Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi
Bola nutqini rivojlanishida ijtimoiy munosabatlar ta’sirini amaliy
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Verbal ta’sir
- Paralingvistik ta’sir
2.2 Bola nutqini rivojlanishida ijtimoiy munosabatlar ta’sirini amaliy
o‘rganish. Bola nutqini rivojlanishi uning o‘rab turgan ijtimoiy muhitga bog‘liq bo‘ladi. Bola, besh yoshga to‘lib, olti yoshga o‘tganida, odatda, u so‘zlarning mohiyatiga va ma’nosiga ko‘ra talaffuz qila boshlaydi. Ba’zan tovushlarni talaffuz etishdagi nuqsonlar maktab yoshidagi bolalarda ko‘p uchraydi. Bu nuqsonlar ayrim hollarda nutq apparatining nuqsonlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunday hollarda nutqni to‘g‘irlamoq uchun mutaxassis vrachga murojaat qilish kerak. Ko‘pincha esa noto‘g‘ri tarbiya bola nutqidagi mana shunday nuqsonlarning ancha vaqtgacha saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Shaxslararo munosabatlarda katta yoshdagi kishilarning o‘zlari ham juda ko‘p hollarda bolalarning chuchuk tiliga taqlid qilib, xuddi shu bolalardek, nuqsonli til bilan gaplasha boshlaydilar va bolalarning nutq tovushlarini talaffuz qilishidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatmaydilarda, uni o‘zoq muddat saqlanib qolishiga sababchi bo‘ladilar. Natijada bolalarning, nutqidagi kamchiliklar ularda qattiq o‘rnashib qoladi. Bolalarning nutqi to‘g‘ri o‘sib borishi uchun bolalar bilan va bolalar oldida to‘g‘ri gapirish va ularning nutqidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatib turish kerak. Bunday qilinganda bolalarning nutqi hamisha nazorat qilinib turadi, bolalar kattalarning to‘g‘ri nutqiga taqlid qilishga intiladilar, shu tariqa, o‘z nutqlaridagi kamchiliklarni ham tez to‘g‘rilab va tuzatib oladilar. Bolaning o‘z nutqlarida foydalanayotgan so‘zlar tez ko‘paya boshlaydi. Xar bir yoshda bolalar so‘z boyligi turlicha bo‘ladi. Masalan, ba’zi psixologlarning qilgan hisoblarga qaraganda, ikki yashar bolalarning so‘z boyligi 250–400 so‘zga yetadi, bolalar yetti yoshga yetganlarida ulardagi so‘z boyligi 3000–3500 ga boradi, Shved tadqiqotchisi Togd Ergazmning aytishiga qaraganda, to‘rt yoshli bolani dunyoda eng «mahmadona» odam deyish mumkin, bu yoshdagi bola so‘zlarni xuddi o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi. Olimning qilgan hisobiga qaraganda shu yoshdagi bola har kuni 12 mingga yaqin so‘z gapiradi, vaholanki u tushunib ishlatgan so‘z 920 tadan oshmaydi. Olimning ta’kidlashicha, bola to‘rt yoshdan
44
to‘rt yarim yoshga yetguncha uning so‘z boyligi ko‘payib, 920 tadan 1240 taga yetadi. Yetti yashar maktab yoshidagi bolalar gaplashganda 2000dan oshiq so‘zdan foydalanadi, ammo 6000 so‘zning ma’nosini bila olar ekan. Ayni bir yoshdagi bolalarning so‘z boyligi shu bolalar, asosan, qanday muhitda qanday oilada, yaslida, bolalar boqchasida tarbiyalanganligiga, shuningdek, har bir bolaning o‘sishidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Tevarak- atrofdagi odamlar bilan doimiy gaplashib turish sharoitida tarbiyalangan bolalarnig nutqidagi so‘z boyligi 3000 tadan ortadi. Bu holat bolalarning yoshiga ko‘ra oshib borishi kuzatilgan. Bolalarda so‘z boyligi ko‘paya borgan sari ular nutqining semantik jihati ham rivoj topaveradi, so‘zlarning ma’nosini tushunishlari ham rivoj topaveradi. Bolalar o‘z nutqlarini o‘sib borishining dastlabki bosqichlarida, ko‘pincha, so‘zlarni noto‘g‘ri ma’noda ishlatadilar. Ko‘pincha bola tasodifiy belgilariga qarab, ba’zi so‘zlarga butunlay boshqacha ma’no beradi.. Dastlab bola bir so‘zni faqat bitta narsaning ifodasi deb va bir ma’nodagina tushunadi. Chunonchi, u stol degan so‘zni faqat o‘zi bilgan bitta stol deb, piyola deganda o‘zi-o‘zining piyolasini tushunadi. Lekin bola
so‘zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini juda barvaqt egallay boshlaydi, Bir so‘z bilan bir- biriga o‘xshash ko‘p narsalar ifodalana berganligi va shu so‘z qayta- qayta shu ma’noda takrorlana berganligi ta’sir qilib, shu tufayli, bolada so‘zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini tushunish o‘sa boshlaydi. Nutq orqali aloqa bog‘lash tufayli, bola, masalan, bitta stolning o‘zigina emas, balki hamma stolning ham stol deb aytilishini, piyola deb bitta piyolaning o‘zinigina emas, balki hamma piyolalarning ham aytilishini bilib oladi. Shu tariqa, bolaning nutqi o‘sa borishi, o‘z atrofidagi kishilarning tilini o‘zlashtira borishi bilan unda faqat narsalar to‘g‘risida idrok va tasavvurlar paydo bo‘lib va o‘sibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, tushunchadar ham hosil bo‘la boshlaydi. Bu kichik maktab yoshidagi bolalarda fanlarni o‘zlashtirish va og‘zaki nutqni rivojlanishiga yordam beradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yetakchi faoliyati o‘qish hisoblanib, ularning hayotida mehnat esa kamroq o‘rin tutadi. Bu yoshdagi o‘quvchilar 45
nutqining rivojlanishi uni o‘rab turgan atrof muhitga bog‘liq bo‘ladi. Kichik maktab yoshi bolalarining nutqini rivojlantirish va ulardagi psixik taraqqiyot darajasida shaxslararo munosabat va tashqi ijtimoiy muxitning roli kattadir. Bola nutqini rivojlanishi uning o‘quv faoliyatida yanada takomillashtiriladi. Ayni shu vaqtda nutqda kuzatiladigan afaziya xolatlarini oldini olish bolalarning ravon gapirishini ta’minlaydi. Nutq orqali o‘quvchilar tevrak atrof bilan bevosita verbal aloqa o‘rnatadilar. Bu jarayon o‘qish faoliyatida amalga oshirish samarali natija beradi. Endi bola nutqi bevosita o‘zi turgan vaziyatdan tashqaridagi narsalar, munosabatlar tizimida rivojlana boshlaydi, shu paytdagi biron ish-harakat bilan bevosita bog‘lanmagan narsalar haqida ham gapira boshlaydi, ya’ni o‘zi bevosita ko‘rib turmagan narsalar to‘g‘risida gapira boshlaydilar. Bu xildagi nutq esa ularning tasavvurlariga asoslanib fikr qilishning ifodasidir. Bolalarning o‘zicha so‘z yasay boshlashi uning kattalardan eshitgan so‘zlarinigina takrorlab qolmasdan, balki, shu bilan birga, nutqning o‘ziga hos qonuniyatlari asosida haqiqatdan egallay borganliklarni ko‘rsatuvchi belgidir. Bu so‘z yasash shundan iborat bo‘ladiki, shu yoshdagi bolalar o‘zlari bilgan so‘zlarning shakllariga o‘xshatib so‘z tuza boshlaydilar: Ya’ni maktabda o‘rgatilgan alifbedagi xarflar va o‘vqituvchi tomonidan o‘rgatilgan so‘z birikmalariga taqlidan: «non»–«nanna», «osh»–«oshsha», «u yerga»–«o‘ttaga» va hokazo. Bolalar to‘g‘ri tarbiyalanib borganlarida, ayniqsa kichik maktab yoshidagi bolalarda tilning grammatika formalarini amaliy ravishda egallash juda tez qadam bilan olg‘a qarab boradi. Shu yoshda bolalar murakkab gap sintaksisini ham egallab oladilar. Bolaning nutqida bir-biri bilan bog‘langan qo‘shma gaplar paydo bo‘ladi. Bolalarning nutqda sodda gap, bosh gap, ergash gaplar aniq, ko‘rina boshlaydi. Ularning nutqlarida murakkab gaplar ishlatiladi. Bu gaplarda biror sababiyat, maqsad, xulosa, izoh, shart va shu kabilar aks ettirila boshlaydi. Nutqning tuzilishidagi bu murakkab formalar tafakkurning murakkabroq formalari o‘sib borishiga bog‘liqdir. Bolalarda nutq o‘sishining ana shu bosqichida hodisalarning sabablari va bir-biriga bog‘lanishi to‘g‘risida turli savollar tug‘ila beradi. Shu
46
yoshdagi bolalar kattalardan muttasil: «Nega?», «Nima uchun?» deb suray beradilar. Bu esa ularda og‘zaki nutqning grammatikasini amaliy yo‘l bilan egallab oladi deyish mumkin. Bolaning nutqni ana shunday amaliy egallab olishi keyinchalik savod chiqarish va tiliing grammatikasini o‘rganishda katta yordam beradi. Bolalardagi nutqning rivojlanishi ularning maktabdagi do‘stlari, o‘qituvchilari bilan munosabatida tezlashadi. Bola maktabga endi muayyan maqsad bilan boradi. Endi unda maktabga, o‘qishga qandaydir qiziqish paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish
jarayonida bola qaysi fandan muvaffaqiyat qozonsa, hammadan ko‘proq o‘shanga qiziqadi. Shu fandan ko‘proq gapirib berishga harakat qiladi. Bilimlarni muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirish o‘quvchi bolani har doim xursand qiladi. Muvaffaqiyatdan zavqlanish o‘quvchida ishga qiziqish tug‘diradi, binobarin, muvaffaqiyatdan zavqlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, ishga qiziqish ham shunchalik kuchli bo‘ladi. O‘quvchilardagi nutqini o‘sishiga ta’sir etish o‘quv fanlarining mazmuni bilan ham, o‘qitish metodlari yordamida olib boriladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda kelgusida kim bo‘lish masalasi haqida fikr almashishlari ko‘rina boshlaydi. Ulardagi bunday xususiyatlar o‘z ota-onalari va katta yoshdagi maktabdoshlarining gaplari ta’siri bilan, shuningdek, turli kasbdagi kishilar: binokorlar, vrachlar, o‘qituvchilar, traktorchilar, kombaynchilar, o‘quvchi va boshqalarbilan bo‘ladigan suhbatlarda ishtirok etishlari va ular haqidagi dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishlari natijasida paydo bo‘ladi. O‘quvchilar maktab yoshida bilim va tajribalar to‘plashi, umumiy aqliy saviyasining kengayishi munosabati bilan atrofdagi kishilar bilan ancha va murakkab aloqa bog‘lay boshlaydilar, hayotning turli sohalari va faoliyat turlari bilan tanishadilar, xilma-xil qiziqishlarga ega bo‘lgan kishilar bilan uchrashadilar va har xil kasblar bilan tanishadilar. Bularning hammasini o‘quvchilar faqat o‘zlarining bevosita kuzatishlari yo‘li bilangina bilib qolmay,
47
balki kattalarning hikoyalaridan, o‘zlarining o‘qigan kitoblaridan ham bilib boradilar. Shunday qilib, o‘quvchilarda muayyan o‘quv fanlariga yoki umuman bilimga bo‘lgan bevosita qiziqishlar bilan birga muayyan kasbga, hayotning muayyan sohasiga qiziqish mana shunday vujudga keladi. Bolalarda paydo bo‘lgan kasbga qiziqish esa, o‘z navbatida, tanlagan kasbni egallashning sharti bo‘lgan muayyan bilimlarga qiziqishni aktivlashtiradi. Maktab bolalaridagi qiziqishlar faqat yuqorida bayon etilgan tartibdagina hosil bo‘lishi shart emas, balki boshqa yo‘llar bilan ham hosil bo‘lmog‘i mumkin: chunonchi, bolada turli faoliyatga, kasbga qiziqish dastlab atrof-muhitning ta’siri bilan hosil bo‘lmog‘i va so‘ngra bu qiziqish bilimga, o‘quv faniga, to‘garak mashg‘ulotlariga qaratilmog‘i mumkin. Bunday qiziqishlar o‘qish va to‘garak mashg‘ulotlariga qatnash davomida yana mustahkamlanib, qat’iylanib, ancha kuchli va barqaror tus olmog‘i
mumkin. Albatta, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim ishlarining o‘ziyoq o‘quvchilarda qiziqishlar tarbiyalaydi. Har qaysi o‘quv fani va har qanday bilim qiziqarlidir. O‘quvchilarda qiziqish paydo qilish va uni barqaror qilish o‘qituvchilarga bog‘liq. O‘quvchilarda qiziqish paydo qilish va uning barqarorligini saqlab qolish uchun avvalo o‘qitiladigan darslarning emotsional, yorqin va jonli bo‘lishi, o‘quvchilarga beriladigan materiallarni amaliyot bilan bog‘lab borish, so‘ngra esa o‘qib o‘rganiladigan fanlarni turmushning turli sohalaridagi rolini, ko‘rilishimizdagi ahamiyatini bilimlarning kelgusida kasb egallash va ma’lumotni oshirish uchun zarurligini anglab olishi katta ahamiyatga egadir. Birinchi bor maktabga kelgan bola xali o‘zini to‘liq anglashi va o‘zi xatti xarakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o’qituvchigina bolaga .normativ talablar qo‘yishi, ularning xatti xarakatlarini baholashi mumkin. O‘z xatti xarakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o’qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning qoidalariga to‘la amal qilishga xarakat qiladilar. Bola uchun o’qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchy asosiy figura hisoblanib. bu holat 48
uning nafaqat sinfdagi balki umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga bu munosabat esa o‘z-o‘zidan oilasidagi munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning o‘quv faoliyati muvaffakiyatini xam belgilab beradi. O’qituvchining ukuvchilariga ta’sir ko‘rsatishi va munosabatining quyidagi uslublari mavjud. Imperativ (avtoritar) uslub bu qattiqqo‘llik bo‘lib bunda o’qituvchi o‘quvchilarini so‘zsiz o‘ziga bo‘ysinishlarini talab etadi. Lekin nima uchun qattiqqo‘llik qilayotganini yoki o‘quvchilariga nima uchun o‘zlarini shunday tutishlari lozimligini tushuntirib bermaydi, shuningdek o‘quvchilarini o‘z xatti xarakatlarini mustaqil boshqarishga ham o‘rgatmaydi. O’qituvchi dars davomida o‘quvchilaridan jim o‘tirishini, savollarga doimo qo‘l ko‘tarib o’qituvchining ruxsati bilan javob berishni, o’qituvchining ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishini talab etadi. Bu esa bola nutqini passivlashiga olib keladi. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishida kamchiliklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Ma’luski, odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Ijtimoiy munosabatlar jarayonida bolaga ta’sir etish orkali uning nutqini rivojlantirishda quyidagi vositalar mavjud. 1. Verbal ta’sir - bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi - so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalalrda so‘zlarning sub’ekti muhim hisoblanadi. Agar o‘qituvchi tomonidan o‘z nutqini shakllanishi va rivojlanishi haqida ijobiy fikrlarni eshitsa yoki aksi bo‘lsa juda qattiq ta’sirlanadilar. Lekin ota-onasi tomonidan ushbu holat bo‘lsa ularda hech qanday reaksiya yoki ta’sir sezilmaydi.Bundan ko‘rinadiki
49
kichik maktab yoshidagi bolalarning verbal psixologik ta’sirlanishi ularning emotsional holatlariga , shaxs sub’ektining roli katta bo‘lar ekan. 2. Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, bolaga biror narsani va’da qilish va uni bajarish holati, bolaning do‘stlari bilan gaplashayotgan vaqtidagi tovush ohanglari, o‘zaro suxbatning shaxs sub’ektiga nisbatan o‘zgarishi holatlarida bilib olamiz. Kuyib - pishib, chin dildan, ochiq yuz va dadil ovoz bilan b gapiralayotgan so‘zlariga ishonamiz, albatta.ishonch va bola nutqidagi ohangning o‘ziga xos ifodalanishi uning o‘ziga ishonchini ortganligidan dalolat beradi. 3. Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz» dir.Bu holat boladagi imo ishoralarni o‘qishga yordam
beradi. Bolaning tartibga chaqirilishi, rahbarlantirilishi o‘qituvchi yoki ota-onasi tomonidan yuz ifodalarida, hatti harakatlarida nomoyon bo‘ladi. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari, qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir- birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir- birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling