Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.
Maktabga kelish arafasida bolaning suz boyligi turli masalalar
bo‘yicha uz fikrining baen eta oladigan darajada ortadi. Agar uz yoshdagi normal rivojlanaetgan bola o‘z nutkida 500-600 suzni ishlatsa, olti yoshli bola 3000-7000 suzni ishlatadi. Boshlangich sinf yoshidagi bolalar nutki asosan ot, fexl, sifat, son va boglovchilardan iborat bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar uz nutklarida kaysi suzlarni ishlatgan maxkul-ku, kaysilarini ishlatish mumkin emasligini farklay oladilar. 6-7 yoshli bola uz jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi.Bola butun bolalik davrida nutkni jadal ravishda egallab borib nutkni uzlashtirish maxlum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 yoshli bolalarning uziga xos yana bir xususiyati borki bola nutkda fakatgina uz fikrini bayon etibgina kolmay, balki uz suxbatdoshining dikkatini uziga jalb kilish uchun ham gapiradilar. Bu davrda yozma nutk ham shakllanishini boshlaydi. Yezma nutk jumlalarni to‘g‘ri tuzish va suzlarni ham to‘g‘ri yozishga maxlum talablar ko‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola suzlarni kanday eshitgan bulsa, 27
shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. Yozma nutk egallash asosida bolalarda turli tekstlar xakida maxlumot ham yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutk endi shakllana boshlagani bois bolada xali uzi yozgan fikrlarni suz va xarflarni nazorat etish malakasi xali juda kam. Lekin unga ijod kilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustakil ijodiy ish maktab yoshidagi o‘quvchida berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniklash. fikrini bayon etish uchun material to‘plash, asosiysini ajratib olish malum ketma-ketlikda materialni bayon etish, reja tuzish malakasi yuzaga keltiradi. Jumlalarni to‘g‘ri tuzish, aynan mazmunga to‘g‘ri keladigan suzlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish ham, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z xolatlarini topa olish, to‘g‘rilay olish ham akliy rivojlanishining kursatkichlaridan hisoblanadi. O‘kish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining akl-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab kolish, esga tushurish imkoniyatlarini rivojlish uchun muxim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Mazkur ta’lim jarayonida ularning bilimlari kulami kengayadi, bilimga qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish kobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustakilligi ortadi, akliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshdagi bolalar uz idroklarining anikligi, ravonligi, utkirligi bilan boshka yosh davrdagi insonlardan keskin fark kiladi. Ular xar bir narsaga berilib, uta sinchkovlik bilan karashlari sababli idrokning muxim xususiyatlarini uzlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 7-10 yoshdagi o‘quvchining idroki uning xatti-harakati, o‘yini va mehnat faoliyati bilan bevosita boglikdir. O‘quvchi uzining ehtiyoji, mayli, qiziqish va intilishi turmushi sharoitiga mos, shuningdek o‘qituvchi tavsiya etgan narsalarni idrok kiladi. Maktabga birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasini yuqori bo‘lishi juda muxim. Maktab yoshiga kelib normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga takkoslagan xolda bilishga 28
harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladilar. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini, turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o‘z munosabatini bildira oladi. Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida uning bilish faolligida ko‘rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi asosan atrof-olamni bilish, o‘rganishiga qaratilgan bo‘ladi. Bola o‘ynab turib olam sir-sinoatlari, sabab-xodisalari va bog‘liklaridan xabardor bo‘lishga intiladi. Masalan, bola o‘zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u shunchalik ko‘p savol beradi va bu savollar asosan xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor, yomg‘ir qanday yog‘ishi, quyosh kechasi qaerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha necha kilometr ekanligini bilish juda qiziqtiradi. Bu ularning juda ko‘p asosan « Nima uchun? », « qanday kilib? », « Nima orqali? » savollariga javob olishga qaratilgan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar Demak, kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir. 6-10 yoshli bola albatta mantiqiy ham fikrlay oladi, lekin bu yosh asosan ko‘rganlariga tayanib ta’lim olishga senzetiv bo‘lgan davr hisoblanadi. So‘zsiz bugungi jamiyatimizda bolalarning aqliy rivojlanishi yangi bilimlarni tuzilish tipiga ham bog‘lik bo‘lib, ular ma’lum darajada shakllangan kattalar tomonidan tuziladi. Chunki intellektual rivojlanish ijtimoii omillar bilan belgilanadi - individ ijtimoiy munosabatlar bilan o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam - ravishda o‘qishga o‘tishi uning atrof-hayotdagi narsa-xodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi. Kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, xukm va xulosa chiqarish, taqqoslash taxlil qilishning turli usullarini qo‘llashdek o‘ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalardan va o‘smirlardan fark kiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustakil fikrlashga o‘rgatish kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarni kamol toptirishning garovidir. O‘kuv faoliyat psixik 29
funksiyalarni yukori rivojlanganlik darajasini talab etadi. Bolaning dikkati,xotira va tasavvuri mustakil tus ola boshlaydi. Lekin odatdagi xolat va vaziyatlarda bolaga o‘z psixik funksiyalarini yukori darajada tashkil etish xali birmuncha kiyinrok. 6,7-10,11 yoshli bolalar bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy zo‘rikish asosidagina, bola o‘zini atrofdagilarning talabi yoki shaxsiy harakati intilgandagina yuzaga kelishi mumkin. Boshlangich sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy zur berish bilan boshkarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bulmaydi. Buning asosiy sababi ularda ixtieriy dikkatning kuchsizligi va bekarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq rivojlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quv materiallarining yakkolligi, yorkinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beixtiyor xis- to‘ygular o‘ygotadi, irodaviy zurikishsiz, osongina fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1 -2 sinf o‘quvchilari dikkatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular diqqatlarini muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat ob’ektda uzoq tura olmaydi. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barkaror, mustaxkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga kulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustakil akliy mehnat kilish, misol-masalalar yechish, mashklar bajarish, takrorlash irodaviy zur berish jarayonida ixtieriy, ongli diqqat tarkib topadi. Bu yoshdagi bolada ixtieriy dikkatni jamlash, tashkil kilish, zarur bulsa uni taksimlash, ongli ravishda boshkarish o‘quvi shakllana boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bola ma’lum darajada uz faoliyatini uzi mustakil rivojlantira oladi. U uz rejasini, u yoki bu ishni kanday ketma-ketlikda bajarishini suz bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish suzsiz bolaning dikkatini tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz dikkat ustunlik kiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar suzsiz uz dikkatlarini intellektual masalalarga karata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yukori motivatsiyalarni tashkil etilishini talab kiladi. Bolaning xaeli tevarak-atrof taasurotlari, tasviriy sanxat asarlarini yetarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. Obrazlar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi. O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini eslab kolishini talab etadi. O‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab kolishi zarurligi 30
xakida kursatmalar beradi. O‘quvchi nimani eslab kolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat kiladi.Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira shubxasiz ustunlik kiladi.Bolaning xotirasida saklab kolishini asosan uning ishga bulgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish eslab kolishning asosiy sharti hisoblanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling