Kaferda mudiri: S.Toshpo‘latova
Kotiba: D.Xolmirzaeva
Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti
Umumtexnika fanlari va mexnat ta’limi kafedrasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bayonnomasidan
KO‘CHIRMA № 13
Andijon shahar 08.05.2023 y
Qatnashdilar: Umumtexnika fanlari va mehnat ta’lim kafedrasi mudiri S.Toshpo‘latova va kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalar.
KUN TARTIBI:
Turli masalalar. Bitiruv malakaviy ishlarini kafedrada ko‘rib chiqish va ularni kamchiliklarni bartaraf etish, xamda ximoyaga tayyorlash to‘g‘risida.
Eshitildi: kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Toshpo‘latova so‘zga chiqdi BMI yozayotgan talabalarning ilmiy raxbarlari bilan birgalikda BMIlari kurib chiqish va kamchiliklarini bartaraf etish to‘g‘risida aytib o‘tdi..
SHuningdek, 60112300-Texnologik ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Mirzayeva Roziyabonu Asilbek qizining “Texnologiya darslarida texnik ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishda to’garak ishlarining ahamiyati” mavzusida S.Ubaydullayev ilmiy raxbarligida bitiruv malakaviy ishi kurib chiqildi. Ichki ximoyada quyidagi kamchiliklar aniqlandi.
Bitiruv malakaviy ishida orfografik xatolar aniqlandi
Mirzayeva Roziyabonu Asilbek qizining “Texnologiya darslarida texnik ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishda to’garak ishlarining ahamiyati” mavzusida texnologiya darslarida o’quvchilarni o‘quv faoliyatini faol tashkil etishga qaratilgai bo‘lib, uning yordamida o’quvchi shaxsining namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, o‘quv materiallarini tez va chuqur mustaqil o‘zlashtirib olishi, o‘z-o‘zini nazorat qilib borishi uchun keng imkoniyat ochib beradi.
“Texnologiya darslarida texnik ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishda to’garak ishlarining ahamiyati “mavzusida yozilgan bitiruv ish kirish, ikki bob, xulosa tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat.
QAROR QILADI.
Xulosa kilib shuni aytish mumkinki Mirzayeva Roziyabonu Asilbek qizining “Texnologiya darslarida texnik ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishda to’garak ishlarining ahamiyati “mavzusidagi bitiruv ishi nizom talablariga javob berganligi tekshirildi va uni davlat attestatsiya xay’atida ximoya qilishga tavsiya etildi.
Kaferda mudiri: S.Toshpo‘latova
Kotiba: D.Xolmirzaeva
Do'stlaringiz bilan baham: |