Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.
faoliyatining o‘rganish usullari
2.1 Nutq va muloqatning psixologik tavsifi. Nutq – odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi.Odamlar o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa fikr olishuvga xizmat qiladi. Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida» gaplashadi. Odam o‘ziga notanish bo‘lgan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmay qolsa, odamni ma’yus qiladigan «o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi. Nutq, tarixiy taraqqiyot jarayonida, ong bilan baravar, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog‘lash, bir-birlariga biron narsa aytish ehtiyoji tug‘ilishi natijasida paydo bo‘lgan. Kishi nutqi mehnat jarayonida o‘sib borgan. Har bir kishining nutqi bolalik chog‘idan boshlab o‘sib boradi, buning sababi ham boshqa kishilar bilan aloqada bo‘lish ehtiyojidir. Nutq to‘g‘risida, shu bilan birga til to‘g‘risida gapirganimizda quyidagilarga e’tibor bernshimiz kerak. «Nutq» va «til» degan terminlar ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Ammo bu terminlarning ma’nosini bir-biriga aralashtirib yuborish yaramaydi. Garchi nutq bilan til bir-biriga chambarchas bog‘langan bo‘lsa ham, lekin ularning ikkovi bitta narsa emas. Biz biror kishiga: «Siz qaysi tilda gaplashasiz?» deb savol berganimizda, biz shu kishining nutqi, gapi bilan uning o‘z nutqida qanday tildan foydalanishini aniq farq qilamiz. Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab, uning nutqi o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Ayrim kishilar kasbining 36
xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va shu kabi xususiyatlari ularniig nutqlarida namoyon bo‘ladi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan foydalanib, o‘zicha gapiradi. har bir kishining o‘z nutqi bor. Odam ongining alohida funksiyasi bo‘lgan nutq psixologiya fani tomonidan o‘rganiladi. Har bir avlod o‘zidan oldin o‘tgan avlodlar ishlab chiqqan tilga duch keladi va shu tilni egallab oladi, ya’ni o‘zining nutq orqali qiladigan muomalasida shu tildan foydalanadi. Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog‘langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida vujudga kelgan va o‘sib borgan. Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo‘ladi. Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi – odamlarning bir-birlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishdir. Bu aloqa asosan odamlarning o‘z fikrlarini bir-birlariga aytishlaridan iborat bo‘ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og‘zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifodalash vositasi bo‘lib, biror nima bildirish vositasi bo‘lib, ta’sir o‘tkazish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Nutqda bizning fikrlarimiz bilan birlikda tuyg‘u-hislarimiz ham ifodalanadi. Og‘zaki nutqda hissiyotlarimiz (emotsanal kechinmalarimiz) so‘z yordami bilan qilingan tasvirlarda, ohangda, qofiyada, xitob va savollarda, gaplashish vaqtidagi pauzalarda va ayniqsa intonatsiyalarda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, biz biron kishining ismini ataganimizda, shu kishiga bo‘lgan turli hislarimizni va munosabatlarimizni o‘zimizdagi mehrni, g‘azabni, g‘ururni, muhabbatni, hurmatni, nafratni, mensimaslikni va boshqa shu kabilarni atayin yoki beixtiyor namoyon qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, gapiruvchining intonatsiyasida uning holati ham, charchaganligi, umuman hayajoni, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yoki ishonchsizligi va shu kabilar ham ifodalanadi. Turli hissiyotlar bizning og‘zaki nutqimiz bilan birgalikda, 37
odatda yuz harakatlarimizda va imo-ishoralarimizda ham yorqin namoyon bo‘ladi. Nutqda bizning irodamiz maqsad muddaomiz, istagimiz, niyatimiz, qarorimiz ham, shuningdek, iroda jarayonlarining ayrim sifatlari – qat’iyat va qat’iyatsizlik, dadillik, kishining o‘zini tuta bilishi, kishidagi qunt va boshqa shu kabilar ham namoyon bo‘ladi. Odamning nutqida namoyon bo‘ladigan xilma-xil tovush birikmalari uning ichki holatini ifodalabgina qolmasdan, shu bilan birga ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan narsalar va hodisalarning nimaligini bildiruvchi vosita bo‘lib ham xizmat qiladi. Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’sir ko‘rsatish – biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo‘lsak, shu kishida biz istagan hislar, intilishlar va harakatlarni tug‘dirish, ularning fikrini biz istagan tomonga burish, ularni o‘zimiz hohlaganimizcha o‘ylashga majbur etish, ularni ishontirish demakdir. Ma’lumki, nutq yordami bilan boshqalarda xursandlik, qo‘rquv, g‘azab, ruhlanish hislarini tug‘dirish mumkin, boshqalarda biz istagan intilishlarni, harakatlarni kuzatishimiz mumkin. O‘qituvchi va tarbiyachi so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quvchilarda muayyan intizom va hatti-harakat vujudga keltiradi. Ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lgan nutq ta’lim tarbiyaning asosiy qurolidir. Amr- farmon berish, o‘tinib so‘rash – iltimos qilish, maslahat berish, o‘git-nasihat qilish va boshqa shu kabilar so‘z vositasi bilan ta’sir ko‘rsatish formalaridir. Nutq ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki so‘zlab turgan kishining nutqida uning hissiy intilishlari, iroda va e’tiqodi aks etadi. Nutqning ta’sir o‘tkazuvchi funksiyasida intonatsiya katta rol o‘ynaydi. Intonatsiyada nozik va murakkab hislar va iroda xususiyatlari – norozilik, istak, talab hislari va shu kabilar namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli, o‘quvchilarda tabiat va turmushdagi biror hodisaga qiziqish paydo qilish, bilimni yanada mustahkamroq bilib olishga ishtiyoq uyg‘otish uchun, shuningdek, ularni ma’lum bir harakatga yo‘llash uchun
o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lganida o‘qituvchi o‘z nutqida talaffuzga ayniqsa alohida e’tibor bermog‘i lozim. 38
Ma’lumki nutq, o‘zining tashqi ifodalanish usuliga qarab og‘zaki
va yozma nutqqa ajralib qolmasdan shu bilan birga, qanday vazifani bajarishiga va sintaktik tuzilishining xususiyatlariga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Nutq o‘zining bajaradigan vazifasiga qarab, ichki va tashqi nutqqa bo‘linadi. Nutqni shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy munosabatlar negizida yuzaga keladi. Shaxsning o‘zligini nomoyon qilishi uning nutqini qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq bo‘ladi Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsulii deyilishining eng asosiy sababi - uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni - bir- biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan asosiy maqsadlari - o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. XX1 asrda yashar ekanmiz, odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan habardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi yanada oshdi. Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va yetakchi faoliyatlaridan biri bo‘lgan muloqot va u orqali o‘zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik,
39
o‘xshashlik, uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar, ularning turli psixologik xususiyatlarini o‘rganish masalasi ijtimoiy psixologiya fanida muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko‘rinishidirki, uning yordamida odamlar o‘zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o‘zaro axborot almashinadilar, ta’sir o‘tkazadilar, ta’sirlanadilar, idrok etadilar, tushunish va baxolash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun muomala ijtimoiy psixologik xodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, xamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, emotsional, kognitiv, motivatsion, regulyativ qirralarini aks ettiruvchi ob’ektiv va sub’ektiv ehtiyoj sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini bajaradi. Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga ta’siri masalalarini psixolog olimlardan L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, A.V.Zaporojets, A.A.Bodalev, B.F.Lomov, A.A.Leontev, M.I.Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar.
L.S.Vigotskiy bola shaxsi ruxiy dunyosi rivoji va taraqqiyotida muomalani tushuntirib deydi: “Bola shaxsiy faolligini namoyon bo‘lishining asosiy yo‘li kattalar bilan muomalasi hisoblanadi...Uning tashqi olamga munosabati xamisha boshqa odam orqali munosabat bildirishdir” 6 . L.S.Vigotskiy fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlamchi o‘zaro ta’sir baxs, dialogdir; ikkilamchi esa individning ongi, ruxiy jarayonlarining individualligidir: “Biz madaniy rivojlanishning umumiy genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning madaniy o‘sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo‘ladi, avval ijtimoiy, keyin psixologik, shuningdek,
6
40
shaxslararao interpsixologik kategoriya sifatida so‘ng bola ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida” 7 .
L.S.Vigotskiy shuningdek shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol va vosita muomala jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, shaxslararo munosabatlarda dastavval muomala asosiy vosita, so‘ngra esa xulq atvor vositasi turadi. Chunki inson yakka qolgan paytda ham muomala funksiyasini o‘zida saqlaydi.
L.S.Vigotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko‘rinadiki, muomala intereorizatsiya, ya’ni ichki nutq va ektereorizatsiya, ya’ni tashqi nutq, muomala shakllarida namoyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, muomala tufayli shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.
Demak, L.S.Vigotskiyning muomala, shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid fikrlari g‘oyat qimmatli, chunki unda biz shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sifatida muomalani ko‘ramiz va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini yanada anglaymiz.
V.M.Bexterevning boy merosida shaxslararo munosabatlar muammosi, xususan, muomala mavzusi ijtimoiy psixologik nazariya jixatidan o‘rganilgandir. Uning qarashlarida insonlarning o‘zaro ta’sir etishlari muhim muammo sifatida talqin etiladi. V.M.Bexterev ijtimoiy xayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini xamkorlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ajratib talqin qiladi. Uning fikricha, shaxsning atrofdagilari bilan muomalasi qanchalik xilma xil va boy bo‘lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga oshadi.
V.M.Bexterev muomalaning ijtimoiy roli va funksiyasini taxlil etishda uning ko‘rinishlari bo‘lmish taqlid va ta’sirlanish axamiyatiga to‘xtaladi. Uning fikricha, taqlid bo‘lmasa, shaxs xam yuzaga kelmas edi. Chunki taqlid o‘z materialini muomaladan olishini uqtiradi. Ta’sirlanish esa ijtimoiy jarayonlar namoyon bo‘lishining omili tariqasida qaraladi.
V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita turlarga xam ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, telefon, telegramma,
7
41
erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita muomala turiga nutqni kiritadi. Shuni ta’kidlash joizki, muomalani eksperimental o‘rganish ishini V.M.Bexterev tomonidan amalga oshirilgandir. V.N.Myasiщevning «Shaxsning munosabatlar psixologiyasi» konsepsiyasiga ko‘ra, shaxs “dialogik” xususiyatli, muomalaning shaxsiy tajribasi va boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabat maxsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emotsiya kuchi, xoxish, extiyoj, ijtimoiy yo‘nalganlik kabi shaxsni xarakatlantiruvchi ichki kuchi tarkib topadi va bu uning kechinmalari, xulqida, xarakatida ifodalanadi.
V.N.Myasiщevning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid
asarlarining taxlilidan ko‘rinadiki, muomala jarayoni shaxsning xususiyatlari, xarakteri, mayli, qobiliyatiga ta’sir etishdagina rivojlanmasdan, balki muloqotda ishtirok etuvchilarning psixik jarayonlari bilan xam bog‘liqligi namoyon bo‘lar ekan. Shuning uchun V.N.Myasiщev ishlarining alohida tomoni muomala, uning psixologik tuzilmasi bilan muloqot ishtirokchilari psixik jarayonlari orasidagi munosabat xususiyatlarini ochib berilishida yaqqol ko‘rinadi. Insoniyatning muomala quroli til bo‘lib, odamlar bir-birlari bilan bo‘ladigan barcha munosabat va muloqotlarini so‘zlashish yordamida amalga oshiradilar. Dono xalqimizda so‘zlashish qoidasi, tilga ehtiyotkor bo‘lish, har bir so‘z, har bir jumlani o‘ylab gapirish, qisqasi - so‘zlash odobi va muloqot madaniyati haqida juda ko‘p ibratli hikmatlar bor. Ulardan birida keltirilishicha, odamning sharafi va iftixori uning madaniy so‘zlashishida ko‘rinadi. Kimda-ki so‘zlashish odobiga rioya qilmasa, unda insoniylik ham ko‘rinmaydi. Gap o‘rinli va ma’noli aytilgan bo‘lsa, uni jim turib tinglamoq foydalidir. Bu borada so‘zlashishning sakkizta qoidasini keltirishni lozim deb topdik: bemavrid gapirmaslik; lutf ila yumshoqlik bilan so‘zlashish; ochiq chehra bilan gapirib, yuzda samimiylikni saqlay olish; eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish; faqat foydali gaplarni gapirish. 42
o‘ylab, andisha bilan so‘zlash, o‘ylamay aytilgan gap pushaymonlik keltirishini yodda tutish; kishilar gapirayotganda oraga gap qo‘shmaslik, so‘zini bo‘lmaslik; ko‘p gapirmaslik, zero, bu yaxshilik alomati emas. Har bir odam kishilarga zarar keltiradigan so‘zlardan o‘zini saqlashi lozim. Zero, muqaddas Hadisi sharifda aytilganidek, “O‘zingga ravo ko‘rmagan yomon narsani birovga ham ravo ko‘rma”. Buning uchun tilga ehtiyot bo‘lish, kishi dilini og‘ritadigan, ko‘ngilni qoldiradigan, izzat nafsiga tegadigan, or-nomusi, sha’nini oyoq-osti qiladigan so‘zni hech so‘zlamaslik darkor. Hamma vaqt shirin so‘z bo‘lish, doimo yaxshi, ma’nili so‘zlash kerak, chunki, tildan yetgan ozor nayza ozoridan yomondir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling