Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti
Barkamol avlodni shakillanishida ta‟lim jarayonini o‟rni
Download 459.55 Kb. Pdf ko'rish
|
25407 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA
2.2. Barkamol avlodni shakillanishida ta‟lim jarayonini o‟rni va unda zamonaviy o‟qitish texnologiyalaridan foydalanish yo‟llari
Mutafakkir A.Avloniy ta‗kidlaganidek, ―Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir‖. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyag ham mavjud bo‘lgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya‗ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, yani yangi tug‘ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga yetishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta‗lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani paydo bo‘la boshladi. Pedagogika ta‗lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta‗lim standartlari, ta‗lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqida bilim, ma‗lumot beradigan fanga aylandi.
59
Ta‗limning, o‘qitishning vazifasi fuqarolar. yoshlarning eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta‗minlash, o‘zi hohlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu sohada baxtiyor faoliyat ko‘rsatish uchun moddiy- ma‗naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta‗limning har bir bo‘g‘ini, turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi. Yuqoridagilar jamiyat hayoti barcha jabhalarining muvafaqiyatini belgilab beruvchi, shu bilan ularning poydevori hisoblanuvchi ta‘lim-tarbiya sohasiga ham to‘laligicha tegishlidir.
Respublika Prezidenti ta‘lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondoshib, uni quyidagicha ta‘riflaydi: ―Ta‘lim O‘zbekiston xalqi ma‘naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi‖. Mas‘uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining 9-sesiyasida qabul qilingan ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni (1997 yil 29 avgust) ro‘yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta‘limning yangi modeli yaratiladi. Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta‘lim-tarbiya modelini amaliyotga tadbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog‘liqdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan. Darhaqiqat, 20 asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz berish inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining 60
yuksak sur‘ati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy (g‘oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarni yangicha mazmun kasb etishini ta‘minlaydi. Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi kishilarni moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarninig yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida ularni qisqa muddat va sifatli qondirilishini ta‘min etuvchi faoliyatnining yo‘lga qo‘yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig‘ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar) da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish nisbatan texnologik yondashuv an‘anasi yuzaga keladi. Texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yuritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich) dan mahsulotni iste‘molchiga etkazib berishgacha bo‘lgan (so‘nggi bosqich) davrini o‘z ichiga olgan jarayon taxnologik jarayon sifatida e‘tirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondoshuv muayyan sohalarda islohatlarni tashkil etish ularni muvaffaqiyatini ta‘minlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy ilg‘or yuksak texnologiyani tadbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan ilm-fan hamda texnikaning so‘ngi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaning mablag‘lar va yuksak darajadagi kasbdagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxasislarning mavjudligi bu boradagi yuutuqlarning kafolatlaydi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg‘or texiologiyalarni qo‘llash shartlaridan biri-malakali mutaxasislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligidan ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida etakchi o‘rin tutgan 61
g‘oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojida o‘z ta‘sirini o‘tkazsa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish aholining madaniy turmush tarzini yaxshilanshiga olib keladi. Insonga tsivilizatssiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta‘lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bugungi kunga kelib talim jarayoni tashkil etishga nisbatan o‘ta qat‘iy hamda murakkab talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to‘laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulotda ro‘y beruvchi vazifalarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxasisni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj talim jarayonini texnologik yondoshuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika faninig vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo‘yilgandir. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur‘atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, hulosalash hamda o‘quvchiga etkaza berishni yo‘lga qo‘yish ta‘lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Ta‘lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Asaka pedagogika ko‘llejida o‘tkazgan tajribamiz davomida tajriba guruhidagi o‘quvchilar bilan ta‘lim jarayonida zamonaviy o‘qitish usullari yangi loyixalar, yangi texnika vositalar yordamida darslar tashkil qilindi. Pedagoika darslarida qo‘shimcha tashkil qilingan o‘qitishning yangi shakillari o‘quvchilarni dars davomida faollashlariga imkoniyat yaratdi. Biz dars jarayonini kuzatish davomida olib borgan ishlarimizdan na‘muna keltiramiz. Masalan:
62
33-guruh Pedagogika darsi (tajriba guruhi) o‘qituvchi: Madumarova Gulnora. Jami talaba: 30 nafar bundan 12 nafar o‘g‘il, 18 nafar qiz bolalar. Mavzu: Ta‘lim jarayonining prinsiplari. I.
Darsning tashkiliy darajasi: Dars o‘z vaqtida boshlandi o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, o‘quv qurollarining mavjudligi hamda davomat va salomatliklari o‘rganildi. O‘qituvchi tomonidan guruh jurnallari o‘z vaqtida rasmiylashtirildi. Darsning nazariy uslubiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan o‘quv uslubiy majmua mavjud. Darsning mavzusi barcha me‘yoriy hujjatlarga mos keladi. Darsda qo‘llaniladigan usullar asoslangan. Shu bilan birga uyga berilgan topshiriq ham yangi yondashuv asosida o‘rganildi davomi sifatida yangi dars mazmuniga ulandi. II. Asosiy qisim. Dars mavzusining bayonida mavzuga oid dolzarb masalalarning taxlili kiritildi. Dars vaqtida o‘quvchilarni mavzuning mohiyatini to‘liq ilg‘ab olishliklari uchun mavzu uchun turli zamonaviy o‘qityish usullaridan foydalanildi. Jumladan ―Keys stadiy‖, ―Interfaol ta‘lim‖, ―Buturbro‘d‖ usuli. Dars davomida o‘quvchilarni faollilik darajasi yuqoriga olib chiqildi. Mavzuning ilmiy nazariy jixatdan mukammaligini ta‘minlkashda o‘quv adabiyotlari va yangi chop etilgan adabiyotlar hamda internet ma‘lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Dars davomida o‘quvchilar shaxsiy komptyuterlari, qo‘l telefonlaridan foydalangan xolda fanga va mavzuga doir ma‘lumotlarini izlab topish ishlari tashkil qilindi. Jumladan www.ziyonet.uz ,
www.nadlib.uzinfo@nadlib.uz orqali ma‘lumotlar olindi. Darsda o‘quvchilarning ishlash jarayoniga qarab interfaollik darajasi yuqoriga olib chiqildi. Darsda axborit texnologiyalaridan foydalanish va qo‘llash hamda yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish darajasi orttirildi. Dars davomida o‘quvchilarni tarbiyalanganlik darajasi orttirilib ularda komillikka yetaklovchi sifatlar takomillashtirildi. O‘zlashtirilgan bilimlar yuzasidan testlar tuzish, so‘rovnomalar tayyorlash va ularni yechimlarini topish bo‘yicha ―Zinama- 63
zina‖ va ―To‘lqin‖o‘yinlaridan foydalanildi‖. III. Yakuniy qisim. Dars yakunida o‘tilgan mavzuning davomi sifatida o‘zlashtirilgan bilimlarni uzviy bir-biriga bog‘lagan holda o‘quvchi tomonidan bildirilgan javoblar orqali reyting tizimi asosida baholandi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga uy topshiriqlari berildi. Shundan so‘ng tadqiqotimiz yakunida yana bir marta qilingan ishlarimizni natijasini olish maqsadida o‘quvchilarga so‘rovnoma tarqatdik so‘rovnomalar taxlil qlib chiqilganda quyidagicha natijalar aniqlandi.
O‘zlash tirish
darajalari Nazorat guruhi (32-guruh) Tajriba guruhi (33-guruh) Tadqiqo
t o‘tkazilishidan oldingi natijalar % Tadqiqo t
so‘ng olingan natijalar % Tadqiqo t
oldingi natijalar % Tadqiqo t
so‘ng olingan natijalar %
Yuqori
50
52
48
60
O‘rta
30
34
26
35
Past
20
14
26
5
Guruxlarda o‘tkazilgan tajribalar natijalari yuqoridagi jadvalda keltirilib o‘tildi. Bunga asoslanib dastlab o‘quvchilarni darslarni o‘zlashtirishlari o‘rganilganda nazorat guruhi(32-guruh)dagi o‘quvchilarning 50%i yuqori natijada, 30%i o‘rta natijada, 20%i esa past natijada berdi. Tajriba guruhi (33-guruh) deb tanlab olingan guruhda esa dastlabki o‘rganilganda o‘quvchilarning 48%i yuqori
64
natijada, 26%i o‘rta, 28%i esa past natijalar berdi. Biz bergan tavsiyalar asosida darslar o‘tilgandan so‘ng ya‘ni nazorat guruxiga doimgidek darslar tashkil qilinib, tadqiqot guruhida esa biz tanlagan metodlardan foydalanib darslar o‘tkazilgandan so‘nggi natijalar sezilarli darajada o‘zgardi. Nazorat guruhidagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalari yuqori bahoga o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 50%dan 52%ga, o‘rta bahoga o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 30%dan 34%ga, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 20%dan 14%ga o‘zgarishi kuzatildi. Tajriba guruhida esa yuqori bahoga o‘zlashtiruvchilar 48%dan 60%ga, o‘rta bahoga o‘zlashtiruvchilar 26%dan 35%ga past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar esa 26%dan 5% ga o‘zgardi. Olingan natijalar matematika statistika metodi h² usulida ishlab chiqildi.
II BOB BO‘YICHA XULOSALAR Barkamol avlod tarbiyasini amalgam oshirishda pedagogic va psixologik ta‘limotlar muhum ahamiyat kasb etadi. Jumladan O‘zbekiston respublikasida ta‘limni takomillashtirish va samaradorligini oshirishda jarayonni zamon talablari darajasida tashkil etishning pedagogic aspektlari va psixologik tamoyillarida unumli foydalanish natijasi ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llari ravonlashadi. Ta‘lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Ushbu vazifalarni amalgam oshirish natijasida yaxshi samaralarga erishish imkoni tug‘iladi. Ta‘lim jarayonida qo‘llanilgan turli xil o‘qitish strategiyalari asosida tashkil qilingan dars o‘quvchini barkamol va komil shaxs sifatida shakillanishi imkonini kengaytirib, unda aqliy kamollik va mustaqil fikrlash xususiyatlarini tarbiyalash imkonini yaratadi.
65
XULOSA
Ilmiy taxlil va o‘tkazilgan tajribalar natijasiga tayangan xolda quyidagicha xulosalar chiqarildi: 1. O‘zbekiston respublikasida Talim To‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta‘lim soxasini rivojlantirib borish ishlari yuqori samara bermoqda. 2.Ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan holda hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga tadbiq etish orqali, barkamol shaxs tarbiyasini ro‘yobga chiqarish jarayoni tizimli tashkil etish orqali erishiladi. 3. Ta‘lim jarayonini zamonaviy ta‘lim talablariga asoslangan holda tashkil etish va uning mezonlariga tayanish orqali ta‘lim jarayonini tashkil etish kutilgan natijani beradi. 4.Barkamol avlodni tarbiyalashda ta‘lim jarayonida zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali, ta‘lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari ortadi. Barkamol shaxs tarbiyasida yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxasislarning ishlashi hamda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llangan darslarning tashkil qilinishi ko‘zlangan maqsadga erishish garovi sifatida qaraladi. Barkamol avlod tarbiyasini amalgam oshirishda pedagogic va psixologik ta‘limotlar muhum ahamiyat kasb etadi. Jumladan O‘zbekiston respublikasida ta‘limni takomillashtirish va samaradorligini oshirishda jarayonni zamon talablari darajasida tashkil etishning pedagogic aspektlari va psixologik tamoyillarida unumli foydalanish natijasi ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llari ravonlashadi. Ta‘lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Ushbu vazifalarni amalgam oshirish natijasida yaxshi samaralarga erishish imkoni tug‘iladi. Ta‘lim jarayonida qo‘llanilgan turli xil o‘qitish strategiyalari asosida tashkil qilingan dars o‘quvchini barkamol va komil shaxs sifatida shakillanishi imkonini kengaytirib, unda aqliy kamollik va mustaqil
66
fikrlash xususiyatlarini tarbiyalash imkonini yaratadi. Yuqoridagi chiqarilgan xulosalarga tayngan holda kasb-hunar ko‘llejlarida o‘quvchilarni komil va barkamol qilib tarbiyalash bo‘yicha ishlarni samaradorligini yanada oshirish yuzasidan quyidagicha tavsiyalarni beramiz: 1. Barkamol avlod tarbiyasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan chiqarilgan qarorlar farmoyishlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarni to‘la o‘rganish va qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish ishlarini tizimli tashkil etish. 2. O‘qituvchilarni kasbiy tayyorgarligi va maxoratini hamda ta‘lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha tajribalarini takomillashtirish yuzasidan ―Ustoz shogirt‖ ishlarini tizimli tashkil etish kerak. 3. Barkamol avlod tarbiyasida darslarni mazmunini ilmiylik darajasini orttirish hamda yangi axborotlar bilan to‘ldirib borish yuzasidan yangi adabiyotlar ro‘yxati va ularning asl nusxalarini ta‘minlash hamda internet ma‘lumotlari, www.ziyonet.uz vebsaytlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi markaziy kutubxonaning www.nadlib.uzinfo@nadlib.uz
nomli saytlar orqali ishlashni doimiyligini ta‘minlash lozim.
67
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. I. A. Karimov, ―Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ T. ―Sharq‖ nashriyot- matbaa konsern. Toshkent, 1997-yil. 2. I. A. Karimov, ―Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz‖ 7-tom, T. ―O‘zbekiston‖ 1998-yil. 3. I. A. Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖ Toshkent, ―Sharq‖ -1999-yil. 4. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi qarori G`G`Xalq so`zi.- 2010.- 28 yanv. 5. "Barkamol avlod yili" davlat dasturi.-T.: O`zbekiston, 2010.-80 b. 6. Obidov R. Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir. 2-kitib, T.: Movorounnaxr, 2005, 143-144-b 7. K. Ishmatov ―Ilg‘or pedagogic texnologiyalar‖, Namangan 2000-yil. 8. R. Mavlonova ―Pedagogika‖ , Toshkent 2000-yil. 9. K. Hoshimov, ―Pedagogika tarixi‖ Toshkent 2005-yil. 10. T. Madumarov, M. Kamoldinov ― Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari va uni ta‘lim –tarbiya jarayonida qo‘llash‖ Toshkent ―Talqin‖ 21012-yil. 11. D. Ro‘ziyeva M. Usmonboyeva, Z. Xoliqova ―interfaol meto‘dlar: mohiyati va qo‘llanilishi‖ Toshkent 2013-yil. 12. J.X. Yo‘ldashev ―Yangi pedagogika yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari‖ . ―Xalq ta‘limi‖ jurnali, T.,№4 1999-yil. 13. I. Karimov, Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma‘naviyat, 2008, 47-b
14 . Yo‗ldoshev.J.G‗.Yangi pedagogik texnologiya yo‗nalishlari, muammolari, echimlari //Xalq ta‗limi, 1999, 15. Farberman. B.L. Ilg‗or pedagogik texnologiyalar. T.,2001 68
16. Ochilov M.Yangi pedagogik texnologiyalar. ―Nasaf‖ nashriyoti. 1999. 17 . Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T., 2003.
18.CHoriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‗ruzalar matni, Qarshi 2000. 19.T.G‗afforova va boshqalar. Ta‗limning ilg‗or texnologiyalari. Qarshi 2003.
20.Xaydarova O.Q. Oliy pedagogik ta‘limga texnologik yondashuv asoslari. – Toshkent.: Yangi asr avlodi. 2006. 21.Xaydarova O.Q. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash. Qarshi, Nasaf, 2008. 22.N.Sayidaxmedov. «Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash». Toshkent. 2000 yil. 23. N.Sayidaxmedov «Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyani kullash namunalari». Toshkent 2002 yil. 24. N.Zaripov. «Mustakil fikrlash – tarakkiyot omillari». «Ma‘rifat», 20 aprel, 1999 y. 25. K.Zaripov ―Yangi pedagogik texnologiyani tatbik etish bosqichlari‖. Xalk ta‘limi jurnali, 1997 yil, 4-son. 26.
www.ziyonet.uz
27. WWW.pedagog.uz
28.
www.nadlib.uz.info@nadli.uz
69
MUNDARIJA KIRISH..................................................................................... ................3-6 I BOB. ZAMONAVIY TA‘LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNI ILMIY-NAZARIY VA
METODOLOGIK ASOSLARI .........................................................................17-42 1.1. Zamonaviy o‘qitish jarayonini tashkil etish va unga qo‘yilgan talablar...............................................................................................17-20 1.2. Ta‘limni takomillashtirishda yangi o‘qitish usullarini joriy etishning mexanizmini takomillashtirish...........................................20-37 1.3. Kasb- hunar ko‘llejlarida zamonaviy darslarni tashkil etishning bugungi xolati……………………………………………38-42 Birinchi bob bo‘yicha xulosalar…………………………………42
II BOB. ZAMONAVIY TA‘LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISH VA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHGA ERISHISHNING ASOSIY MEZONLARI…………………………………………………………………43-64 2.1. Barkamol avlod tarbiyasini tashkil etishning pedagogik, psixologik asoslari………………………………………………….43-58 2.2. Barkamol avlodni shakillanishida ta‘lim jarayonini o‘rni va unda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari…58-64 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar ………………………………..64 UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR……………..65-66 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.................................67-68
Download 459.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling