Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


  Barkamol  avlodni  shakillanishida  ta‟lim  jarayonini  o‟rni


Download 459.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana22.08.2020
Hajmi459.55 Kb.
#127293
1   2   3   4   5
Bog'liq
25407 (1)


 

2.2.  Barkamol  avlodni  shakillanishida  ta‟lim  jarayonini  o‟rni 

va unda zamonaviy  o‟qitish  texnologiyalaridan  foydalanish  yo‟llari 

 

         Mutafakkir  A.Avloniy  ta‗kidlaganidek,  ―Tarbiya  biz  uchun  yo  hayot, 



yo  mamot,  yo  najot,  yo  halokat,  yo  saodat,  yo  falokat  masalasidir‖.  Insoniyat 

tarixiga  nazar  tashlar  ekanmiz,  hamma  davrlarda  pedagogik  faoliyag  ham  mavjud 

bo‘lgan. 

Insonni  dunyoga  kelishi,  faqat  tug‘ilishidan  iborat  tabiiy-biologik  hodisa 

emas,  balki  tug‘ilgandan  keyin  o‘z  zamonasining  taraqqiyoti  darajasiga 

ko‘tarilishi,  mavjud  ijtimoiy-tarixiy  tajribani  egallashi,  jamiyatda  o‘z  o‘rnini 

belgilab  olishi,  tarixiy  jarayonning  faol  ishtirokchisiga  aylanishi,  ya‗ni  tarbiya 

olishi  kerak.  Bu  jarayonda  katta  avlod  o‘zining  yashash,  kurash  va  mehnat 

tajribasini,  bilim  va  malakalarini  kichik  avlodlarga  bera  boshlaydi,  yani  yangi 

tug‘ilgan  odam  bolasining  rivojlanishi,  shakllanishi  va  voyaga  yetishi  jarayoniga 

rahbarlik  qilingan,  boshqarilgan.  Bu  tarbiya  deb  atalmish  ijtimoiy  hodisa  orqali 

amalga  oshirilgan.  Jamiyat  rivojlangani  sari  yetuk,  barkamol  shaxslarni  yetishtirish 

ehtiyoji  ham  ortib  borgan  hamda  o‘zgarib,  yangilanib,  jamiyatga  xizmat  qilgan. 

Insoniyat  jamiyatning  turli  bosqichlarida  ta‗lim-tarbiya  muassasalarini  yaratish, 

yosh  avlodlarni  o‘qitish  va  tarbiyalash  sohasidagi  tajribalarni  nazariy  jihatdan 

anglash,  umumlashtirish  va  hayotga  tadbiq  qilish  jarayonida  Pedagogika  fani 

paydo  bo‘la  boshladi.  Pedagogika  ta‗lim-tarbiyaning  maqsadi  va  vazifalari,  davlat 

ta‗lim  standartlari,  ta‗lim  va  tarbiyaning  usullari,  tashkil  etish  shakllari,  umuman 

uning  qonuniyatlari  haqida bilim,  ma‗lumot beradigan fanga aylandi. 


 

59 


       Ta‗limning,  o‘qitishning  vazifasi  fuqarolar.  yoshlarning  eng  asosiy 

konstituttsiyaviy  huquqlaridan  biri  bo‘lgan  har  bir  kishining  aqliy-amaliy 

imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarish,  ijodiy  qobiliyatlarini  namoyon  etish, 

intellektual  jihatdan  rivojini  ta‗minlash,  o‘zi  hohlagan  kasbini  tanlash,  uni 

mukammal  egallab,  shu  sohada  baxtiyor  faoliyat  ko‘rsatish  uchun  moddiy-

ma‗naviy,  tarbiyaviy-didaktik  shart-sharoit  yaratishdan  iboratdir.  Bu  umumiy 

vazifadan  ta‗limning  har  bir  bo‘g‘ini,  turi  va  bosqichlarining  o‘ziga  xos  vazifalari 

kelib  chiqadi.  

Yuqoridagilar  jamiyat  hayoti  barcha  jabhalarining  muvafaqiyatini  belgilab 

beruvchi,  shu  bilan  ularning  poydevori  hisoblanuvchi  ta‘lim-tarbiya  sohasiga  ham 

to‘laligicha  tegishlidir. 

    


Respublika  Prezidenti  ta‘lim-tarbiya  sohasiga  milliy  didaktik  nuqtai 

nazardan  yondoshib,  uni  quyidagicha  ta‘riflaydi:  ―Ta‘lim  O‘zbekiston  xalqi 

ma‘naviyatiga  yaratuvchanlik  faoliyatini  baxsh  etadi.  O‘sib  kelayotgan  avlodning 

barcha  yaxshi  imkoniyatlari  unda  namoyon  bo‘ladi,  kasb-kori,  mahorati  uzluksiz 

takomillashadi,  katta  avlodlarning  dono  tajribasi  anglab  olinadi  va  yosh  avlodga 

o‘tadi‖. 

Mas‘uliyatli  va  murakkab  bu  vazifa,  davlatning  boshqa  tadbirlari  qatorida, 

Respublika  Oliy  Majlisining  9-sesiyasida  qabul  qilingan  ―Ta‘lim  to‘g‘risida‖gi 

Qonun  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖ni  (1997  yil  29  avgust)  ro‘yobga 

chiqarish  orqali  bajariladi.  Bu  dasturni  tarkibiy  qismi  sifatida  ta‘limning  yangi 

modeli  yaratiladi. 

Prezident  tomonidan  ilmiy  asoslab  berilgan  ta‘lim-tarbiya  modelini 

amaliyotga  tadbiq etish o‘quv jarayonini  texnologiyalash  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  

  

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida,  ko‘p  marotaba  ilg‘or  pedagogik 



texnologiyalarni  o‘rganib,  ularni  o‘quv  muassasalarimizga  olib  kirish  zarurligi 

uqtirilgan. 

Darhaqiqat,  20  asr  kishilik  jamiyati  taraqqiyoti  tarixidan  fan  va  texnika 

sohasida  yuz  berish  inqiloblar  davri  sifatida  joy  oldi.  Ilm-fan  va  texnika  rivojining 



 

60 


yuksak  sur‘ati  moddiy  ishlab  chiqarish  jarayoni  nazariy  (g‘oyaviy)  hamda  amaliy 

jihatdan  boyitib  borish  bilan  birga  ijtimoiy  munosabatlarni  yangicha  mazmun  kasb 

etishini  ta‘minlaydi.  Xizmat  ko‘rsatish  sohalarining  paydo  bo‘lishi,  yangicha 

turmush  tarzi  kishilarni  moddiy  va  ma‘naviy  ehtiyojlarining  ortib  borishiga  zamin 

hozirladi.  Ijtimoiy  ehtiyojlarninig  yangilanib  hamda  ortib  borishi  o‘z  navbatida 

ularni  qisqa  muddat  va  sifatli  qondirilishini  ta‘min  etuvchi  faoliyatnining  yo‘lga 

qo‘yilishini  taqozo  etadi.  Ijtimoiy  zarurat  mahsuli  bo‘lgan  texnologiya  sohasi  va 

uning  takomillashib  borishi  qisqa  vaqt  oralig‘ida,  kam  jismoniy  kuch  sarflagan 

holda  yuksak    sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarish  imkoniyatini  beradi.  Moddiy  ishlab 

chiqarish,  xom-ashyoni  qayta  ishlash  sohalari  (qishloq  xo‘jaligi,  sanoat,  transport, 

maishiy  xizmat  ko‘rsatish  va  boshqalar)  da  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayonini 

tashkil  etish  nisbatan  texnologik  yondashuv  an‘anasi  yuzaga  keladi.  Texnologik 

yondashuv  ishlab  chiqarish  jarayonining  umumiy  tavsifini  yuritishga  xizmat  qiladi. 

Muayyan  mahsulotni  ishlab  chiqarish  maqsadida  xom-ashyoni  tanlash  (dastlabki 

bosqich)  dan  mahsulotni  iste‘molchiga  etkazib  berishgacha  bo‘lgan  (so‘nggi 

bosqich)  davrini  o‘z  ichiga  olgan  jarayon  taxnologik  jarayon  sifatida e‘tirof etiladi. 

Ishlab  chiqarish  jarayoniga  nisbatan  texnologik  yondoshuv  muayyan  sohalarda 

islohatlarni  tashkil  etish  ularni  muvaffaqiyatini  ta‘minlash,  erishilgan  yutuqlarni 

boyitib  borish  kabi  maqsadlarga  erishishning  samarali  omili  sifatida  namoyon 

bo‘ladi. 

    

Moddiy  ishlab  chiqarish  sohalariga  zamonaviy  ilg‘or  yuksak 



texnologiyani  tadbiq  etilishi  bir  qator  shartlar  asosida  kechadi,  xususan  ilm-fan 

hamda  texnikaning  so‘ngi  yutuqlariga  tayanish,  yirik  moliyaning  mablag‘lar  va 

yuksak  darajadagi  kasbdagi  kasbiy  mahoratga  ega  malakali  mutaxasislarning 

mavjudligi  bu boradagi yuutuqlarning  kafolatlaydi.   

     

Moddiy  ishlab  chiqarish  sohalarida  ilg‘or  texiologiyalarni  qo‘llash 



shartlaridan  biri-malakali  mutaxasislarni  tayyorlash,  ularning  kasbiy  mahoratini 

doimiy  ravishda  oshirib  borishga  erishish  ekanligidan  ham  anglanadiki,  ijtimoiy, 

iqtisodiy  va  madaniy  hayot  bir-biri  bilan  uzviylik,  aloqadorlik  hamda  yaxlitlik 

tamoyili  asosida  rivojlanib  boradi.  Jamiyat  ijtimoiy  hayotida  etakchi  o‘rin  tutgan 



 

61 


g‘oya  va  qarashlar  iqtisodiy  ishlab  chiqarish  rivojida  o‘z  ta‘sirini  o‘tkazsa,  o‘z 

navbatida,  iqtisodiy  o‘sish  aholining  madaniy  turmush  tarzini  yaxshilanshiga  olib 

keladi.   

       Insonga  tsivilizatssiyasining  quyi  bosqichlarida  shaxsni  tarbiyalash, 

unga  ta‘lim  berishga  yo‘naltirilgan  faoliyat  sodda,  juda  oddiy  talablar  asosida 

tashkil  etilgan  bugungi  kunga  kelib  talim  jarayoni  tashkil  etishga  nisbatan  o‘ta 

qat‘iy    hamda  murakkab  talablar  qo‘yilmoqda.  Chunonchi  murakkab  texnika  bilan 

ishlay  oladigan,  ishlab  chiqarish  jarayonining  mohiyatini  to‘laqonli  anglash 

imkoniyatiga  ega,  favqulotda  ro‘y  beruvchi  vazifalarda  ham  yuzaga  kelgan 

muammolarni  ijobiy  hal  eta  oluvchi  malakali  mutaxasisni  tayyorlashga  bo‘lgan 

ijtimoiy  ehtiyoj  talim  jarayonini  texnologik  yondoshuv  asosida  tashkil    etishni 

taqozo etmoqda.  

       Shu  bois  ijtimoiy  taraqqiyot  bilan  uzviy  aloqadorlikda  rivojlanib 

borayotgan  pedagogika  faninig  vazifalari  doirasi  kengayib  bormoqda.  Tabiiy 

ravishda  zamonaviy  fan-texnika  yutuqlaridan  samarali  va  unumli  foydalana  olish 

vazifasi  mazkur fan oldiga ham qo‘yilgandir.   

Ayni  vaqtda  Respublika  ijtimoiy  hayotiga  shiddatli  tezlikda  axborotlar  oqimi 

kirib  kelmoqda  va  keng  ko‘lamni  qamrab  olmoqda.  Axborotlarni  tezkor  sur‘atda 

qabul  qilib  olish,  ularni  tahlil  etish,  qayta  ishlash,  nazariy  jihatdan  umumlashtirish, 

hulosalash  hamda  o‘quvchiga  etkaza  berishni  yo‘lga  qo‘yish  ta‘lim  tizimi  oldida 

turgan dolzarb muammolardan  biri  hisoblanadi.    

    


Ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  pedagogik  texnologiyani  tadbiq  etish 

yuqorida qayd etilgan  dolzarb muammoni  ijobiy  hal  etishga xizmat  qiladi. 

Asaka  pedagogika  ko‘llejida  o‘tkazgan  tajribamiz  davomida  tajriba 

guruhidagi  o‘quvchilar  bilan  ta‘lim  jarayonida  zamonaviy  o‘qitish  usullari  yangi 

loyixalar,  yangi  texnika  vositalar  yordamida  darslar  tashkil  qilindi.  Pedagoika 

darslarida  qo‘shimcha  tashkil  qilingan  o‘qitishning  yangi  shakillari  o‘quvchilarni 

dars  davomida  faollashlariga  imkoniyat  yaratdi.  Biz  dars  jarayonini  kuzatish 

davomida olib borgan ishlarimizdan  na‘muna keltiramiz. 

Masalan:   


 

62 


 

33-guruh  Pedagogika  darsi  (tajriba  guruhi)  o‘qituvchi:  Madumarova 

Gulnora. 

Jami  talaba:  30 nafar bundan 12 nafar o‘g‘il, 18 nafar qiz bolalar. 

Mavzu:  Ta‘lim jarayonining  prinsiplari. 

I. 


Darsning  tashkiliy  darajasi: 

Dars  o‘z  vaqtida  boshlandi  o‘quvchilarning  darsga  tayyorgarligi,  o‘quv 

qurollarining  mavjudligi  hamda  davomat  va  salomatliklari  o‘rganildi.  O‘qituvchi 

tomonidan  guruh  jurnallari  o‘z  vaqtida  rasmiylashtirildi.  Darsning  nazariy  uslubiy 

ko‘rsatkichlaridan  biri  bo‘lgan  o‘quv  uslubiy  majmua  mavjud.  Darsning  mavzusi 

barcha  me‘yoriy  hujjatlarga  mos  keladi.  Darsda  qo‘llaniladigan  usullar  asoslangan. 

Shu  bilan  birga  uyga  berilgan  topshiriq  ham  yangi  yondashuv  asosida  o‘rganildi 

davomi sifatida yangi  dars mazmuniga  ulandi. 

II. 

Asosiy qisim.  



Dars  mavzusining  bayonida  mavzuga  oid  dolzarb  masalalarning  taxlili 

kiritildi.  Dars  vaqtida  o‘quvchilarni  mavzuning  mohiyatini  to‘liq  ilg‘ab  olishliklari 

uchun  mavzu  uchun  turli  zamonaviy  o‘qityish  usullaridan  foydalanildi.  Jumladan 

―Keys stadiy‖, ―Interfaol ta‘lim‖, ―Buturbro‘d‖ usuli. Dars davomida o‘quvchilarni 

faollilik  darajasi  yuqoriga  olib  chiqildi.  Mavzuning  ilmiy  nazariy  jixatdan 

mukammaligini  ta‘minlkashda  o‘quv  adabiyotlari  va  yangi  chop  etilgan 

adabiyotlar  hamda  internet  ma‘lumotlaridan  foydalanish  yo‘lga  qo‘yildi.  Dars 

davomida  o‘quvchilar  shaxsiy  komptyuterlari,  qo‘l  telefonlaridan  foydalangan 

xolda  fanga  va  mavzuga  doir  ma‘lumotlarini  izlab  topish  ishlari    tashkil  qilindi. 

Jumladan 

www.ziyonet.uz

    , 


www.nadlib.uzinfo@nadlib.uz

  orqali  ma‘lumotlar 

olindi.  Darsda  o‘quvchilarning  ishlash  jarayoniga  qarab  interfaollik  darajasi 

yuqoriga  olib  chiqildi.  Darsda  axborit  texnologiyalaridan  foydalanish  va  qo‘llash 

hamda  yangi  pedagogik  texnologiyalaridan  foydalanish  darajasi  orttirildi.  Dars 

davomida  o‘quvchilarni  tarbiyalanganlik  darajasi  orttirilib  ularda  komillikka 

yetaklovchi  sifatlar  takomillashtirildi.  O‘zlashtirilgan  bilimlar  yuzasidan  testlar 

tuzish,  so‘rovnomalar  tayyorlash  va  ularni  yechimlarini  topish  bo‘yicha  ―Zinama-



 

63 


zina‖  va ―To‘lqin‖o‘yinlaridan  foydalanildi‖.    

III. Yakuniy  qisim.  

Dars  yakunida  o‘tilgan  mavzuning  davomi  sifatida  o‘zlashtirilgan  bilimlarni 

uzviy  bir-biriga  bog‘lagan  holda  o‘quvchi  tomonidan  bildirilgan  javoblar  orqali 

reyting  tizimi  asosida  baholandi.  Shundan  so‘ng  o‘quvchilarga  uy  topshiriqlari 

berildi.   

Shundan  so‘ng  tadqiqotimiz  yakunida  yana  bir  marta  qilingan  ishlarimizni 

natijasini  olish  maqsadida  o‘quvchilarga  so‘rovnoma  tarqatdik  so‘rovnomalar 

taxlil  qlib chiqilganda  quyidagicha  natijalar  aniqlandi. 

 

 



O‘zlash

tirish 


darajalari 

Nazorat guruhi 

(32-guruh) 

Tajriba  guruhi 

(33-guruh) 

Tadqiqo


o‘tkazilishidan 

oldingi 

natijalar  % 

Tadqiqo



o‘tkazilgandan 



so‘ng olingan 

natijalar  % 

Tadqiqo



o‘tkazilishidan 



oldingi 

natijalar  % 

Tadqiqo



o‘tkazilgandan 



so‘ng olingan 

natijalar  % 

 

Yuqori 


 

50 


 

52 


 

48 


 

60 


 

O‘rta 


 

30 


 

34 


 

26 


 

35 


 

Past 


 

20 


 

14 


 

26 


 

 



Guruxlarda  o‘tkazilgan  tajribalar    natijalari  yuqoridagi  jadvalda  keltirilib 

o‘tildi.  Bunga  asoslanib  dastlab  o‘quvchilarni  darslarni  o‘zlashtirishlari 

o‘rganilganda  nazorat  guruhi(32-guruh)dagi  o‘quvchilarning  50%i  yuqori  natijada, 

30%i  o‘rta  natijada,  20%i  esa  past  natijada  berdi.  Tajriba  guruhi  (33-guruh)  deb 

tanlab  olingan  guruhda  esa  dastlabki  o‘rganilganda  o‘quvchilarning  48%i  yuqori 


 

64 


natijada,  26%i  o‘rta,  28%i  esa  past  natijalar  berdi.  Biz  bergan  tavsiyalar  asosida 

darslar  o‘tilgandan  so‘ng  ya‘ni  nazorat  guruxiga  doimgidek  darslar  tashkil  qilinib, 

tadqiqot  guruhida  esa  biz  tanlagan  metodlardan  foydalanib  darslar  o‘tkazilgandan 

so‘nggi  natijalar  sezilarli  darajada  o‘zgardi.  Nazorat  guruhidagi  o‘quvchilarning 

o‘zlashtirish  darajalari  yuqori  bahoga  o‘zlashtiruvchi  o‘quvchilar  50%dan  52%ga, 

o‘rta  bahoga  o‘zlashtiruvchi  o‘quvchilar  30%dan  34%ga,  past  o‘zlashtiruvchi 

o‘quvchilar  20%dan  14%ga  o‘zgarishi  kuzatildi.  Tajriba  guruhida  esa  yuqori 

bahoga  o‘zlashtiruvchilar  48%dan  60%ga,  o‘rta  bahoga  o‘zlashtiruvchilar 26%dan 

35%ga  past  o‘zlashtiruvchi  o‘quvchilar  esa  26%dan  5%  ga  o‘zgardi.  Olingan 

natijalar  matematika  statistika  metodi h² usulida ishlab  chiqildi. 

 

    II BOB BO‘YICHA XULOSALAR 



 

Barkamol  avlod  tarbiyasini  amalgam  oshirishda  pedagogic  va  psixologik 

ta‘limotlar  muhum  ahamiyat  kasb  etadi.  Jumladan  O‘zbekiston  respublikasida 

ta‘limni  takomillashtirish  va  samaradorligini  oshirishda  jarayonni  zamon  talablari 

darajasida  tashkil  etishning  pedagogic  aspektlari  va  psixologik  tamoyillarida 

unumli  foydalanish natijasi  ko‘zlangan  maqsadga erishish yo‘llari  ravonlashadi.   

Ta‘lim  jarayonida  o‘qitishning  zamonaviy  usullarini  qo‘llash  va  yangi 

axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  orqali  ta‘lim  samaradorligini  oshirish 

muhim  vazifadir.  Ushbu  vazifalarni  amalgam  oshirish  natijasida  yaxshi 

samaralarga  erishish  imkoni  tug‘iladi.    Ta‘lim  jarayonida  qo‘llanilgan  turli  xil 

o‘qitish  strategiyalari  asosida  tashkil  qilingan  dars  o‘quvchini  barkamol  va  komil 

shaxs  sifatida  shakillanishi  imkonini  kengaytirib,  unda  aqliy  kamollik  va  mustaqil 

fikrlash  xususiyatlarini  tarbiyalash  imkonini  yaratadi.   

 

 



 

 

 



 

 

65 


XULOSA 

 

      Ilmiy  taxlil  va  o‘tkazilgan  tajribalar  natijasiga  tayangan  xolda 



quyidagicha  xulosalar  chiqarildi: 

         1.  O‘zbekiston  respublikasida  Talim  To‘g‘risidagi  Qonun  va  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi  asosida  ta‘lim  soxasini  rivojlantirib  borish  ishlari  yuqori 

samara bermoqda. 

          2.Ilmiy  tadqiqot  natijalariga  asoslangan  holda  hamda  ilg‘or  tajribalarni 

amaliyotga  tadbiq  etish  orqali,  barkamol  shaxs  tarbiyasini  ro‘yobga  chiqarish 

jarayoni  tizimli  tashkil  etish orqali erishiladi. 

           3.  Ta‘lim  jarayonini  zamonaviy  ta‘lim  talablariga  asoslangan  holda  tashkil 

etish  va  uning  mezonlariga  tayanish  orqali  ta‘lim  jarayonini  tashkil  etish  kutilgan 

natijani  beradi. 

           4.Barkamol  avlodni  tarbiyalashda  ta‘lim  jarayonida  zamonaviy  o‘qitish 

texnologiyalari,  axborot  texnologiyalari,  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  qo‘llash 

orqali, ta‘lim  samaradorligini  oshirish  imkoniyatlari  ortadi. 

Barkamol  shaxs  tarbiyasida  yuqori  kasbiy  tayyorgarlikka  ega  bo‘lgan 

mutaxasislarning  ishlashi  hamda  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  qo‘llangan 

darslarning  tashkil  qilinishi  ko‘zlangan  maqsadga  erishish  garovi  sifatida  qaraladi. 

Barkamol  avlod  tarbiyasini  amalgam  oshirishda  pedagogic  va  psixologik 

ta‘limotlar  muhum  ahamiyat  kasb  etadi.  Jumladan  O‘zbekiston  respublikasida 

ta‘limni  takomillashtirish  va  samaradorligini  oshirishda  jarayonni  zamon  talablari 

darajasida  tashkil  etishning  pedagogic  aspektlari  va  psixologik  tamoyillarida 

unumli  foydalanish  natijasi  ko‘zlangan  maqsadga  erishish  yo‘llari  ravonlashadi. 

Ta‘lim  jarayonida  o‘qitishning  zamonaviy  usullarini  qo‘llash  va  yangi  axborot 

texnologiyalaridan  foydalanish  orqali  ta‘lim  samaradorligini  oshirish  muhim 

vazifadir.  Ushbu  vazifalarni  amalgam  oshirish  natijasida  yaxshi  samaralarga 

erishish  imkoni  tug‘iladi.    Ta‘lim  jarayonida  qo‘llanilgan  turli  xil  o‘qitish 

strategiyalari  asosida  tashkil  qilingan  dars  o‘quvchini  barkamol  va  komil  shaxs 

sifatida  shakillanishi  imkonini  kengaytirib,  unda  aqliy  kamollik  va  mustaqil 


 

66 


fikrlash  xususiyatlarini  tarbiyalash  imkonini  yaratadi.   

        Yuqoridagi  chiqarilgan  xulosalarga  tayngan  holda  kasb-hunar  ko‘llejlarida 

o‘quvchilarni  komil  va  barkamol  qilib  tarbiyalash  bo‘yicha  ishlarni 

samaradorligini  yanada oshirish yuzasidan  quyidagicha  tavsiyalarni  beramiz:   

1.  Barkamol  avlod  tarbiyasi  yuzasidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va 

hukumati  tomonidan  chiqarilgan  qarorlar  farmoyishlar  va  boshqa  me‘yoriy 

hujjatlarni  to‘la  o‘rganish  va  qo‘yilgan  vazifalarni  o‘z  vaqtida  bajarish 

ishlarini  tizimli  tashkil  etish. 

2.  O‘qituvchilarni  kasbiy  tayyorgarligi  va  maxoratini  hamda  ta‘lim  jarayonini 

tashkil  etish  bo‘yicha  tajribalarini  takomillashtirish  yuzasidan  ―Ustoz 

shogirt‖ ishlarini  tizimli  tashkil  etish kerak. 

3.  Barkamol  avlod  tarbiyasida  darslarni  mazmunini  ilmiylik  darajasini  orttirish 

hamda  yangi  axborotlar  bilan  to‘ldirib  borish  yuzasidan  yangi  adabiyotlar 

ro‘yxati  va  ularning  asl  nusxalarini  ta‘minlash  hamda  internet  ma‘lumotlari, 

www.ziyonet.uz

    vebsaytlar  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Alisher 

Navoiy  nomidagi  markaziy  kutubxonaning   

www.nadlib.uzinfo@nadlib.uz

 

nomli  saytlar  orqali ishlashni  doimiyligini  ta‘minlash  lozim. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

67 


 

 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR 



 

1.  I.  A.  Karimov, ―Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ 

T. ―Sharq‖ nashriyot- matbaa konsern. Toshkent, 1997-yil. 

2.  I.  A.  Karimov,  ―Biz  kelajagimizni  o‘z  qo‘limiz  bilan  quramiz‖  7-tom,  T. 

―O‘zbekiston‖ 1998-yil. 

3. I. A. Karimov ―Barkamol  avlod orzusi‖ Toshkent, ―Sharq‖ -1999-yil. 

4.  "Barkamol  avlod  yili"  Davlat  dasturi  to`g`risida:  O`zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  27  yanvardagi  qarori  G`G`Xalq so`zi.- 2010.- 

28 yanv. 

5. "Barkamol  avlod yili"  davlat dasturi.-T.: O`zbekiston, 2010.-80 b. 

6.  Obidov  R.  Payg‘ambarlar  tarixi  islomiyat  tarixidir.  2-kitib,  T.: 

Movorounnaxr,   

    2005, 143-144-b 

7.  K. Ishmatov ―Ilg‘or pedagogic texnologiyalar‖,  Namangan  2000-yil. 

8. R. Mavlonova ―Pedagogika‖ , Toshkent 2000-yil. 

9. K. Hoshimov, ―Pedagogika tarixi‖  Toshkent 2005-yil. 

10.  T.  Madumarov,  M.  Kamoldinov  ―  Innovatsion  pedagogik  texnologiya 

asoslari va uni  ta‘lim  –tarbiya jarayonida  qo‘llash‖ Toshkent ―Talqin‖ 21012-yil. 

11.  D.  Ro‘ziyeva    M.  Usmonboyeva,  Z.  Xoliqova  ―interfaol  meto‘dlar: 

mohiyati  va qo‘llanilishi‖  Toshkent 2013-yil. 

12.  J.X.  Yo‘ldashev  ―Yangi  pedagogika  yo‘nalishlari,  muammolari, 

yechimlari‖  . ―Xalq ta‘limi‖  jurnali,  T.,№4 1999-yil. 

13.  I.  Karimov,  Yuksak  ma‘naviyat-yengilmas  kuch.  T.:  Ma‘naviyat,  2008, 

47-b 


14

.

 Yo‗ldoshev.J.G‗.Yangi pedagogik texnologiya  yo‗nalishlari, 



muammolari,  echimlari  //Xalq ta‗limi,  1999, 

15. Farberman. B.L. Ilg‗or pedagogik texnologiyalar.  T.,2001 



 

68 


16. Ochilov M.Yangi  pedagogik texnologiyalar.  ―Nasaf‖ nashriyoti.  1999. 

17

.  



Azizxo‘jayeva  N.N. Pedagogik texnologiya  va pedagogik mahorat. T., 

2003. 


18.CHoriev A.  Yangi  pedagogik texnologiyalar.   Ma‗ruzalar  matni,  Qarshi 

2000.                                                  

19.T.G‗afforova va boshqalar. Ta‗limning  ilg‗or texnologiyalari.  Qarshi 

2003.  


20.Xaydarova O.Q. Oliy  pedagogik ta‘limga  texnologik  yondashuv asoslari. 

– Toshkent.: Yangi  asr avlodi. 2006. 

21.Xaydarova O.Q. Bo‘lajak  o‘qituvchilarni  innovatsion faoliyatga 

tayyorlash. Qarshi, Nasaf, 2008. 

22.N.Sayidaxmedov. 

«Yangi  pedagogik  texnologiyalarni  amaliyotda 

qo‘llash». Toshkent. 2000 yil. 

23.  N.Sayidaxmedov  «Pedagogik  amaliyotda  yangi  texnologiyani  kullash 

namunalari».  Toshkent 2002 yil.   

24.  N.Zaripov.  «Mustakil  fikrlash  –  tarakkiyot  omillari».  «Ma‘rifat»,  20 

aprel, 1999 y. 

25.  K.Zaripov  ―Yangi  pedagogik  texnologiyani  tatbik  etish  bosqichlari‖. 

Xalk  ta‘limi  jurnali,  1997 yil,  4-son. 

26. 


www.ziyonet.uz

   


27. 

WWW.pedagog.uz

 

28. 


www.nadlib.uz.info@nadli.uz

   


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

69 


MUNDARIJA 

 

KIRISH..................................................................................... ................3-6 

I  BOB.  ZAMONAVIY  TA‘LIM  TEXNOLOGIYALARI    ASOSIDA 

BARKAMOL 

AVLODNI 

TARBIYALASHNI 

ILMIY-NAZARIY 

VA 


METODOLOGIK ASOSLARI .........................................................................17-42 

1.1.  Zamonaviy  o‘qitish  jarayonini  tashkil  etish  va  unga  qo‘yilgan 

talablar...............................................................................................17-20 

1.2.  Ta‘limni  takomillashtirishda  yangi  o‘qitish  usullarini  joriy 

etishning  mexanizmini  takomillashtirish...........................................20-37 

1.3.  Kasb-  hunar  ko‘llejlarida  zamonaviy  darslarni  tashkil 

etishning  bugungi xolati……………………………………………38-42 

Birinchi bob bo‘yicha  xulosalar…………………………………42 

 

II  BOB.  ZAMONAVIY  TA‘LIMNI  SAMARALI  TASHKIL  ETISH  VA 



BARKAMOL  AVLODNI  TARBIYALASHGA  ERISHISHNING  ASOSIY  

MEZONLARI…………………………………………………………………43-64 

2.1.  Barkamol  avlod  tarbiyasini  tashkil  etishning  pedagogik, 

psixologik asoslari………………………………………………….43-58 

2.2.  Barkamol  avlodni  shakillanishida  ta‘lim  jarayonini  o‘rni  va 

unda zamonaviy  o‘qitish texnologiyalaridan  foydalanish  yo‘llari…58-64 

Ikkinchi  bob bo‘yicha  xulosalar  ………………………………..64 

UMUMIY  XULOSALAR  VA TAVSIYALAR……………..65-66 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR.................................67-68 

 

 



 

Download 459.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling