.Vundtning 1900 yilda nashr qilingan kitobida nutqni kommunikatsiya - aloqa vositasi deb qaralgan, uning psixologik, psixofiziologik bog`liqligini tushuntirib bergan, shuning uchun ham hozirga qadar ilmiy ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Keyinchalik til va nutq nazariy-amaliy jihatdan o`rganila boshlandi. Bu sohadagi eng muhim ishlardan biri L.S.Vigotskiyning “Tafakkur va nutq” (1934) kitobidir. Bu kitobning markaziy g`oyasi-nutqning ijtimoiy tabiati, muomala vositasi sifatidagi imkoniyatlarining tasdiqlanishidir. L.S.Vigotskiy tafakkur va nutqni yaxlit dialektik birlikda deb qaraydi. Fikr so`zda ifodalanibgina kolmay, balki mukammallikka ham erishadi. Fikrdan nutqqa o`tish-fikrni qismlarga bo`linishi va so`zda ifodalanishidir.
P.P.Blonskiy tafakkur va nutqni uzilmas aloqasini ta`kidlash bilan birga, ular aynan bir narsa emasligini ham uqtiradi. U I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ta`limotiga asosan so`zning signallik tabiatiga alohida e`tibor beradi.
S.L.Rubinshteyn nutqning ong bilan bog`liqligini ko`rsatib bu birlikda inson ongining ijtimoiy tabiati o`z aksini topadi. Nutq-bu boshqa kishi uchun gapirayotgan insonning fikrlari, his-tuyg`ularining mavjud bo`lish shaklidir. So`z muloqotda tug`iladi va muloqot uchun xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi.
V.M. Bexterev laboratoriyasida nazariy ta`limotlarga asosan nutq eksperimental yo`l bilan o`rganildi. 4-15 yoshdagi bolalar guruhlarini o`rganish orqali E.M. SHevaleva va O.M.Ergol’skayalar mulokot va nutq maxsulini tahlil qilish metodikasini ishlab chikishdi. Bolalar nutqining individual xususiyatlari o`rganildi. Nutq psixologiyasining eng muhim yo`nalishlaridan biri nutqning akustik tomonini o`rganishdir. Nutq akustikasi fizik akustika, lingvistika fonetika, kibernetika, va boshqa fanlar tomonidan ham o`rganiladi. Psixolog uchun nutq tovushlari - gapirayotgan kishi artikulyar apparatining faoliyati natijasidir. Bu faoliyat doimo eshitish analizatorining nazoratida bo`ladi va inson miyasining maxsus bo`limlari, motor buyruqlari bilan boshqariladi.
V.A.Artyomov raxbarligidagi laboratoriyada nutq akustikasini o`rganadigan metodikalar va apparaturalar ishlab chiqildi. Ohang va jumlani talaffuz qilishni 14
o`rganish uchun elektrodinamik rekorder, nutq tovushlarini avtomatik tahlil qiluvchi- spektograf, artikulyatsiyani yozib oluvchi rentgenografik kurilma shular jumlasidandir. eksperimental tadqiqot uchun akustik hodisalar - ohang, tovush, fonema va bo`g`inlar ham qamrab olindi. Bu hodisalar psixologik jihatdan nutqni idrok qilish, tanish va tushunish tomondan o`rganiladi. Tabiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar, pedagoglar va qator ijtimoiy fanlarning vakillari (B.G.Ananev, G.M.Andreeva, A.N.Bodalev, Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vugotskiy, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, I.G.Pavlov K.K.Platonov,
S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin, E.G‘ozievlar) munosabat kategoriyasining u yoki bu yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan, munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, psixologlar talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy muhitga nisbatan xayrixoxlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida, shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa, o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» ixtiyoriy qiziqish orqali yoki majburan yuzaki bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. O‘quv faoliyati esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda professor E. G‘oziev tomonidan qator ilmiy mulohazalar bildirilgan. Chunonchi, hozirgi kunda shaxsga sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun «odam-inson-shaxs-induviduallik- sub’ekt-komillik» ierarxiyasiga rioya qilish, shaxsga sub’ektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin degan xato nazariyadan voz kechish, «sub’ekt-sub’ekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday sub’ekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini
15
yechish, shaxs sub’ekti bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o‘rin tutadi. Ushbu muamoni bolalar psixologiyasi sohasida ko‘plab olimlar izlanishlarida o‘z aksini topgan. Jumladan o‘zbek psixologlaridan E.G‘oziev, R.Toshimov va boshqlar bolalarning nutqini rivojlantirishda ijtimoiylashuv muammolari va shaxslararo munosabatlarning ahamiyatini o‘rganlar. Lekin shunga qaramasdan bu sohada hali o‘z yechimini kutib yotgan muammolar anchagina .Bola nutqini rivojlantirish ularning bog‘cha yoshidanoq e’tiborga olinadi, maktabga borgandan so‘ng u yanada rivojlantirish va xatoliklardan holi qilish maqsadida turli pedagogik- psixologik usullardan foydalanishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan ushbu muammoni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu uning bugungi kundagi dolzarb masalalardan ekanligini ko‘rsatadi. Shaxslararo munosabatlarda muloqot va nutqning inson psixik dunyosiga ta’siri masalalari rus psixolog olimlardan L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, A.V.Zaporojets, A.A.Bodalev, B.F.Lomov, A.A.Leontev, M.I.Lisina va boshqalarning tadqiqot ishlarida muhim o‘rin tutgan. Rus psixologiya maktabining asoschilaridan biri L.S.Vigotskiy asarlarida ham muloqot va nutq muammosi juda keng o‘rin egallagan. Olim bola shaxsi psixik dunyosi rivoji va taraqqiyotida muomala va nutqni rivojlantirishning o‘rni va ahamiyatini tushuntirib shunday deydi: “Bola shaxsiy faolligini namoyon bo‘lishining asosiy yo‘li kattalar bilan muomalasi hisoblanadi...Uning tashqi olamga munosabati hamisha boshqa odam orqali munosabat bildirishdir”. 5
L.S.Vigotskiyning konsensiyasiga binoan bolaning shaxs sifatida shakllanishi ijtimoiy qonuniyatlari bilan aniqlanadi, insonning tug‘ilishidan tortib to butun umri bo‘yi uni qurshab turgan borliq bilan o‘zaro ta’sirda muomala muhim o‘rin egallaydi. Uning nuqtai nazaricha, ontogenizda genetik jihatdan birlamchi o‘zaro ta’sir bahs, dialogdir; ikkilamchi esa individning ongi, ruhiy jarayonlarining individualligidir. Psixikaning rivojlanish jarayoni, eng avvalo sifat
5
16
va tizimiy o‘rganishlari bilan tavsiflanadi. Muallif bu haqda to‘xtalib, “Biz madaniy rivojlanishning umumiy genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning madaniy o‘sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo‘ladi, avval ijtimoiy, keyin psixologik, shuningdek, shaxslararo interpsixologik kategoriya sifatida so‘ng bola ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida”, degan edi. L.S.Vigotskiy shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol va vosita muomala va nutq jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, shaxslararo munosabatlarda dastavval muomaladagi nutqiy faollik asosiy vosita, so‘ngra esa xulq-atvor vositasi turadi. Chunki inson yakka qolgan paytda ham muomala funksiyasini o‘zida saqlaydi. L.S.Vigotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko‘rinadiki, muomala intereorizatsiya, ya’ni ichki nutq va ektereorizatsiya, ya’ni tashqi nutq, muomala shakllarida namoyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, muomala tufayli shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. Demak, muallifning muomala, shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid fikrlari g‘oyat qimmatli, chunki unda biz shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sifatida muomalani ko‘ramiz va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini yanada anglaymiz. Bu o‘rinda jahon psixologiyasi muomala muammosi tadqiqotning boshlovchilaridan, eksperimental yo‘nalishning yorqin namoyondalaridan biri bo‘lmish V.M.Bexterev ijodiyotini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Muallifning boy merosida muomala muammosi ijtimoiy – psixologik nuqtai nazardan kelib chiqqan holda o‘rganilgan. Bexterev ijtimoiy hayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini, hamkorlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmi va jamoviy sub’ektni shakllantirish sifatida ajratib, individual tajribani saqlab qolish va yoyishning, uni avlodga o‘zatishning, ijtimoiy qadriyatlarning tarixiy vorisligini ta’minlashning sharoiti tariqasi talqin qilingan. Uning fikricha, shaxsning uni atrofidagi odamlar bilan muomalasi qanchalik xilma – xil va boy bo‘lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga oshadi. 17
V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda “bevosita” va “bilvosita” turlarga ajratadi. Bilvosita muomalaning tarkiblari sifatida xat, telegramma, telefon, teri – tuyush vositalari (ko‘zi ojizlar alifbosi) tana a’zolarining bir – biriga tegishi, bo‘sa olish, erkalanish, urishish, jinsiy aloqa, harorat va elektr qo‘zg‘atuvchilari, hid stimullari (qitiqlovchilari) va boshqalarni kiritadi. Uning fikricha, eng qulay muomala usuli nutq hisoblanadi, ayniqsa “og‘zaki va yozma yoki yozma so‘z”. Bundan tashqari u buyumlar, yodgorliklarni ham muomala vositalari qatoriga kiritadi. V.M.Bexterevning boy merosida shaxslararo munosabatlar muammosi, xususan, muomala mavzusi ijtimoiy psixologik nazariya jixatidan o‘rganilgandir. Uning qarashlarida insonlarning o‘zaro ta’sir etishlari muhim muammo sifatida talqin etiladi. V.M.Bexterev ijtimoiy hayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini hamkorlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ajratib talqin qiladi. Uning fikricha, shaxsning atrofdagilari bilan muomalasi qanchalik xilma xil va boy bo‘lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga oshadi.
V.M.Bexterev muomalaning ijtimoiy roli va funksiyasini taxlil etishda uning ko‘rinishlari bo‘lmish taqlid va ta’sirlanish ahamiyatiga to‘xtaladi. Uning fikricha, taqlid bo‘lmasa, shaxs ham yuzaga kelmas edi. Chunki taqlid o‘z materialini muomaladan olishini uqtiradi. Ta’sirlanish esa ijtimoiy jarayonlar namoyon bo‘lishining omili tariqasida qaraladi. Muomalani eksperimental o‘rganish ishi ham Bexterev tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, u M.V.Lange bilan hamkorlikda ishlab chiqilgandir. Uning asosida individual faoliyat vaziyatlarida va muomala sharoitida har xil psixik jarayonlarning qiyin tahlili yotadi hamda jamoaviy refleksologiya tamoyili asosida quriladi. Bexterev tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasining ko‘rsatishicha, muomala idrokning detalizatsiyasiga va uning aniqligiga ta’sir qiladi; detallarning miqdori va ularni idrok qilish to‘g‘riligi oshadi, real vaziyatlar alomatiga nomunosib, illyuzion soni kamayishi ko‘zatiladi. V.N.Myasishchev asarlarida ham muomala psixologiyaning nazariy va 18
tatbiqiy muammolari keng yoritilgan. U o‘zi yaratgan konsepsiyani “Shaxsning munosabatlar psixologiyasi” deb nomlaydi. V.N.Myasiщevning mazkur konsepsiyasiga ko‘ra, shaxs “dialogik” xususiyatli, muomalaning shaxsiy tajribasi va boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabat mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emotsiya kuchi, xohish, extiyoj, ijtimoiy yo‘nalganlik kabi shaxsni harakatlantiruvchi ichki kuchi tarkib topadi va bu uning kechinmalari, xulqida, harakatida ifodalanadi. Agarda aksariyat mualliflar muomalani o‘rganish kishilar o‘rtasida o‘rnatiladigan nutqiy kommunikatsiya sifatida tadqiq etish bilan cheklangan bo‘lsalar, V.N.Myasishchev uning rasmiy va ma’naviy tavsiyalarining bosh masalasiga qat’iy ahamiyat beradi, uni yaxlit olib qarashga intilib, muayyan shaxslarning o‘zaro ta’sir etish jarayoni, ma’lum ma’noda birining ikkinchisiga bog‘liqligi va bir – biriga ta’sir o‘tkazuvchanligi tarzida qaraydi. Tadqiqotchi mulohazasicha, odamlarning o‘zaro munosabatlari bilan ularning bir – birini muomalada aks ettirish o‘rtasida aloqa bo‘lishi shak – shubhasiz. Muomalada shaxsning munosabatlari har xil faollik, tanlovchanlik, ijobiy va salbiy xususiyati bilan aks etadi. Muomala yoki munosabat shakli, usuli insonning insonga murojati hisoblanadi. V.N.Myasishchevning asarlarida munosabatlar xususiyatini aniqlashga keng o‘rin berilgan. Qaysiki ular muloqotga kirishuvchi odamlar shaxsining asosiy xususiyatlarida namoyon bo‘luvchi aql, hissiyot, iroda kabilarga ta’sir etadi. Tadqiqotchi odamlar bilan munosabatga kirishishi va xulq usullarini shakllantirishning roli haqida mulohaza yuritib, ular taasurotlarda va kechinmalarida aks etishini alohida ta’kidlaydi va atrofdagi kishilar o‘zaro munosabatda asta – sekin boyib borishi uqtiriladi. O‘zaro baholashda va yechimlarda muayyan guruhga, etnosga taaluqli kamolot darajasi namoyon bo‘ladi. Shaxsga muomalaning ta’sir etish sharoitlari va psixologik omillari muallif ijodiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. So‘z ta’siriga moyillik ko‘p jihatdan shaxsning tashqi ta’sirlarga berilish darajasiga, qayta ishontirish qobiliyatiga
19
bog‘liq. Moyillik shaxsning intelektual xarakterologik barqaror xususiyati muhsuli emas, balki odamlarning o‘zaro munosabatlari natijasi hisoblanadi. Muallif muomala bilan nevrozlarning psixoterapiyasini hal qilish yuzasidan muayyan izlanishlarni olib borgan va ularning negizida nevrozlarning psixogenetik nazariyasi vujudga kelgan. Uning tahlil qilishicha, shaxsning patologik rivojlanishi negizida psixogen reaksiyalar, uning uchun hayotiy masala sifatida hukm suruvchi ob’ektiv borliqqa nisbatan munosabatlar shakllanishidagi buzilishlar yotadi. V.N.Myasishchev nevrozlarni shaxs munosabatinig buzilishi deb tariflaydi. Uning namoyon bo‘lish sabablari quyidagilardan iborat: - munosabatlardagi noqulaylik, muomalada keskin saralab ish ko‘rish, odam o‘zini xotirjam. Bemalol tuta oladigan shaxslar doirasining kengayishi; - o‘zini – o‘zi baholashning o‘zgarib turishi, o‘zini – o‘zi baholash, ayniqsa ahamiyatli shaxslar ishtirokida g‘oyat yuqoriga ko‘tarilishi yoki aksincha keskin pastga tushishi; - ahamiyatli shaxslar ishtirokida faollikni, ayniqsa, nutq faolligining susayishi (nutq susayib, keskin tarzda to‘xtatib bo‘lmaydigan darajada sergaklik bilan almashinishi); - faoliyatni o‘ziga nisbatan munosabat bilan almashtirishga intilish; - shaxsiy kechinmalari va xavfsirashlariga uzliksiz diqqatni yo‘naltirish orqali muayyan ob’ektga noto‘g‘ri taqsimlanishi va ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz ko‘chirilishi; - ongsiz ravishda ortiqcha hadiksirash, xavotirlanish, davradagi odamlar bilan ixtilof chiqishidan vahimaga tushish va hokazo. Muallifning fikricha, sanab o‘tilgan belgilarning majmuasi shaklgan nevrozni ifodalaydi. Shaxs nevrozga uchramasligi ham mumkin, lekin uning ayrim belgilari favqulotda ko‘zga tashlanadi, bular kutulma tariqasidagi ehtimollik holatning nevrozga taaluqli ko‘rinishi holos. Ushbu holatlarni bartaraf etish yoki oldini olish yordami bilan odamlarda muomala jarayonini maqsadga muvofiq kechishini ro‘yobga chiqarish mumkin. Aks holda ayrim nevroz belgilarining 20
tasadifiy holda shaxsda vujudga kelishi shaxslararo munosabatda sub’ektiv to‘siq vazifasini bajaradi, deydi olim. Xullas, muallifning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid asarlarining taxlilidan ko‘rinadiki, muomala jarayoni shaxsning xususiyatlari, xarakteri, mayli, qobiliyatiga ta’sir etishdagina rivojlanmasdan, balki muloqotda ishtirok etuvchilarning psixik jarayonlari bilan ham bog‘liqligi namoyon bo‘lar ekan. Shuning uchun V.N.Myasiщev ishlarining alohida tomoni muomala, uning psixologik tuzilmasi bilan muloqot ishtirokchilari psixik jarayonlari orasidagi munosabat xususiyatlarini ochib berilishida yaqqol ko‘rinadi. Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan vazifalar va murakkab jarayon tuzilmasini atoqli olima G.M.Andreeva o‘zining “Ijtimoiy psixologiya” kitobida quyidagi ko‘rinishda taklif etadi: a) muloqotning kommunikativ tomoni, ya’ni o‘zaro munosabat yoki muloqotga kirishuvchilarning o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi jarayoni sifatida; b) muloqotning interaktiv tomoni, ya’ni muloqotga kirishuvchilarning xulq atvorlariga ta’sir jarayoni sifatida; v) muloqotning perseptiv tomoni, ya’ni muloqotga kirishuvchilarning bir birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bog‘liq jarayon sifatida. Muallifning fikricha, odamlar muloqot jarayonida so‘zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to‘xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig‘i, ko‘z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o‘zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo‘lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to‘ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o‘rnini bosadi. G.M.Andreevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining ikki mingga yaqin ko‘rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko‘zlar to‘qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta’sir ko‘rsatishi maxsus tadqiqotlar jarayonida o‘rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo‘lishini ta’minlab, odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. 21
Rus psixologi A.L.Juravlyov o‘z tadqiqotlarida jamoada iliq psixologik muhitni yaratishda muloqot madaniyatining o‘rni masalalariga keng e’tibor qaratadi. Uning fikricha, lider shaxsining dilkashligi, kirishimchanligi, muloqotmandligi kabi xususiyatlari jamoada rahbarlik qilishda jamoada iliq psixologik muhitni yaratishda muhim o‘rin tutadi. Lider muomala yordami bilan jamoada hamkorlik faoliyatini tahlil, tashkil qiladi, ijrochilar faoliyati va xulqini boshqaradi, deydi. V.V.Goranchuk tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga suyanib shuni ta’kidlash mumkinki, jamoa faoliyatini samarali boshqarishda axborot olish, yig‘ish, qayta ishlash va axborot berish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Lider faoliyatining asosini aynan muloqot jarayoni tashkil etib, uni mohirona olib boruvchi liderlarda o‘z vazifalarini samarali tarzda tashkil etish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va namunali xizmat ko‘rsatish imkoniyati yanada oshadi. Qabul qilingan qarorning ijrosini ta’minlash, bo‘ysunuvchilar va jamoa faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, nazorat va rag‘batlantirish ishlarida lider shaxsining fazilatlaridan tashqari, uning kommunikativ xususiyatlari ham muhim o‘rin tutadi. Muallif muloqot haqidagi qarashlarida boshqalar bilan til topishish, ularga g‘ayrat bag‘ishlash, jamoa maqsadi sari yetaklash, muomalada ta’sir ko‘rsatish haqida batafsil to‘xtaladi. Uning fikricha, muloqot quyidagi xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olishi shart: a) sherik har doim sub’ekt uchun ahamiyatli shaxs sifatida o‘zini namoyon qilishi; b) sheriklik munosabatlarida bir-birini tushunish imkoniyatining mavjudligi; v) samarali hamkorlikka erishish. Atoqli rus psixologi B.G.Ananevning muomala to‘g‘risidagi qarashlari alohida ahamiyatga ega. U muomalaning tuzilishi, funksiyalari, shakllanishi, shakllari va o‘ziga xos mexanizmlarini chuqur o‘rganib, tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif muomalaning nutqli, nutqsiz (noverbal) va ichki tomonlarini farqlaydi. 22
B.Ananevning ta’kidlashicha, muomala vositasi yordami bilan bola dastavval kattalar tomonidan tashkil qilinadigan ta’lim va tarbiya aktiga qo‘shiladi, so‘ng u o‘zini qurshab turgan voqelikni egallashga, idrok qilishga o‘rgana boradi, ijtimoiy va predmetli dunyoda, jamiyatda yaratilgan ashyoviy operatsiyalar usuli va shakliga binoan to‘g‘ri harakat qilishga odatlana boshlaydi, ma’lum tarixiy – ijtimoiy to‘zum, muayyan muhit tomonidan qabul qilingan xulq normalari, etalonlari (namuna)ga moslashishga intiladi. Bu jarayon biologik va ijtimoiy omillar, dasturiy mukammal ta’sir o‘tkazish va ma’naviy vositalarni egallash hamda o‘zini – o‘zi namoyon etish orqali amalga oshadi. V.Zaporojets va M.I.Lisina tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridar biri – bu muomalaga nisbatan ehtiyojdir. Mualliflar tadqiqotida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji 7 yoshigacha bir necha bosqichlar tarzida rivojlanib boradi. Ular quyidagilardir: 1) E’tibor va hayrihoxlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi. 2) Kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug‘iladi. 3) Avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji qo‘shiladi. 4) Maktabgacha yoshdagi bola atrofdagilar bilan o‘zaro bir – birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi. Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Parыginning yozishicha, “muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni; b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshka bir shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshkalarga ta’sir kursatish jarayoni; d)bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; ye) shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni.
23
T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida “Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi” deb yozadi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat kilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, totinib yursa, demak, u boshqalar bilan, suxbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot-muloqotning ikkinchi bosqichidir. Uchinchi bosqich avlodlar o‘rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga o‘zatadilar. Insonni inson tomonidan idrok etilishida yo‘naltirishning roli kattadir. Bu ayniqsa, noma’lum inson haqidagi ilk fikrlarini olishda muhimdir. Bu borada A.A.Badalyov o‘tkazgan tadqiqotlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ikki guruh talabalariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik olim deb tanishtirilib, ularga portretni yozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi xarakteristika beriladi: “Ko‘zlarini ichkariga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan, o‘zun dahan boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga yetkazish” kabilar ekanligi qayd etilgan. Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda o‘zun dahan - qiynchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholanadi. Demak, insonni inson tomonidan idrok etilishida yo‘naltirishning ahamiyati katta ekan. A.A.Bodalev muloqot jarayonida tanishuv jarayonining ahamiyati haqida to‘xtalib, bunda o‘zgalar haqida qay tarzda ma’lumot olinishini aniqlash borasida maxsus tajribalar o‘tkazgan. Aniqlanishicha, boshqa odam idrok qilingan paytda birinchi bo‘lib uning soch turmaklashiga e’tibor qaratilar ekan. Sochdan keyin e’tibor insoning ko‘ziga karatiladi. Ma’lumki ko‘z, o‘z navbatida, inson haqida juda ko‘p ma’lumot beradi. Boshqa tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, inson ko‘z qorachiѓining me’yordan ko‘ra salgina kengayishi o‘zga kimsalarda unga nisbatan 24
jozibadorlik ruhini uyѓotadi. Aksincha, ko‘z qorachig‘inig torayishi esa atrofdagilarni o‘zidan jerkish kuchiga egaligi aniqlangan. Quvnoq va hayotga zavq bilan qaraydigan kimsalar nafaqat tabassum qiladilar, balki ularning ko‘z qorachig‘i ham noxush his uyg‘otuvchi kimsalarga nisbatan kengroq bo‘lar ekan. Demak, insonning aynan yuz ifodasi simpatiya uyg‘otuvchi birlamchi manba hisoblanadi. Umuman olganda, rus psixologlarining asarlarida muloqot muammosining mohiyati, turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘rinishlari hamda uning inson shaxsi uchun ahamiyatli tomonlari haqida ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlar to‘plangan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling