Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 459.55 Kb. Pdf ko'rish
|
25407 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH Mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI
- MAVZU: ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH KIRISH
- XULOSALAR VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Tilimizning izohli lug`atida barkamollik quyidagicha tariflanadi: "jismoniy va aqliy jihatdan kamolot
- Tadqiqot predmeti
- Tadqiqotning nazariy-metodologik asosi
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Muammoning o‟rganilganlik darajasi
- Tadqiqotning amaliy axamiyati
- Bitiruv malakaviy ish tuzilishi
- I BOB. ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNI ILMIY-NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI
- Zamonaviy dars shunday darski
- Zamonaviy dars mezonlari va belgilari
- Darsga qo‟yilgan didaktik talablar
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI 5140800 – PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TA‟LIM YO‟NALISHI BITIRUVCHISI HODJALIYEVA GULNOZA NIYOTBEK QIZINING ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH Mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent A. Teshaboyev Andijon - 2014 2
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH
I BOB. ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNI ILMIY-NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI 1.1. Zamonaviy o‘qitish jarayonini tashkil etish va unga qo‘yilgan talablar 1.2. Ta‘limni takomillashtirishda yangi o‘qitish usullarini joriy etishning mexanizmini takomillashtirish 1.3. Kasb- hunar ko‘llejlarida zamonaviy darslarni tashkil etishning bugungi xolati Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
psixologik asoslari 2.2. Barkamol avlodni shakillanishida ta‘lim jarayonini o‘rni va unda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
3
KIRISH O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov asarlarida hamda O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risidagi‖ qonuni va ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖da belgilangan har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta‘lim tizimining amalga oshirib kelayotgan asosiy maqsadlaridan biridir. Hech shubhasiz, har qanday millat o`z farzandlarining barkamol bo`lishini orzu qiladi. Aslida barkamollik juda keng tushuncha. Tilimizning izohli lug`atida barkamollik quyidagicha ta'riflanadi: "jismoniy va aqliy jihatdan kamolot, voyaga yetish, bekamu ko`st mukammallik holati va hokazo" 1 - deb ta‘kidlagan edi muxtaram prezidentimiz. Barkamol inson tushunchasi komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Darqaqiqat, biz har qanday odamga uning nechog`lik kamolotga erishganiga qarab baho beramiz. Jumladan, barkamol shaxs, barkamol ijod deymiz. G‘oyat yetuklikni esa tabiat barkamolligiga qiyoslaymiz. Barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy ta‘lim texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar sarasiga kiradi va ularni har tomonlama rivojlanishini ta‘minlashga ta‘lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Xususan har tomonlama
rivojlangan barkamol
insonni
tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma‘naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bogiiq umumbashariy jarayonlar yuz bermoqda. "O'zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o'tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga
1
"Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi qarori G`G`Xalq so`zi.- 2010.- 28 yanv. 4 keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu - mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti esa musthkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi‖- deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.A. Karimov. Barkamol avlod tarbiyasida innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish borasida qator olimlarimiz ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar jumladan M. Ochilov yangi pedagogik texnologiyalarni tizimga solgan, Azizxo‘jayeva N. pedagogik texnologiyalarni o‘rganish uchun maxorat darslarini tashkillashtirish borasida izlanishlar olib borgan. Hozirda mavjud yuqorida keltirilgan olimlar ilmiy tadqiqot ishlaridan kelib chiqib bizningcha yangi pedagogic texnologiyalardan foydalanishning yangi usullarini takomillashtirish orqali tizimni yaratishni lozim deb tadqiqot mavzuimizni ―Zamonaviy ta‘ilm texnologiyalari asosida barkamol avlodni tarbiyalash‖-deb nomladik.
texnologiyalari asosida ta‘lim berish jarayonini takomillashtirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash.
jarayonida zamonaviy ta‘lim texnologiyalari asosida komil va barkamol qilib tarbiyalash ishlari.
sifatida tarbiyalash jarayoni. Tadqiqot vazifalari: 1. Uzluksiz ta‘lim tizimida barkamol avlod tarbiyasida zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining mazmuni va mohiyati, maqsadi va vazifalarini aniqlash. 2. Ta‘lim jarayonida zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan foydalanishning ta‘limiy imkoniyatlari, qo‘llanilishi, usullarini aniqlash. 3. Ta‘lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun darslarni 5 ta‘lim texnologiyalar asosida o‘tkazishi to‘g‘risida uslubiy tavsiya ishlab chiqish. Tadqiqot ilmiy farazi: 1. Kasb- hunar ko‘llejlarida ta‘lim metodikalarining samaradorligi aniqlansa 2. Xamkorlik pedagogikasi asosida darslar tashkil qilinsa hamda maxorat darslari tashkil qilinsa 3. Guruxlar o‘rtasida turli tanlovlar va seminarlar tashkil qilinsa 4. Iqtidorli talabalar aniqlansa va ularni soxalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishlariga ko‘maklashilsa 5. Natija bergan ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida ochiq darslar tashkil qilinsa 6.O‘qituvchilar uchun o‘quv uslubiy tavsiya ishlab chiqilsa Tadqiqot metodlari: ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil etish, suxbat, kuzatish, o‘zaro bir-birini o‘qitish kabi asosiy metodlar qo‘llanildi. Tadqiqotning nazariy-metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim sohasidagi qarorlari, Prezidentimiz I. A. Karimovning barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan asarlari ―Pedagogika‖ va ―Pedagogik texnologiyalar va pedagogic maxorat‖ predmetiga oid darslik va qo‘llanmalar, o‘zbek xalqining komil inson to‘g‘risidagi fikirlari hamda jaxonning ilg‘or tajribalari hisoblanadi.
barkamol, intellectual saloxiyatli etib tarbiyalashda, kasbiy tushuncha va maxoratlarini to‘laqonli egallagan yoshlarni tarbiyalashda, ta‘lim jarayonida zamonaviy ta‘lim texnologiyalari va usullaridan foydalanish darajasini yanada samaradorlikka erishish tizimini yaratish.
texnologiyalari asosida barkamol avlodni tarbiyalash muammosini o‘rganishga doir ahamiyatli nazariy va amaliy tajribalar to‘plangan (Ochilov M. Ochilov yangi pedagogik texnologiyalarni tizimga solgan, Azizxo‘jayeva N. pedagogik texnologiyalarni o‘rganish uchun maxorat darslarini tashkillashtirish borasida izlanishlar olib borgan, Saydahmedov N. ―Pedagogik amaliyotda yangi pedagogic texnologiyalarni qo‘llash na‘munalari‖, Tolipov O‘., M. Usmonboyeva ―
6 Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot‖, Farberman B. L. ―Peredoviye pedagogicheskiye texnologii‖ Avliyoqulov N ―Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari‖, Yo‘ldoshev J., Usmonov S. ― Pedagogik texnologiya asoslari‖ va boshqalar). Tadqiqotning amaliy axamiyati: Kasb –hunar ko‘llejlarida o‘quvchilarni komil va barkamol qilib tarbiyalashda ta‘lim jarayonida yangi pedagogic texnologiyalar, innovatsion ta‘lim texnologiyalari hamda interfaollik darajasini yuqori bo‘lishida o‘qitishning zamonaviy usullarini fanning hususiyatidan kelib chiqqan holda qo‘llash orqali samarali natijaga erishish jarayoni. Olingan natijalar asosida o‘qituvchilarga va izlanuvchilar uchun tavsiyalarni ishlab chiqilganligi. Bitiruv malakaviy ish tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, 6ta bo‘lim, xulosalar va tavsiyalardan iborat bo‘lib jami 69 bet, adabiyotlar ro‘yxatida 28 nomdagi manba keltirilgan.
7
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNI ILMIY-NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI 1.1. Zamonaviy o‟qitish jarayonini tashkil etish va unga qo‟yilgan talablar
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq sog`lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish muhim va ustivor vazifaga aylandi. Rivojlanayotgan jamiyatimizning o`z oldiga qo`ygan oliyjanob maqsadi kelajagi buyuk davlatni barpo etish vazifasi shuni taqozo etadi. Barcha davrlarda ham barkamol avlodni tarbiyalash unga ta‘lim berish to‘g‘risida qayg‘urganlar va bu izlanishlar hoirga qadar ham davom etmoqda. Bugungi kunda zamonaviy ta‘lm texnologiyalari asosida barkamol avlodni tarbiyalash muammosini o‘rganishga doir ahamiyatli nazariy va amaliy tajribalar to‘plangan (Ochilov M. ―Yangi pedagogic texnologiyalar‖, Saydahmedov N. ―Pedagogik amaliyotda yangi pedagogic texnologiyalarni qo‘llash na‘munalari‖, Tolipov O‘., M. Usmonboyeva ― Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot‖, Farberman B. L. ―Peredoviye pedagogicheskiye texnologii‖ Azizxo‘jaeva N.N. ―Pedagogik texnologiyalar va pedagogic maxorat‖, Avliyoqulov N ―Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari‖, Yo‘ldoshev J., Usmonov S. ― Pedagogik texnologiya asoslari‖va boshqalar). Jismonan sog`lom, bilimli, ma'naviy barkamol, yetuk insonni tarbiyalash mavzusi sharq allomalari tomonidan chuqur o`rganilgan. Arastu, Ibn Sino, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro kabi ulug` allomalarning asarlari va nazariy ta'limotlarida ham yosh vujudni kamol toptirish, tarbiyalashga katta ahamiyat qaratilganligi bejiz emas. Azaldan zukko ajdodlarimiz o`z milliyligini, ma'naviy boyligini saqlabgina qolmasdan, ezgulik, ilmu ma'rifat, mustaqillik singari ezgu g`oyalar sari
8 intilganlar. Millatimizga xos ana shunday intilish, millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi
fazilatlar, shuningdek, buyuk mutafakkirlar hamda ma'rifatchilar xatti-harakatlari tufayli xalqimiz har qanday sharoitlarda ham barkamol, ma'nan yetuk farzandlar tarbiyalash vazifasini yoddan chiqarmagan. Bu jarayon bevosita jamiyat rivojlanishining poydevorini mustahkamlash maqsadi bilan ham uzviydir. Ammo bu maqsad nafaqat kundalik faoliyat mezonida balki, jamiyat va oila hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`zaro uyg`unlashtirishda ham namoyon bo`lgan va bugungi kunda ham o`ziga xos taraqqiyot yo`limizda namoyon bo`lmoqda. Barkamol avlod - ko`nglida, qalb-qo`rida ishonch va iftixor tuyg`ular mavjlanib turgan avloddir. U nafaqat haq-huquqini, balki fuqarolik burchini ham chuqur anglaydi. Xuddi shu anglash, his qilish qaysi ilm dargohida ta'lim olmasin, qay bir sohada mehnat qilmasin, ulug` yurtning an'analariga munosib bo`lishga undaydi. Hech shubhasiz, har qanday millat o`z farzandlarining barkamol bo`lishini orzu qiladi. Aslida barkamollik juda keng tushuncha. Tilimizning izohli lug`atida barkamollik quyidagicha ta'riflanadi: "jismoniy va aqliy jihatdan kamolot, voyaga yetish, bekamu ko`st mukammallik holati va hokazo". Shunday shaxslarni tarbiyalayotgan pedagogning o‘zi teran bilimga, yuksak ma‘naviy – axloqiy fazilatlarga, pedagogik maxoratga ega bo‘lishi, fanni zamonaviy pedagogic texnalogiyalar, interfaol usullardan samarali foydalangan holda o‘tishini hayotning o‘zi taqazo etmoqda. Bu davr talabidir. Hozirgi paytda pedagogika fanida zamonaviy dars iborasi tez- tez tilga olinmoqda. Zamonaviy dars shunday darski, unda o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy imkoniyatlarini ishga solib, rivojlanishini t‘aminlaydi. O‘quvchi esa o‘z navbatida bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va ma‘naviy barkamollik sassri odimlaydi. Zamonaviy dars deganda qanday darsni tushunamiz, uning belgilari, mezonlari qanday, u qanday shakillarga ega, u qanday uslubda o‘tiladi, darsda
9 qanday usullardan foydalaniladi, unga qanday didaktik talablar qo‘yiladi? Kabi savollar tug‘ilishi tabiiy. Zamonaviy dars mezonlari va belgilari: -dars o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faol munosabatlariga asoslangan bo‘ladi; -dars jarayoni tabaqalashtirish va shaxsiy qobiliyatlariga yondashuv asosida amalga oshiriladi; -dars o‘quvchining yuqori darajadagi qiziqishi, xoxishlari, aqliy faolligi, muvaffaqiyatga erishuviga qaratiladi; -dars o‘quv materiali mazmuniga ko‘ra tirliuslublar, vositalar, uslubiyatlarga suyanadi; -darsda o‘quvchining aqliy faoliyatini faollashtirishga e‘tibor qaratiladi. -darsda o‘quvchi shaxsiyatini rivojlantirishga, birinchi navbatda, o‘quvchining o‘zini – o‘zi boshqara olishiga qaratilgan mexanizm to‘liq ishga solinib, shu orqali uning bilimga bo‘lgan qiziqishi va xoxishi orttiriladi; -dars sifati va samaradorligini t‘min etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi; -darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi. O‘quv materiali qiyinchiliklarini osonlik bilan yenga olishga e‘tibor qaratiladi; -darsda nazariya va amaliyot o‘zaro bog‘lanishda talqin etiladi.
-o‘quv maqsadlarini aniq va ravon belgilash, dars bosqichlarining ketma ketligi jarayonining rivojlantiruvchi ta‘lim va tarbiyaviy maqsadlarini ta‘min etish; -ta‘lim mazmunini optimal aniqlash, o‘quv dasturlari, standart meyorlariga moslash, o‘quvchilar tayyorgarligini dars jarayoniga mosligi; -bilimlarni o‘zlashtirib olishlarini kafolatlash orqali o‘quvchilarni ko‘nikma, malakalarni egallab olishga tayyorlash; -dars mazmuniga mos ravishda ratsional metod, uslub, vositalarni tanlay olish, orqali o‘quvchilar qiziqishini oshirish yakka va jamoa tartibida ishlashga muxityaratish; -dars jarayonida turli didaktik prinsplardan foydalanish;
10
-o‘quvchining muvaffaqiyatli o‘qishi uchun muhit yaratish. Dars shakillari olib borilayotgan ta‘lim jarayoniga tubdan o‘zgartirishlar kiritadi. Ular quyidagilardan iborat: aralash darslar; yangi bilimlarni o‘zlashtirish darslari, yangi
ko‘nikmalarni shakillantirish darslari, umumlashtiruvchi o‘tilganlarni tizimlovchi darslar; bilim ko‘nikmalarni tizimlovchi va nazorat etuvchi darslar; olingan bilim va ko‘nikmalarni amaldda qo‘llovchi darslar. Olib borilishiga qarab qarab ham ko‘rinishlarni ifodalovchi dars turlari mavjud. Bular quyidagilar. 1.Illyustrativ va tushuntiruvchi darslar. Bunday darslarda o‘quvjarayoni asosan ko‘rgazmali metodlar asosida olib boriladi. Bu darslarda asosan o‘quvchilarning eshitish va esda saqlab qolish qobiliyatlariga tayaniladi. O‘quvchilarning eshitgan va esda saqlaganlari asosida bexato javob berishlari dars samaradorligini belgilaydi. Tushuntiruv darslari boshqa tur darslariga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Bu turdagi darslar vaqtni tejash, o‘qituvchi va o‘quvchining kuchini saqlash hamda dars jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.
Shu bilan birga bu darslarning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud. Bu darslarda o‘quv materiallari tayyor holda beriladi, o‘quvchining mustaqil ishlashi, fikrlashi tshkil
etilmaydi. O‘zlashtirish jarayonida shaxsga
individual yondashilmaydi. 2.Muammoli darslar o‘z xarakteriga ko‘ra muammoli vaziyatni vujudga keltirib, uning yechimini yakka yoki guruhlar ishtirokida hal etishga qaratiladi. Bunday darslar bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga qaratilib, unda o‘quvchining fikr yuritishi, qiziqishlariga suyaniladi. O‘quv jarayoni texnologiyasi variativlik, ketma-ketlik, kompleks yondashuvlar bilan hal etiladi. Muammoni yechish jarayonida qiyinchiliklar ham kelib chiqadi. O‘quv materiali, muammoning qo‘yilishi o‘quvchining tayyorgarligiga, yoshiga mos bo‘lishi va ular yecha oladigan masalalar bo‘lishi kerak. Darsning birinchi bosqichdaida muammoning mohiyati, yechimining zarurligigina tushunib yetishlariga erishish muxim.
11
Darsning ikkinchi bosqichi muammoni yechish yo‘lidir, uni mohiyatiga yetish orqali hal etiladi. Darsning so‘nggi bosqichida yechim asosida o‘quvchi ―men buni o‘zlashtirib, yechimini o‘rganib oldim‖ degan xulosaga keladi. Muammoli dars o‘quvchilarning ijodiy mustaqil xarakati o‘rqali o‘z yechimini topadi. O‘quv jarayoniga qiziqish ortadi. O‘qituvchining asosiy e‘tibori muammoni qo‘ya olish, yechimi ustida fikr yuritish, o‘quvchilarning xulosa chiqara bilishini shakillantirishdan iborat. 3. Dasturlangan dars asosan maxsus dars asosida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Dasturlangan darslar oldindan tuzilgan loyihalar asosida amalga oshiriladi. U o‘quv jarayoni boshqaruvini qulylashtiradi. Bunday turdagi darslarda pirovard natijalar oldindan rejalashtiriladi. Dasturlangan darsning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘qitish materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy, ketma-ket kuzatib, nazorat etib borishga imkon yaraladi.Natijada uning qiziqish, intilishlari so‘nmaydi, o‘quvchida bo‘lgan intilish saqlanib qoladi. 4. Kompyuterli darslar – o‘quv jarayoni yangi zamonaviy, yuqori darajadagi yutuqlarga suyangan holda didktikaning so‘nggi texnologiyalari asosida tashkil etiladigan darslardir. Bunday darslar o‘quv materiallarini tez, soz o‘zlashtirish imkonini beradi. Agar kompyuter maxsus dasturlar bilan ta‘min etilsa, o‘quv jarayoni samarali kechadi. O‘quv jarayonini olib borish, nazorat etish, natijalarini korreksiya qilish, boshqarish, kerakli ma‘lumotlarni to‘plab borish oson kechadi. 5. Nostandart darslar. Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda nostandart darslar va ulardan foydalanish haqida tez-tez fikr yuritilmoqda. Nostandart darslarning bosh maqsadi o‘quvchilarning bilish jarayoniga, o‘quv mehnariga qiziqish, hohish-istaklarini ko‘zlash orqali o‘quvni tshkil etishdir. Bunday darslarni maqsadi, vazifasi, o‘tish meto‘dikalariga ko‘ra nomlash mmumkin. Masalan: 1. ―G‘arq bo‘lish‖ 2. Musovboqa darslar 3. Teatrlashtirilgan darslar 4. O‘zaro bir birini o‘qitish darslari 5. Sud darslari 12
6.Ko‘rik tanlov darslari v. h. k Darqaqiqat, biz har qanday odamga uning nechog`lik kamolotga erishganiga qarab baho beramiz. Jumladan, barkamol shaxs, barkamol ijod deymiz. G‘oyat yetuklikni esa tabiat barkamolligiga qiyoslaymiz. Balog`at va kamolotning turli-tuman qirralari bor. Albatta, bu qirralarning jilolari bir-biridan aslo kam emas. Davlatimizning bosh siyosati ham kelajak
avlodning istiqlolini ta'minlashga, zarur
shart-sharoit yaratishga, ularni yetuk insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan. Yuzlab kollej, va litseylar, ko`plab sport inshootlari, komp'yuter va internet kabi zamonaviy texnika vositalari yoshlarimiz ixtiyoridadir. Kechagi dehhon bolasi bugun til o`rganib, Londonday joylarda o`qib yuribdi. Bularning bari tahsinga sazovordir. Xammamizga yaxshi ma‘lumki, prizidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov a‘lim tushunchasiga milliy demokratik nuqtai nazaridan yondashib, unga quyidagich ta‘rif bergan edi: ―Ta‘lim O‘zbekiston xalqi ma‘naviyatiga yaratuvchanlik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodlarni barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, maxorati izluksiz takomillashtiriladi, katta avlodlarning dono maslahat va tajribalari yuksak darajada anglab olinadi va yosh, barkamol avlodga o‘tadi‖. Ushbu ta‘kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta‘limning yangi-yangi mo‘dellari yaratilmoqdaki, uning nazriy asoslari yetakchi mutaxassis olimlar tomonidan ilmiy amaliy tarzda isbotlab berilmoqda. Ushbu ilmiy-amaliy isbotlash, o‘quv jarayonlarini yuksak darajada texnologiyalashtirish bilan chambarchas bog‘langandir. Fikrimizning dalili sifatida muhtaram Prezidentimizning 2012-yil 28-mayda qabul qilgan ―Malakali pedagogik kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarini shunday
kadrlar bilan
ta‘minlash tizimini yanada talomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarorini keltirishimizmumkin. Ushbu qarorda ta‘kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi va O‘rta maxsus kasb hunar ta‘limi markazi zudlik bilan ta‘lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish shuningdek, ―amaliy o‘yin‖lar, interfaol ta‘lim uslublari, axborot kammunikatsiya 13
texnologiyalari, elektron ta‘lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet el tajribasini chuqur va har tarflama o‘rganib chiqishligi ko‘rsatilgan. Yurtimizda barkamol avlod tarbiyasiga alohida e‘tibor berilayotganligi bejiz emas va bu borada juda ko‘p amaliy ishlar olib borilmoqda bunga yana bir misol qilib Mamlakatimizda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to`liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng ko`lamli aniq yo`naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilingani munosabati bilan ―Barkamol avlod‖ davlat dasturi qabul qilindi hamda hayotga tadbiq etildi. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilangan: Bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish; "Sog`lom ona – sog`lom bola" dasturini izchil amalga oshirish asosida sog`lom avlodni
voyaga yetkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog`liqni saqlash tizimini ustivor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog`lom bolalar tug`ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog`liq masalalar yuzasidan aholi
o`rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini ko`paytirish; tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e'tibor qaratgan holda, o`sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash, davlat ta'lim standartlari, o`quv dasturlari va o`quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish; ta'lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, 14
multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb- hunar kollejlari, litseylari va oliy o`quv yurtlarida o`qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta'lim muassasalarining o`quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o`quv va laboratoriya uskunalari, komp'yuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o`qituvchilar va murabbiylar mehnatini hamda
ma'naviy rag`batlantirish bo`yicha samarali tizimini yanada rivojlantirish; zamonaviy axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va
keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o`zlashtirish; yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta'minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish; iqtisodiyotni tarkibiy o`zgartirishning muhim yo`nalishi, aholi va o`rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo`lgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish, bu sohadagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun sharoit yaratish; ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora- tadbirlarni ishlab chiqish; yosh oilalarga g`amxo`rlik qilish ishlarini kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo`g`ini bo`lgan sog`lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo`lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, tuban "ommaviy
15
madaniyat" xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2
da qabul qilingan xamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda muvaffakiyatli tadbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tug‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining moxiyati tulaqonli ochib berilgandir. Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to‗rt jihatga e‘tiborni qaratdi, ya‘ni har bir fuqaro: -o‗z haq-huquqini taniydigan bo‗lsin, buning uchun kurashsin; -o‗z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‗lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‗rsin; -atrofida sodir bo‗layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;
-shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‗un holda ko‗rib, faoliyat yuritsin. Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‗liq ta‘rifdir. Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida ko‗p asarlar bitilgan.Ana shunday asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning ―Insoni komil‖ nomli risolasi bo‗lib, unda komil insonga shunday ta‘rif berilgan: ―Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo‗lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to‗rt narsa kamolga yetgan bo‗lsin: yaxshi so‗z, yaxshi fe‘l, yaxshi ahloq va maorif‖. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‗on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi. Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga ko‗tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi.
2
16
Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo‗tabar zotdir. Insonlar komillikka ahloqiy-ma‘naviy poklanish jarayonida erishadilar. Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon sharqi ahloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo‗llanma vazifasini o‗tagan ko‗p pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Bu o‗rinda Prezidentning quyidagi so‗zini eslash o‗rinli: ―...bizning ulug‗ ajdodlarimiz o‗z davrida komil inson haqida 1butun bir ahloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb b ilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andishga, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy tuyg‗u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma‘no-mazmunini tashkil etadi‖.
Komil inson fazilatlarini o‗zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning ―Qobusnoma‖, Sa‘diyning ―Guliston‖, ―Bo‗ston‖, Amir Temurning ―Temur tuzuklari‖, Abdurahmon Jomiyning ―Bahoriston‖, Alisher Navoiyning ―Mahbubul-qulub‖, Husayn Voiz Koshifiyning ―Ahloqi muhsiniy‖ va boshqalar. Bu asarlarning ko‗pchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, to‗g‗rilik, insonparvarlik, ma‘rifatli bo‗lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. Alisher Navoiyning ―Nasoyimul muhabbat‖ asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab o‗tilgan. Bular qatoriga ulug‗ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o‗z kasbidan topib kun o‗tkazish, shariatga rioya etish, barchadan o‗zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo‗pollik qilmaslik, chuchuk tilli bo‗lish – yaxshi, muloyim tilli bo‗lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli bo‗lish, rozi-rizolik bilan kun o‗tkazish, riyozat chekishdan qo‗rqmaslik va boshqalar. Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni-baxtli bo‗lish va baxtli qilishga intilish, 17
bunga esa faqat ilm va ma‘rifat orqali erishish mumkinligini ko‗rsatdi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‗azzoliy insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aqlda
emas, balki
inson qalbida
ekanligini ko‗rsatdi.Ulug‗ mutasavvuf Abduholiq G‗ijduvoniy insonni ―kichik olam‖ deb hisoblagan. Hayot go‗zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan go‗zaldir. Inson go‗zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma‘naviyligi, ya‘ni ahloq va odobi hisoblanadi. O‗zbek xalqining ―Inson odobi bilan go‗zal‖ degan maqolining mohiyatida chuqur falsafiy ma‘no yotadi. Komillik haqida buyuk muallim Konfutsiy bundan 2500 yil muqaddam ―Xamsa‖ kabi ―Beshlik‖ deb nom olgan kitoblari jumladan ―Lunyuy‖ning birinchi bobida ―O‘qi‖ deb hammani ma‘rifatga chorlagan. Yana bir qadriyat: bundan 1400yil avval, 613 yil Ramazon oyining juma kunida buyuk Payg‘ambarimiz sallalohi alayhi vassallam qulog‘iga Parvardigorimizni ―O‘qi‖ degan davati quyib qo‘yildi. O‘shandan beri Qur‘oni Karim taniqli islomshunos olim Rahmatulloh qori Obidov talqiniga ko‘ra bizga shunday uqdiradi: ―O‘qi! Hamma narsani o‘qi! Ollohning kitobini o‘qi! Ollohning oyatlarini o‘qi! Tabiat kitobini o‘qi! Basharning butun tarixini o‘qi! Ilmning har sahifasini o‘qi! Har bir haqiqatni o‘qi! Hidoyatga erishmoq uchun
o‘qi! Zalolatdan qutulmoq uchun o‘qi! Iymoningni mukammallashtirish uchun o‘qi! Va buning uchun Olloh nomi bilan o‘qi! O‘rganmoq uchun o‘qi! Qudrat qalami bu olamga yozgan har bir satirni o‘qi! Insonga bilmaganini o‘rgatgan Tangri nomi bilan o‘qi‖ 3 . Mana barkamollikning oltin kaliti. Bu tushunchaning yana bir ulug‘lik xususiyatini bugungi avlod uchun barkamollik dasturi bo‘lgan
―avliyolarning avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlarning sultoni‖ 4 buyuk bobomiz Alisher Navoiyning 20 jildlik ma‘naviyat durdonalari, yurtimiz raxbari I. Karimovning to‘rt yuz bosma taboqdan ham salmoqli 20 tomlik asarlari,
buyuk bobomiz Alisher Navoiyning 20 jildlik 3 Obidov R. Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir. 2-kitib, T.: Movorounnaxr, 2005, 143-144-b 4 I. Karimov, Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma‘naviyat, 2008, 47-b 18
ma‘naviyat durdonalari, yurtimiz rahbari I.Karimovning to‘rt yuz bosma taboqdan ham salmoqli 20 tomlik asarlari, Prezidentimizning 2010 yil 27 yanvardagi "Barkamol avlod yili davlat dasturi" to‘g‘risidagi qarori, bularning hammasi bugungi kun mavzusining qanchalik dolzarb ekanligini bildirib turibdi. Barkamol inson. Komillik. Har tomonlama shakllangan va kamol topgan shaxs. Milliy mafkuramizdagi asosiy g‘oyalarni ifodalovchi bu tushunchalar qanchalik ko‘hna bo‘lmasin, shunchalik zamonaviy hamdir. Ko‘hnaligi shundaki, bundan 3000 yil avval Muso alayhis-salomga nozil qilingan muqaddas Tavrotdagi oltin qoidalar deb nomlangan hikmatlarda, Dovud payg‘ambar madhlarida, Shoh Sulaymon, Konfutsiy hikmatlarida bu g‘oyalar yorqin ifodasini topgan. Xuddi shu davrlarda Movarounnahrda Zardusht komillikni targ‘ib qildi. Bizning qadimgi yurtimizda shakllangan zardushtiylikning muqaddas kitobi - «Avesto»da barkamol inson ta‘rifi chiroyli iboralar bilan tavsiflanadi. Masalan, unda aql-zakovatli, idrokli va bilimdon kishi yaxshiliklari (fikri, so‘zi, amali) bilan shunday maqtovlarga loyiqki, u hamma yerda barchaning tilida unday odamni ko‘klarga ko‘tarib ulug‘lashadi, deyiladi. Zukko odam sermeva uzum daraxti bilan qiyoslanadi: bu daraxt-ning novdalarida hayot balqiydi, soyasida shirindan shakar mevalari yarqirab, barq urib turadi. Bu daraxt mevasi bilan ham, soya-salqini bilan ham foydali. Shuning uchun ham u hamma yerda ardoqli. Savodsiz, nodon, aldoqchi kimsa esa uzum daraxtiga o‘xshamaydi. U bamisoli shunday daraxtki, uning tanasida hayotdan asar ham yo‘q va shoxlari qurigan, ular na kurtak yoza oladi, na meva tugadi. Undan hech qanday naf yo‘q, u faqat olovga yaraydi deyiladi. «Avesto»ni yuksak ma‘naviyat chashmasi deb baholaging keladi. Chunki unda bugungi kunda aqlli, bilimli, baxtli bo‘lish yo‘l- yo‘riqlari belgilab qo‘yilgan. Masalan, undagi ayrim hikmatlarni barcha yoshlarga - nafaqat yoshlarga, hammaga hayot sabog‘i sifatida keltiramiz, toki biz ularga amal qilsak, hayotimiz shirin, turmushimiz barqaror, o‘zimiz go‘zal, insofli, diyonatli, risoladagiday insonlarga aylanishimiz aniq. Mana ular: * Kechqurun kun bo‘yi bajargan amallaringning hisob-kitobini qil: bugun 19
men qanday savob ish qildim, kimga qanday foyda keltirdim, qanday savobga erishdim va qanday gunohga yo‘l qo‘ydim; qanday taqvoli, adolatli, to‘g‘ri yo‘l bilan yurdimu qanday xato, noto‘g‘ri, qing‘ir yo‘ldan yurdim, chunki bu yorug‘ dunyoning karvonsaroyida o‘tkazgan bir kunlik umrimiz narigi dunyodagi boqiylikka teng bo‘lib qolishi mumkin. * Farzandaringizga ta‘lim-tarbiya berishda jonbozlik ko‘rsating, chunki ta‘lim - bu bilimning urug‘i, uning mevasi esa - aql, aql bo‘lsa - u dunyoyu bu dunyoning tartib-qoidasi. Bu haqda shunday naql bor: bilimlilik - gullab- yashnashning bezagi, balo-qazo kelganda - sening tayanching, bebaxt¬likda quvonching, qashshoqlashsang - qo‘lingdagi hunardir. * Odamlar, sahar turishga odatlaning! Qoidadagidek, toza suv bilan yuvining, qoidaga ko‘ra pokiza kiyimlaringizni kiying (kiyinayotib duo kalimalarini aytib turishni unutmang). Jonim omon bo‘lsin desangiz, tavfiqli, diyonatli fikrlar, so‘zlar va amallar bilan oqilona ezgu ishlar qiling va to‘g‘rilikka yuz tuting. * Dunyoda eng baxtli inson kim? Baxt-li odamning qo‘li doim mehnatda, qalbi savobgarchilik va e‘tiborga to‘la; kuch-kudratga ega bo‘lish uchun u insof- diyonatga intiladi, ezgu amallarni orzu qiladi, shahvoniy nafsni tiyadi va uni xayolidan chiqaradi, o‘zidan kasalliklar va hirsiy istak-xohishlarni quvadi, o‘zidan yaxshi nom qoldirish, obro‘-e‘tibor va bilimdonlik haqida qayg‘uradi. Buyuk donishmandlarning o‘gitlari hamda bugungi faylasuflarimizning tad- qiqotlari barchamizga hayotiy dastur bo‘lmog‘i zarur. Masalan, birgina Konfutsiy ta‘limotini olaylik. Uningcha, insoniylik, adolat, taomil, sog‘lom fikrlash va samimiylik komillikning yagona belgisi sifatida qaraladi. Shogirdlaridan birining "Insoniylik nima?" degan savoliga javoban, u "mana sen taomilga itoat qilmay, otangga ikki yilgina motamda bo‘lding va, odatga qarshi borib, hayotning barcha lazzatlaridan foydalana boshlading. Shuni sen odamiylik deysanmi? Axir otang seni dunyoga keltirdi, po‘palab tarbiyaladi, yemay yedirdi, kiymay kiydirdi, qoqilib, burni qonamasin deb, uch yil seni qo‘lingdan ushlab yetaklab yurdi. Senga esa uch yil motam ko‘plik qilyapti. Shu insoniylikmi? deydi. 20
Bu bizlarga ham katta hayotiy saboq bo‘lmog‘i lozim. Milliy qadriyatlar - bu jon tomirlarimizda oqayotgan imon va e‘tiqodimiz, vatanparvarlik va xalqsevarligimiz, pok vijdon, to‘g‘riso‘z va ezgu tilaklar egasi bo‘lishimiz... O‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga sing¬dirilayotgan har bir ezgu g‘oya ertaga,
albatta, o‘z mevasini berishi tayin. Shu ma‘noda, muhtaram Yurtboshimizning har bir yilimizni bir ezgu nom bilan atab, ulkan rejalar asosida farovonlik yo‘lini yanada munavvar qilayotganida hikmat borligini alohida ta‘kidlash joiz. Yillar shunchaki o‘n ikki oydan iborat taqvim hisobi emas, puxta o‘ylangan, ma‘lum dastur asosida vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson tarbiyasiga bag‘ishlanayotganligi bilan ardoqlidir. Muxtasar qilib aytganda, milliy qadriyatlarimiz ertasi yanada nurafshon bo‘lgan, kelajagi yorqin, buyuk bo‘lgan mamlakatimizning barkamol avlodlarini tarbiyalashda bitmas xazinadir. Konfusiy insonni o‗z mohiyatini ma‘naviy-ahloqiy fazilatlari va kamoloti orqali namoyon etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning insonligi o‗zidagi har qanday tabiiy ehtiyoj, his va tuyg‗uni ma‘naviylikka bo‗ysundira olishidir. Faqat insondagi ma‘naviy mas‘ullik ularga nima qilish keragu, nima qilish kerakmasligini o‗rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi ma‘naviylik inson va insonlar faoliyatiga maqsad, yo‗nalish va mazmun beradigan omildir.
Download 459.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling