Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


Bitiruv malaka ishining tuzilishi


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana09.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#256752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.

    Bitiruv malaka ishining tuzilishi.  Kirish, 3 bob, 8 paragraf, umumiy xulosalar, 

foydalanilgan  adabiyotlar  ro`yxati  hamda  ilovalardan  iborat  bo`lib,  jami    sahifani 

tashkil etadi.    

 



 

11 


I-. BOB. Kichik maktab yoshi davrida nutqni rivojlanishi va muloqatga 

kirishish muammolarining jaxon psixologlari tomonidan tadqiq etilishi. 

1.1 Jaxon psixologlari tomonidan muammoning o‘rganilishi. 

O‘rganilgan  adabiyotlar  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  aynan  kichik  maktab 

yoshidagi  o‘quvchilarda  o‘quv  faolligida      nutqni  rivojlanishi    shaxslararo 

munosabatning  shakllanishi,  muloqatga  kirishish  jarayonini  yanada  chuqurroq 

tahlil  qilish  va  uning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  ijtimoiy  psixologik  xususiyatlarni  aniq 

yo‘naltirilgan  tadqiqotlar  asosida  ochib  berish,  bugungi  kunda  ta’lim–tarbiya 

muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Darhaqiqat, bugun har 

jihatdan  omilkor,  mas’uliyatli,  tashabbuskor  va  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  ongli  – 

faol  ijtimoiy  shaxsni tarbiyalash,  undagi ilmiy  salohiyatni to‘g‘ri    yo‘naltira  olish 

nafaqat  ta’limning,  balki  butun  bir  davlatning  ham  kelajak  taraqqiyotiga  dahldor 

bo‘lgan  muhim  vazifalardan  biridir.  Qolaversa,  O‘zbekistonda  kechayotgan 

bugungi  keng  ko‘lamli  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,    beto‘xtov  shakllanayotgan 

bozor  munosabatlari,  fan,  texnika  va  ishlab  chiqarishning  keskin  rivojlanishiga 

javob  bera  oluvchi  jamiyat  va  shaxs  ehtiyojlarining  o‘zaro  uzviy  mutanosibligini 

ta’minlash har bir davr va davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, butun 

dunyoga  ma’lum  va  mashhur  bo‘lgan  Sharq  allomalarining  (Arastu,  Forobiy, 

Beruniy,  Ibn  Sino,  Ulug‘bek,  Navoiy,  Abdulla  Avloniy  va  boshqalar)  o‘nlab 

asarlarida  ta’kidlanganidek,  o‘rta  asrlardayoq,  ayniqsa,  bizning  hududlarimizda 

diniy maktablar, madrasalarga tolibi ilmlarni tanlab olish, ularning aqliy taraqqiyot 

darajasini,  birlamchi  bilim  va  malakalarini,  kasb  yoki  san’atning  alohida  turiga 

moyilligi  hamda  ichki  munosabatining  namoyon  etilishini  hisobga  olgan  holda 

amalga oshirilgan. Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar L.S.Vigotskiy, 

P.P.Blonskiy, 

A.Vallon, 

J.Piaje 

va 


boshqalarning 

aniqlashicha, 

mazkur 

rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan senzitiv-qulay davrlari mavjud 

bo‘lib, ular bolaning o‘zi o‘rab to‘rgan muhitda bog‘cha, oilada tutgan o‘rni, bilish 

jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining rivojlanishi darajasi 

bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Tadqiqotchilarning  ta’kidlashlaricha,  tabiat  va  jamiyatning 

qonunlari  singari  kamol  topayotgan  bola  shaxsi  rivojlanishining  ham  o‘z  qonunlari 




 

12 


bor.Turli  yosh  va  har  xil  jinsdagi  insonlar  psixikasining  rivojlanishi,  o‘zgarishi, 

vatanimizda  yashayotgan  barcha  millat  va  elatlarning  ahloqiy  va  jismoniy  kamol 

topishiga  ijobiy  ta’sir  qiladigan  omillar  hamda  shart-sharoitlarni  bilish  va  ulardan 

unumli foydalanish hozir nihoyatda zarur bo‘lib qoldi. Xalq ta’limi xodimlari, ishlab 

chiqarish  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalarining,  qishloq  xo‘jalik  jamoalarining,  fan, 

adabiyot  va  madaniy-oqartuv  tashkilotlarining  rahbarlari  insonning  har  tomonlama 

kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs bo‘lib 

yetishish  jarayoni  qanday  sodir  bo‘lishini,  keksayishning  xususiyatlari  va  o‘ziga  xos 

jihatlarini  bilishga  qiziqmoqdalar.  Shunday  ekan,  tarbiya  sistemasida  va  ishlab 

chiqarishda  psixologiya  bo‘yicha  bilimsizlik  va  chalasavodlilikni  yo‘qotish  uchun 

bolalar ruhiyatidan qariyalar ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni egallash 

hozirgi  davrimizning  muhim  talabidir.  Mustaqillik  yillarida  bolaning    nutq 

faoliyatini  rivojlantirishga  o‘quv  faolliyati  davomida  to‘g‘ri  yo‘naltirilishini 

asoslab  borishga  qaratilgan  qator  pedagogik–psixologik  tadqiqotlar  olib  borildi, 

qo‘lga kiritilgan empirik ma’lumotlar qaytadan tahlil qilindi. Albatta, olib borilgan 

bu  tahlillar  keng  manodagi  ijtimoiy  shaxsni  rivojlantirish  jarayonini  yanada 

chuqurroq olib borishni taqozo etmoqda.  

 XIX  asr  boshlarida  nutq  mustaqil  fan  darajasiga  erishgan  tilshunoslikda 

o`rganila boshlandi. Tilning psixologik tabiatini o`rgangan, uni inson ruhiyatining 

namoyon bo`lishi, deb baholagan mualliflardan biri V.Gumbol’dt edi. U tilni o`lik 

mahsulot  emas,  balki  doimiy  tug`ilish  natijasi  deb  qaraydi  V.Gumbol’dt 

tadqiqotlari  til-nutq  tafakkuri  muammolari-tilni  tushunish,  mantikiy  va  til 

kategoriyalarini  shakllanishi,  material  (tovushli)  substrat  bilan  fikrlash 

jarayonining munosabati masalalarini o`rganish imkonini beradi. V.Gumbol’dtning 

psixologik tadqiqotlari uning shogirdi tilshunoslikda psixologik yo`nalish asoschisi 

G.SHteyntal  tomonidan  rivojlantirildi.  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  psixologiya 

mustakil  fan  sifatida  shakllanishi  bilan  til  va  nutq  muammosi  ham  psixologik 

tadqiqotlarda o`rganila boshlandi.  

V.Vundt  o`zining  xalqlar  psixologiyasida 

nutqning  psixologik,  psixofiziologik  tomonlariga  alohida  e`tibor  bergan.  Og`zaki 

nutqni insonning his- tuyg`ularini ifodalovchi harakatlar bilan bir qatorga qo`yadi.  



 

13 


 

V.Vundtning  1900  yilda  nashr  qilingan  kitobida  nutqni  kommunikatsiya  - 

aloqa  vositasi  deb  qaralgan,  uning  psixologik,  psixofiziologik  bog`liqligini 

tushuntirib  bergan,  shuning  uchun  ham  hozirga  qadar  ilmiy  ahamiyatini  saqlab 

kelmoqda. 

 

Keyinchalik  til  va  nutq  nazariy-amaliy  jihatdan  o`rganila  boshlandi.  Bu 



sohadagi  eng  muhim  ishlardan  biri  L.S.Vigotskiyning  “Tafakkur  va  nutq”  (1934) 

kitobidir.  Bu  kitobning  markaziy  g`oyasi-nutqning  ijtimoiy  tabiati,  muomala 

vositasi  sifatidagi  imkoniyatlarining  tasdiqlanishidir.  L.S.Vigotskiy  tafakkur  va 

nutqni  yaxlit  dialektik  birlikda  deb  qaraydi.  Fikr  so`zda  ifodalanibgina  kolmay, 

balki  mukammallikka  ham  erishadi.  Fikrdan  nutqqa  o`tish-fikrni  qismlarga 

bo`linishi va so`zda ifodalanishidir. 

 

P.P.Blonskiy tafakkur va nutqni uzilmas aloqasini ta`kidlash bilan birga, ular 



aynan  bir  narsa  emasligini  ham  uqtiradi.  U  I.P.Pavlovning  shartli  reflekslar 

haqidagi ta`limotiga asosan so`zning signallik tabiatiga alohida e`tibor beradi. 

 

S.L.Rubinshteyn nutqning ong bilan bog`liqligini ko`rsatib bu birlikda inson 



ongining  ijtimoiy  tabiati  o`z  aksini  topadi.  Nutq-bu  boshqa  kishi  uchun 

gapirayotgan  insonning  fikrlari,  his-tuyg`ularining  mavjud  bo`lish  shaklidir.  So`z 

muloqotda tug`iladi va muloqot uchun xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi. 

 

V.M.  Bexterev  laboratoriyasida  nazariy  ta`limotlarga  asosan  nutq 



eksperimental  yo`l  bilan  o`rganildi.  4-15  yoshdagi  bolalar  guruhlarini  o`rganish 

orqali  E.M.  SHevaleva  va  O.M.Ergol’skayalar  mulokot  va  nutq  maxsulini  tahlil 

qilish  metodikasini  ishlab  chikishdi.  Bolalar  nutqining  individual  xususiyatlari 

o`rganildi.    Nutq  psixologiyasining  eng  muhim  yo`nalishlaridan  biri  nutqning 

akustik tomonini o`rganishdir. Nutq akustikasi fizik akustika, lingvistika fonetika, 

kibernetika,  va  boshqa  fanlar  tomonidan  ham  o`rganiladi.  Psixolog  uchun  nutq 

tovushlari  -  gapirayotgan  kishi  artikulyar  apparatining  faoliyati  natijasidir.  Bu 

faoliyat  doimo  eshitish  analizatorining  nazoratida  bo`ladi  va  inson  miyasining 

maxsus bo`limlari, motor buyruqlari bilan boshqariladi. 

 

V.A.Artyomov raxbarligidagi laboratoriyada nutq akustikasini o`rganadigan 



metodikalar  va  apparaturalar  ishlab  chiqildi.  Ohang  va  jumlani  talaffuz  qilishni 


 

14 


o`rganish  uchun  elektrodinamik  rekorder,  nutq  tovushlarini  avtomatik  tahlil 

qiluvchi-  spektograf,  artikulyatsiyani  yozib  oluvchi  rentgenografik  kurilma  shular 

jumlasidandir.  eksperimental  tadqiqot  uchun  akustik  hodisalar  -  ohang,  tovush, 

fonema va bo`g`inlar ham qamrab olindi. Bu hodisalar psixologik jihatdan nutqni 

idrok qilish, tanish va tushunish tomondan o`rganiladi.  

Tabiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha 

bo‘lib,  uning  talqini  ham  shu  qadar  keng  va  xilma-xildir.  Shu  nuqtai  nazardan 

munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot 

olib  borgan  faylasuflar,  psixologlar,  sotsiologlar,  psixofiziologlar,  pedagoglar  va 

qator  ijtimoiy  fanlarning  vakillari  (B.G.Ananev,  G.M.Andreeva,  A.N.Bodalev, 

Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vugotskiy, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, I.G.Pavlov 

K.K.Platonov, 

 

S.L.Rubinshteyn, 



V.V.Stolin, 

E.G‘ozievlar) 

munosabat 

kategoriyasining  u  yoki  bu  yo‘nalishini  ilmiy  jihatdan  asoslab  beradilar. 

Jumladan,  munosabat  mezoni  faylasuflar  talqinida  shaxs  va  borliq  o‘rtasidagi 

ko‘prik  sifatida,  psixologlar  talqinida  shaxsning  «ichki  va  tashqi»  faoliyati 

o‘rtasidagi  hissiy  kognitiv  va  xulq-atvor  komponentlari  asosida  namoyon 

bo‘luvchi intilishlarning mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy 

muhitga  nisbatan  xayrixoxlik  yoki  norozilikning  ifodalanishi  sifatida, 

psixofiziologlar talqinida, shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, 

pedagoglar talqinida esa,  o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» ixtiyoriy 

qiziqish orqali  yoki majburan  yuzaki  bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli 

sifatida  e’tirof  etiladi.  O‘quv  faoliyati  esa  xuddi  shu  tadqiqiy  yo‘nalishlarga 

tayanadi va shaxs faoliyati tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  Bu 

o‘rinda  professor  E.  G‘oziev  tomonidan  qator  ilmiy  mulohazalar  bildirilgan. 

Chunonchi,  hozirgi  kunda  shaxsga  sub’ektiv  munosabat  muammosini  ijtimoiy 

jihatdan  turmushda  qaror  toptirish  uchun  «odam-inson-shaxs-induviduallik-

sub’ekt-komillik» ierarxiyasiga rioya qilish, shaxsga sub’ektiv munosabat,  ya’ni 

unda  robot  sifatida  barcha  xususiyatlarni  bir  tekis  shakllantirish  mumkin    degan 

xato  nazariyadan  voz  kechish,  «sub’ekt-sub’ekt»  aloqasini  vujudga  keltirish,  har 

kanday  sub’ekt  –  shaxs,  lekin  har  qaysi  shaxs  sub’ekt  emasligi  muammosini 



 

15 


yechish, shaxs sub’ekti bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, 

dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi 

mulohazalar  shaxs  munosabatlari  motivatsiyasi  talqinida  muhim  o‘rin  tutadi. 

Ushbu muamoni bolalar psixologiyasi sohasida ko‘plab olimlar izlanishlarida o‘z 

aksini  topgan.  Jumladan  o‘zbek  psixologlaridan  E.G‘oziev,  R.Toshimov  va 

boshqlar  bolalarning  nutqini  rivojlantirishda  ijtimoiylashuv  muammolari  va 

shaxslararo  munosabatlarning  ahamiyatini  o‘rganlar.    Lekin  shunga  qaramasdan 

bu  sohada  hali  o‘z  yechimini  kutib  yotgan  muammolar  anchagina  .Bola  nutqini 

rivojlantirish ularning bog‘cha yoshidanoq e’tiborga olinadi, maktabga borgandan 

so‘ng  u  yanada  rivojlantirish  va  xatoliklardan  holi  qilish  maqsadida  turli 

pedagogik-  psixologik  usullardan  foydalanishni  taqozo  etadi.    Shu  nuqtai 

nazardan  ushbu  muammoni  o‘rganish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  uning  bugungi 

kundagi dolzarb masalalardan ekanligini ko‘rsatadi. 

Shaxslararo  munosabatlarda  muloqot  va  nutqning  inson  psixik  dunyosiga 

ta’siri  masalalari  rus  psixolog  olimlardan  L.S.Vigotskiy,  S.L.Rubinshteyn, 

A.N.Leontev, 

B.G.Ananev, 

A.V.Zaporojets, 

A.A.Bodalev, 

B.F.Lomov, 

A.A.Leontev, M.I.Lisina va boshqalarning tadqiqot ishlarida  muhim o‘rin tutgan. 

    Rus  psixologiya  maktabining  asoschilaridan  biri  L.S.Vigotskiy  asarlarida 

ham  muloqot  va  nutq  muammosi  juda  keng  o‘rin  egallagan.  Olim  bola  shaxsi 

psixik dunyosi  rivoji  va taraqqiyotida  muomala  va nutqni  rivojlantirishning o‘rni 

va  ahamiyatini  tushuntirib  shunday  deydi:  “Bola  shaxsiy  faolligini  namoyon 

bo‘lishining  asosiy  yo‘li  kattalar  bilan  muomalasi  hisoblanadi...Uning  tashqi 

olamga munosabati hamisha boshqa odam orqali munosabat bildirishdir”.

5

  



     L.S.Vigotskiyning  konsensiyasiga  binoan  bolaning  shaxs  sifatida 

shakllanishi ijtimoiy  qonuniyatlari bilan aniqlanadi, insonning tug‘ilishidan tortib 

to  butun  umri  bo‘yi  uni  qurshab  turgan  borliq  bilan  o‘zaro  ta’sirda  muomala 

muhim  o‘rin  egallaydi.  Uning  nuqtai  nazaricha,  ontogenizda  genetik  jihatdan 

birlamchi  o‘zaro  ta’sir  bahs,  dialogdir;  ikkilamchi  esa  individning  ongi,  ruhiy 

jarayonlarining individualligidir. Psixikaning rivojlanish jarayoni, eng avvalo sifat 

                                                 

5

  




 

16 


va  tizimiy  o‘rganishlari  bilan  tavsiflanadi.  Muallif  bu  haqda  to‘xtalib,  “Biz 

madaniy  rivojlanishning  umumiy  genetik  qonunini  mana  shunday  shaklda 

ifodalashimiz  mumkin:  bolaning  madaniy  o‘sishida  har  qanday  funksiya 

baholanishi uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo‘ladi, avval ijtimoiy, keyin 

psixologik, shuningdek, shaxslararo interpsixologik kategoriya sifatida so‘ng bola 

ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida”, degan edi. 

     L.S.Vigotskiy shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol va vosita muomala 

va  nutq  jarayoni  ekanligini  uqtiradi.  Uning  fikricha,  shaxslararo  munosabatlarda 

dastavval muomaladagi nutqiy faollik asosiy vosita, so‘ngra esa xulq-atvor vositasi 

turadi.  Chunki  inson  yakka  qolgan  paytda  ham  muomala  funksiyasini  o‘zida 

saqlaydi.  L.S.Vigotskiy  qarashlaridan  yana  shu  jihat  ko‘rinadiki,  muomala 

intereorizatsiya,  ya’ni  ichki  nutq  va  ektereorizatsiya,  ya’ni  tashqi  nutq,  muomala 

shakllarida  namoyon  bo‘ladi.  Bundan  ko‘rinadiki,  muomala  tufayli  shaxs 

ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. 

     Demak,  muallifning  muomala,  shaxslararo  munosabatlar  psixologiyasiga 

oid fikrlari g‘oyat qimmatli, chunki unda biz shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni uchun 

muhim asos sifatida muomalani ko‘ramiz va shaxs shakllanishida bu jarayonning 

qimmati cheksiz ekanligini yanada anglaymiz.  

      Bu  o‘rinda  jahon  psixologiyasi  muomala  muammosi  tadqiqotning 

boshlovchilaridan,  eksperimental  yo‘nalishning  yorqin  namoyondalaridan  biri 

bo‘lmish  V.M.Bexterev  ijodiyotini  tahlil  qilish  muhim  ahamiyatga  ega. 

Muallifning  boy  merosida  muomala  muammosi  ijtimoiy  –  psixologik  nuqtai 

nazardan kelib chiqqan holda o‘rganilgan. 

    Bexterev  ijtimoiy  hayotda  muomalaning  rolini  tavsiflab,  uning 

funksiyalarini,  hamkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  mexanizmi  va  jamoviy 

sub’ektni  shakllantirish  sifatida  ajratib,  individual  tajribani  saqlab  qolish  va 

yoyishning,  uni  avlodga  o‘zatishning,  ijtimoiy  qadriyatlarning  tarixiy  vorisligini 

ta’minlashning  sharoiti  tariqasi  talqin  qilingan.  Uning  fikricha,  shaxsning  uni 

atrofidagi  odamlar  bilan  muomalasi  qanchalik  xilma  –  xil  va  boy  bo‘lsa, 

shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga oshadi. 




 

17 


     V.M.Bexterev  muomalani  shartli  ravishda  “bevosita”  va  “bilvosita” 

turlarga  ajratadi.  Bilvosita  muomalaning  tarkiblari  sifatida  xat,  telegramma, 

telefon, teri – tuyush vositalari (ko‘zi ojizlar alifbosi) tana a’zolarining bir – biriga 

tegishi,  bo‘sa  olish,  erkalanish,  urishish,  jinsiy  aloqa,  harorat  va  elektr 

qo‘zg‘atuvchilari,  hid  stimullari  (qitiqlovchilari)  va  boshqalarni  kiritadi.  Uning 

fikricha,  eng  qulay  muomala  usuli  nutq  hisoblanadi,  ayniqsa  “og‘zaki  va  yozma 

yoki  yozma  so‘z”.  Bundan  tashqari  u  buyumlar,  yodgorliklarni  ham  muomala 

vositalari qatoriga kiritadi. 

      V.M.Bexterevning  boy  merosida  shaxslararo  munosabatlar  muammosi, 

xususan,  muomala  mavzusi  ijtimoiy  psixologik  nazariya  jixatidan  o‘rganilgandir. 

Uning  qarashlarida  insonlarning  o‘zaro  ta’sir  etishlari  muhim  muammo  sifatida 

talqin etiladi. V.M.Bexterev ijtimoiy hayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning 

funksiyalarini  hamkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  mexanizmi  sifatida  ajratib 

talqin  qiladi.  Uning  fikricha,  shaxsning  atrofdagilari  bilan  muomalasi  qanchalik 

xilma  xil  va  boy  bo‘lsa,  shunchalik  uning  taraqqiyoti  muvaffaqiyatli  amalga 

oshadi. 


      V.M.Bexterev  muomalaning  ijtimoiy  roli  va  funksiyasini  taxlil  etishda 

uning  ko‘rinishlari  bo‘lmish  taqlid  va  ta’sirlanish  ahamiyatiga  to‘xtaladi.  Uning 

fikricha,  taqlid  bo‘lmasa,  shaxs  ham  yuzaga  kelmas  edi.  Chunki  taqlid  o‘z 

materialini  muomaladan  olishini  uqtiradi.  Ta’sirlanish  esa  ijtimoiy  jarayonlar 

namoyon bo‘lishining omili tariqasida qaraladi. 

    Muomalani  eksperimental  o‘rganish  ishi  ham  Bexterev  tomonidan  amalga 

oshirilgan  bo‘lib,  u  M.V.Lange  bilan  hamkorlikda  ishlab  chiqilgandir.  Uning 

asosida  individual  faoliyat  vaziyatlarida  va  muomala  sharoitida  har  xil  psixik 

jarayonlarning qiyin tahlili yotadi hamda jamoaviy refleksologiya tamoyili asosida 

quriladi.    Bexterev tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasining ko‘rsatishicha, 

muomala idrokning detalizatsiyasiga va uning aniqligiga ta’sir qiladi; detallarning 

miqdori  va  ularni  idrok  qilish  to‘g‘riligi  oshadi,  real  vaziyatlar  alomatiga 

nomunosib, illyuzion soni kamayishi ko‘zatiladi. 

      V.N.Myasishchev  asarlarida  ham  muomala  psixologiyaning  nazariy  va 




 

18 


tatbiqiy  muammolari  keng  yoritilgan.  U  o‘zi  yaratgan  konsepsiyani  “Shaxsning 

munosabatlar  psixologiyasi”  deb  nomlaydi.            V.N.Myasiщevning  mazkur 

konsepsiyasiga ko‘ra, shaxs “dialogik” xususiyatli, muomalaning shaxsiy tajribasi 

va boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabat mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Shu 

tufayli  shaxsda  qiziqish  darajasi,  emotsiya  kuchi,  xohish,  extiyoj,  ijtimoiy 

yo‘nalganlik kabi shaxsni harakatlantiruvchi ichki kuchi tarkib topadi va bu uning 

kechinmalari, xulqida, harakatida ifodalanadi. 

     Agarda  aksariyat  mualliflar  muomalani  o‘rganish  kishilar  o‘rtasida 

o‘rnatiladigan  nutqiy  kommunikatsiya  sifatida  tadqiq  etish  bilan  cheklangan 

bo‘lsalar,  V.N.Myasishchev  uning  rasmiy  va  ma’naviy  tavsiyalarining  bosh 

masalasiga  qat’iy  ahamiyat  beradi,  uni  yaxlit  olib  qarashga  intilib,  muayyan 

shaxslarning  o‘zaro  ta’sir  etish  jarayoni,  ma’lum  ma’noda  birining  ikkinchisiga 

bog‘liqligi  va  bir  –  biriga  ta’sir  o‘tkazuvchanligi  tarzida  qaraydi.  Tadqiqotchi 

mulohazasicha,  odamlarning  o‘zaro  munosabatlari  bilan  ularning  bir  –  birini  

muomalada  aks  ettirish  o‘rtasida  aloqa  bo‘lishi  shak  –  shubhasiz.  Muomalada 

shaxsning  munosabatlari  har  xil  faollik, tanlovchanlik, ijobiy  va  salbiy  xususiyati 

bilan aks etadi. Muomala yoki munosabat shakli, usuli insonning insonga murojati 

hisoblanadi. 

     V.N.Myasishchevning  asarlarida  munosabatlar  xususiyatini  aniqlashga 

keng o‘rin berilgan. Qaysiki ular muloqotga kirishuvchi odamlar shaxsining asosiy 

xususiyatlarida  namoyon  bo‘luvchi  aql,  hissiyot,  iroda  kabilarga  ta’sir  etadi. 

Tadqiqotchi  odamlar  bilan  munosabatga  kirishishi  va  xulq  usullarini 

shakllantirishning  roli  haqida  mulohaza  yuritib,  ular  taasurotlarda  va 

kechinmalarida  aks  etishini  alohida  ta’kidlaydi  va  atrofdagi  kishilar  o‘zaro 

munosabatda  asta  –  sekin  boyib  borishi  uqtiriladi.  O‘zaro  baholashda  va 

yechimlarda muayyan guruhga, etnosga taaluqli kamolot darajasi namoyon bo‘ladi. 

Shaxsga  muomalaning  ta’sir  etish  sharoitlari  va  psixologik  omillari  muallif 

ijodiyotida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.    So‘z  ta’siriga  moyillik  ko‘p  jihatdan 

shaxsning  tashqi  ta’sirlarga  berilish  darajasiga,  qayta  ishontirish  qobiliyatiga 



 

19 


bog‘liq. Moyillik shaxsning intelektual xarakterologik barqaror xususiyati muhsuli 

emas, balki odamlarning o‘zaro munosabatlari natijasi hisoblanadi. 

      Muallif  muomala  bilan  nevrozlarning  psixoterapiyasini  hal  qilish 

yuzasidan  muayyan  izlanishlarni  olib  borgan  va  ularning  negizida  nevrozlarning 

psixogenetik  nazariyasi  vujudga  kelgan.  Uning  tahlil  qilishicha,  shaxsning 

patologik  rivojlanishi  negizida  psixogen  reaksiyalar,  uning  uchun  hayotiy  masala  

sifatida  hukm  suruvchi  ob’ektiv  borliqqa  nisbatan  munosabatlar  shakllanishidagi 

buzilishlar yotadi. 

     V.N.Myasishchev nevrozlarni shaxs munosabatinig buzilishi deb tariflaydi. 

Uning namoyon bo‘lish sabablari quyidagilardan iborat: 

-  munosabatlardagi  noqulaylik,  muomalada  keskin  saralab  ish  ko‘rish,  odam 

o‘zini xotirjam. Bemalol tuta oladigan shaxslar doirasining kengayishi; 

-  o‘zini  –  o‘zi  baholashning  o‘zgarib  turishi,  o‘zini  –  o‘zi  baholash,  ayniqsa 

ahamiyatli  shaxslar  ishtirokida  g‘oyat  yuqoriga  ko‘tarilishi  yoki  aksincha  keskin 

pastga tushishi

- ahamiyatli shaxslar ishtirokida faollikni, ayniqsa, nutq faolligining susayishi 

(nutq  susayib,  keskin  tarzda  to‘xtatib  bo‘lmaydigan  darajada  sergaklik  bilan 

almashinishi); 

-   faoliyatni o‘ziga nisbatan munosabat bilan almashtirishga intilish; 

- shaxsiy kechinmalari va xavfsirashlariga uzliksiz diqqatni yo‘naltirish orqali 

muayyan  ob’ektga  noto‘g‘ri  taqsimlanishi  va  ob’ektdan  ikkinchisiga  ixtiyorsiz 

ko‘chirilishi; 

 - ongsiz ravishda ortiqcha hadiksirash, xavotirlanish, davradagi odamlar bilan 

ixtilof chiqishidan vahimaga tushish va hokazo.  

     Muallifning  fikricha,  sanab  o‘tilgan  belgilarning  majmuasi  shaklgan 

nevrozni  ifodalaydi.  Shaxs  nevrozga  uchramasligi  ham  mumkin,  lekin  uning  

ayrim belgilari favqulotda ko‘zga tashlanadi, bular kutulma tariqasidagi ehtimollik 

holatning  nevrozga  taaluqli  ko‘rinishi  holos.  Ushbu  holatlarni  bartaraf  etish  yoki 

oldini  olish  yordami  bilan  odamlarda  muomala  jarayonini  maqsadga  muvofiq 

kechishini  ro‘yobga  chiqarish  mumkin.  Aks  holda  ayrim  nevroz  belgilarining 




 

20 


tasadifiy  holda  shaxsda  vujudga  kelishi  shaxslararo  munosabatda  sub’ektiv  to‘siq 

vazifasini bajaradi, deydi olim. 

      Xullas,  muallifning  shaxslararo  munosabatlar  psixologiyasiga  oid 

asarlarining  taxlilidan  ko‘rinadiki,  muomala  jarayoni  shaxsning  xususiyatlari, 

xarakteri,  mayli,  qobiliyatiga  ta’sir  etishdagina  rivojlanmasdan,  balki  muloqotda 

ishtirok  etuvchilarning  psixik  jarayonlari  bilan  ham  bog‘liqligi  namoyon  bo‘lar 

ekan.  Shuning  uchun  V.N.Myasiщev  ishlarining  alohida  tomoni  muomala,  uning 

psixologik  tuzilmasi  bilan  muloqot  ishtirokchilari  psixik  jarayonlari  orasidagi 

munosabat xususiyatlarini ochib berilishida yaqqol ko‘rinadi. 

   Shaxslararo  munosabatlarda  yuzaga  keladigan  vazifalar  va  murakkab 

jarayon  tuzilmasini  atoqli  olima  G.M.Andreeva  o‘zining    “Ijtimoiy  psixologiya” 

kitobida  quyidagi  ko‘rinishda taklif etadi:  a)  muloqotning  kommunikativ tomoni, 

ya’ni  o‘zaro  munosabat  yoki  muloqotga  kirishuvchilarning  o‘rtasida  ma’lumotlar 

almashinuvi  jarayoni  sifatida;  b)  muloqotning  interaktiv  tomoni,  ya’ni  muloqotga 

kirishuvchilarning  xulq  atvorlariga  ta’sir  jarayoni  sifatida;  v)  muloqotning 

perseptiv tomoni, ya’ni muloqotga kirishuvchilarning bir birlarini idrok etishlari va 

tushunchalari bilan bog‘liq jarayon sifatida. 

   Muallifning  fikricha,  odamlar  muloqot  jarayonida  so‘zlardan  tashqari  turli 

xil  harakatlardan,  qiliqlardan,  holatlardan,  kulgu,  ohanglar  va  boshqalardan  ham 

foydalanadilar.  Qiliqlar,  mimika,  ohanglar,  to‘xtashlar  (pauza),  hissiy  holatlar, 

kulgu, yig‘i, ko‘z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o‘zaro muloqotning nutqsiz 

vositalari bo‘lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to‘ldiradi, ba’zan 

esa  nutqli  muloqotning  o‘rnini  bosadi.  G.M.Andreevaning  yozishicha,  odam  yuz 

ifodalari, nigohlarining ikki mingga yaqin ko‘rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor 

uchrashganda ko‘zlar to‘qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga 

kuchli  ta’sir  ko‘rsatishi  maxsus  tadqiqotlar  jarayonida  o‘rganilgan.  Bularning 

barchasi  muloqotning  hissiy  tomondan  boy,  mazmundor  bo‘lishini  ta’minlab, 

odamlarning  bir-birlarini  tushunishlariga  yordam  beradi.  Muloqotning  noverbal 

vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab 

o‘tmoq lozim. 




 

21 


 

Rus  psixologi  A.L.Juravlyov  o‘z  tadqiqotlarida  jamoada  iliq  psixologik 

muhitni  yaratishda  muloqot  madaniyatining  o‘rni  masalalariga  keng  e’tibor 

qaratadi.  Uning  fikricha,  lider  shaxsining  dilkashligi,  kirishimchanligi, 

muloqotmandligi  kabi  xususiyatlari  jamoada  rahbarlik  qilishda  jamoada  iliq 

psixologik  muhitni  yaratishda  muhim  o‘rin  tutadi.  Lider  muomala  yordami  bilan 

jamoada  hamkorlik  faoliyatini  tahlil,  tashkil  qiladi,  ijrochilar  faoliyati  va  xulqini 

boshqaradi, deydi. 

V.V.Goranchuk tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga suyanib shuni 

ta’kidlash  mumkinki,    jamoa  faoliyatini  samarali    boshqarishda  axborot  olish, 

yig‘ish,  qayta  ishlash  va  axborot  berish  jarayonlari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Lider faoliyatining asosini aynan muloqot jarayoni tashkil etib, uni mohirona olib 

boruvchi  liderlarda  o‘z  vazifalarini  samarali  tarzda  tashkil  etish,  sifatli  mahsulot 

ishlab  chiqarish  va  namunali  xizmat  ko‘rsatish  imkoniyati  yanada  oshadi.  Qabul 

qilingan qarorning ijrosini ta’minlash, bo‘ysunuvchilar va jamoa faoliyatini to‘g‘ri 

tashkil  etish,  nazorat  va  rag‘batlantirish  ishlarida    lider  shaxsining  fazilatlaridan 

tashqari, uning kommunikativ xususiyatlari ham muhim o‘rin tutadi. 

  Muallif muloqot haqidagi qarashlarida boshqalar bilan til topishish, ularga 

g‘ayrat  bag‘ishlash,  jamoa  maqsadi  sari  yetaklash,    muomalada  ta’sir  ko‘rsatish 

haqida  batafsil  to‘xtaladi.  Uning  fikricha,  muloqot  quyidagi  xususiyatlarni  o‘z 

ichiga qamrab olishi shart: 

a) sherik har doim sub’ekt uchun ahamiyatli shaxs sifatida o‘zini namoyon 

qilishi; 

b) sheriklik munosabatlarida bir-birini tushunish imkoniyatining mavjudligi; 

v) samarali hamkorlikka erishish. 

    Atoqli  rus  psixologi  B.G.Ananevning  muomala  to‘g‘risidagi  qarashlari 

alohida  ahamiyatga  ega.  U  muomalaning  tuzilishi,  funksiyalari,  shakllanishi, 

shakllari  va  o‘ziga  xos  mexanizmlarini  chuqur  o‘rganib,  tadqiqot  ishlarini  olib 

borgan.  Muallif  muomalaning  nutqli,  nutqsiz  (noverbal)  va  ichki  tomonlarini 

farqlaydi. 




 

22 


    B.Ananevning  ta’kidlashicha,  muomala  vositasi  yordami  bilan  bola 

dastavval kattalar tomonidan tashkil qilinadigan ta’lim va tarbiya aktiga qo‘shiladi, 

so‘ng u o‘zini qurshab turgan voqelikni egallashga, idrok  qilishga o‘rgana boradi, 

ijtimoiy  va  predmetli  dunyoda,  jamiyatda  yaratilgan  ashyoviy  operatsiyalar  usuli 

va  shakliga  binoan  to‘g‘ri  harakat  qilishga  odatlana  boshlaydi,  ma’lum  tarixiy  – 

ijtimoiy  to‘zum,  muayyan  muhit  tomonidan  qabul  qilingan  xulq  normalari, 

etalonlari  (namuna)ga  moslashishga  intiladi.  Bu  jarayon  biologik  va  ijtimoiy 

omillar,  dasturiy  mukammal  ta’sir  o‘tkazish  va  ma’naviy  vositalarni  egallash 

hamda o‘zini – o‘zi namoyon etish orqali amalga oshadi. 

    V.Zaporojets  va  M.I.Lisina  tadqiqotlarida  ko‘rsatilishicha,  bolaning 

dastlabki  ijtimoiy  ehtiyojlaridar  biri  –  bu  muomalaga  nisbatan  ehtiyojdir. 

Mualliflar  tadqiqotida  ta’kidlanishicha,  bolalarning  kattalar  bilan  muomalaga 

kirishish ehtiyoji 7 yoshigacha bir necha bosqichlar tarzida rivojlanib boradi. Ular 

quyidagilardir: 

1) E’tibor va hayrihoxlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi. 

2) Kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug‘iladi. 

3)  Avvalgi  barcha  ehtiyojlarga  kattalar  tomonidan  hurmat  qilish  ehtiyoji 

qo‘shiladi. 

4) Maktabgacha yoshdagi bola atrofdagilar bilan o‘zaro bir – birini tushunish 

ehtiyoji vujudga keladi. 

          Shaxslararo  muloqot  jarayoni  juda  murakkabdir.  B.F.Parыginning 

yozishicha,  “muloqot  shunchalik  ko‘p  qirrali  jarayonki,  unga  bir  vaqtning  o‘zida 

quyidagilar kiradi: 

    a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni

    b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; 

    v) bir shaxsning boshka bir shaxsga munosabati jarayoni

     g) bir kishining boshkalarga ta’sir kursatish jarayoni; 

    d)bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 

    ye) shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni.  



 

23 


           T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida “Agar odam ozgina bo‘lsa ham 

o‘zini anglasa, demak,   o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi” deb yozadi. Odamning 

o‘z-o‘zi  bilan  muloqoti  aslida  uning  boshqalar  bilan  muloqotining  xarakterini  va 

hajmini  belgilaydi.  Agar  odam  o‘z-o‘zi  bilan  muloqot  qilishni  odat  kilib  olib, 

doimo  jamiyatdan  o‘zini  chetga  tortib,  totinib  yursa,  demak,  u  boshqalar  bilan, 

suxbatlashishda  jiddiy  qiyinchilikni  boshidan  kechiradi  deyish  mumkin.  Demak, 

boshqalar  bilan  muloqot-muloqotning  ikkinchi  bosqichidir.  Uchinchi  bosqich 

avlodlar  o‘rtasidagi  muloqot.  Bu  muloqot  tufayli  har  bir  jamiyatning  o‘z 

madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini 

tushungan  insoniyatning  eng  ilg‘or  vakillari  uni  doimo  keyingi  avlodlar  uchun 

saqlab  keladilar  hamda  ta’lim-tarbiya  va  kundalik  muloqot  jarayonida  uni 

avloddan-avlodga o‘zatadilar. 

    Insonni  inson  tomonidan  idrok  etilishida  yo‘naltirishning  roli  kattadir.  Bu 

ayniqsa,  noma’lum  inson  haqidagi  ilk  fikrlarini  olishda  muhimdir.  Bu  borada 

A.A.Badalyov  o‘tkazgan  tadqiqotlari  nihoyatda  ahamiyatlidir.  Ikki  guruh 

talabalariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, 

ikkinchi  guruhda  esa  rasmdagi  kishi  yirik  olim  deb  tanishtirilib,  ularga  portretni 

yozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi xarakteristika beriladi: 

“Ko‘zlarini ichkariga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan, o‘zun dahan boshlagan 

ishi, jumladan jinoyatni yakuniga yetkazish” kabilar ekanligi qayd etilgan. Ikkinchi 

guruhda  ichiga  kirgan  ko‘zlari  fikrning  chuqurligi  haqida  gapirib,  bunda  o‘zun 

dahan  - qiynchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholanadi. Demak, insonni 

inson tomonidan idrok etilishida yo‘naltirishning ahamiyati katta ekan. 

   A.A.Bodalev  muloqot  jarayonida  tanishuv  jarayonining  ahamiyati  haqida 

to‘xtalib, bunda o‘zgalar haqida qay tarzda ma’lumot olinishini aniqlash borasida 

maxsus  tajribalar  o‘tkazgan.  Aniqlanishicha,  boshqa  odam  idrok  qilingan  paytda 

birinchi  bo‘lib  uning  soch  turmaklashiga  e’tibor  qaratilar  ekan.  Sochdan  keyin 

e’tibor  insoning  ko‘ziga  karatiladi.  Ma’lumki  ko‘z,  o‘z  navbatida,  inson  haqida 

juda  ko‘p  ma’lumot  beradi.  Boshqa  tadqiqotlar  orqali  aniqlanishicha,  inson  ko‘z 

qorachiѓining me’yordan ko‘ra salgina kengayishi o‘zga kimsalarda unga nisbatan 




 

24 


jozibadorlik  ruhini  uyѓotadi.  Aksincha,  ko‘z  qorachig‘inig  torayishi  esa 

atrofdagilarni o‘zidan jerkish kuchiga egaligi aniqlangan. Quvnoq va hayotga zavq 

bilan  qaraydigan  kimsalar  nafaqat  tabassum  qiladilar,  balki  ularning  ko‘z 

qorachig‘i ham noxush his uyg‘otuvchi kimsalarga nisbatan kengroq bo‘lar ekan. 

Demak,  insonning  aynan  yuz  ifodasi  simpatiya  uyg‘otuvchi  birlamchi  manba 

hisoblanadi.  

   Umuman olganda, rus psixologlarining asarlarida muloqot  muammosining 

mohiyati, turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘rinishlari hamda uning inson shaxsi  

uchun  ahamiyatli  tomonlari  haqida  ham  nazariy,  ham  amaliy  ma’lumotlar 

to‘plangan. 

 

 

 



 


 

25 



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling