Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Dissertatsiyasida
XVI-XIX asrlarda tashrif buyurgan rus va yevropa sayyohlari va elchilarining
O`rta Osiyoga qanday maqsadda tashrif buyurgani masalalariga oydinlik kiritiladi.
Shuningdek, ularning O`rta Osiyo bo`ylab xususan Buxoro, Xiva va Qo`qon
xonliklari hamda ularning davlat tizimi, shaharlari, xo`jaligi, aholisining
mashg`ulotlari va turmush tarsi xususida yozgan ma`lumotlari qiyosiy tahlil
qilindi. Xususan, dissertatsiyaning ilmiy yangiligi mavzuni birlamchi manbalar,
ya`ni rus yevropa sayyoh va elchilarining o`z ko`rgan kechirganlari hamda
bevosita voqealar rivojida qatnashgan muarrixlar yozgan xaritalarni ilk marotaba
muomalaga kiritilayotgani bilan ham izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |